Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Predikatning mazmuniga ko‘ra oddiy hukmlar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə101/140
tarix23.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#120388
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   140
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Predikatning mazmuniga ko‘ra oddiy hukmlar atributiv, mavjudlik va munosabat hukmlariga bo‘linadi.
Murakkab hukmlar. Hukm terminlari birdan ortiq bo‘lsa, murakkab hukm deb ataladi. Murakkab hukmlar «va», «yoki», «agar... unda» kabi mantiqiy bog‘lamalar, inkor qilish va modal terminlarni qo‘llash orqali ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi. Mantiqiy bog‘lovchining mazmuniga ko‘ra murakkab hukmlarning quyidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi, shartli, ekvivalent.
Birlashtiruvchi (kon’yunktiv) hukmlar deb ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning «va», «ham», «hamda» kabi mantiqiy bog‘lovchilar vositasida o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan hukmlarga aytiladi. Masalan, 1.«Qo‘ng‘iroq chalindi va dars boshlandi». 2.«A. Navoiy shoir va davlat arbobi bo‘lgan». 3.«Muhammad Xorazmiy va Ahmad Farg‘oniylar matematika fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar».
Kon’yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlar chin yoki xato bo‘lishi mumkin. Tarkibidagi hamma oddiy hukmlar chin bo‘lganda, birlashtiruvchi hukm chin bo‘ladi. Boshqa hamma holatlarda esa xato bo‘ladi. Masalan, «YOlg‘on gapirish va o‘g‘irlik qilish jinoyatdir» hukmidagi birinchi oddiy gap «YOlg‘on gapirish jinoyatdir» chin bo‘lmaganligi uchun bu hukm chin bo‘lmaydi.
Ayiruvchi (diz’yunktiv) hukm deb «yo», «yoki», «yoxud» mantiqiy bog‘lamalari vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan mulohazaga aytiladi. Bu bog‘lovchilar ikki oddiy hukmni yoki bir qancha predikatlarni. yoki bir qancha sub’ektlarni bir-biridan ayirib turadi. Masalan, «Qodirov falsafa yoki sotsiologiya, yoki psixologiya bo‘limida o‘qiydi». «Ikkinchi soatda yo matematika, yoki chet tili darsi bo‘ladi». Ayiruvchi bog‘lamalar « » – diz’yunksiya belgisi orqali ifodalanadi. Ayiruvchi (diz’yunktiv) hukmlar oddiy yoki qat’iy turlarga bo‘linadi. Oddiy diz’yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlardan biri yoki hammasi chin bo‘lganda, qat’iy diz’yunktiv hukmda esa tarkibidagi oddiy hukmlardan faqat bittasi chin bo‘lganda bu hukmlar chin xisoblanadi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin