Estetik ideal.Ideal deganda, biz odatda muayyan bir inson shaxsi yoki ijtimoiy-tarixiy hodisaning boshqalar tomonidan yuksak namuna, oliy maqsad hamda komillik tarzida qabul qilinishini nazarda tutamiz. U tasavvurdagi shaxs yoki jamiyatni real shaxslar va mavjud jamiyatdan yuqori qo‘yish, ya’ni ideallashtirish bilan bog‘liq. Masalan, O‘zbekistonni kelajagi buyuk davlat sifatida tasavvur etishimiz uning hozirgi reallikdan baland, namunaviy bo‘lishi lozimligini anglatadi. Ayni paytda ana shu yuksak namunaviylik har bir o‘zini tanigan odam uchun oliy ijtimoiy maqsaddir. YOki Navoiy shaxsini olib ko‘raylik, u komil inson sifatida biz uchun ideal hisoblanadi. Bularni biz ijtimoiy ideallar sirasiga kiritamiz. SHuningdek, har bir inson o‘zi intiladigan sub’ektiv ideallar ham mavjud bo‘ladi, o‘z idealini belgilab olmagan inson shaxs hisoblanmaydi. Zero har bir odam ko‘rib turganidan yorug‘roq, musafforoq, yuksakroq narsaga intilishi shart, aks holda uning hayoti ma’nosiz kechadi, uning mavjudligi faqat biologik jonzodligi bilan chegaralanib qoladi.
Qadimgi SHarqdagi estetik qarashlar Somir. Somir insoniyat tarixidagi hozirgacha bizga ma’lum bo‘lgan ilk qudratli davlat bo‘lgan. SHubhasizki, miloddan avvalgi IV ming yillikda bu davlatning qudrati uning madaniyatida, fuqarolarining badiiy estetik darajasida hamda faoliyatida namoyon bo‘lgan. Somirliklar birinchi bo‘lib yozuvni kashf etdilar va giltaxtachalarga qamish qalamlar bilan ilk rivoyat va ilk nasihatlarni yozib qoldirdilar. SHuni alohida ta’kidlash joizki, hech bir qadimgi madaniyatdan bizning davrimizgacha bu qadar ko‘p sonli yozma hujjatlar etib kelgan emas.
Somirliklarning falsafiy–estetik qarashlariga kelsak, ularda falsafiy-kosmologik yoxud ilohiyotga, yoxud estetikaga bag‘ishlangan risolalar qabilidagi maxsus adabiy shakllar bo‘lgan emas. Bunday qarashlarni (albatta ibtidoiy holda) bizgacha to‘liq yoki qisman etib kelgan asotirlarda uchratish mumkin. Somirliklarda va umuman, estetik tafakkurning kelib chiqishi asotirnomaga (mifologiyaga) borib taqaladi.
Bobilon. Bobilon so‘z san’atida «Enuma elish» («Osmonda qachonki...») dostoni, Agushayya, Gilgamesh, Adan, Etana, «Ishtarning qa’rga tushishi» haqidagi epik dostonlar, «Iztirobda qolgan haqgo‘y», «Xo‘jayinning qul bilan suhbati» singari diniy–falsafiy dostonlar muhim ahamiyatga ega. Ularning hammasidagi asosiy g‘oya – hayot va mamot o‘rtasidagi kurashdan iborat. «Xo‘jayinning qul bilan suhbati», «Tushkunlik haqidagi suhbat» deb atalgan dostonlar ular orasida kulgililik tabiatiga ega ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Unda xo‘jayinning har bir buyrug‘i oqil ekanini maqollar va matallar bilan asoslashga intilgan qul oqil, quv xizmatkor obrazi tasvirlangan. Bu suhbat–aytishuv deyarli oxirigacha kulgililik bilan yo‘g‘rilgan. Faqat uning nihoyasidagina hayot joniga tekkan xo‘jayin «Endi nima yaxshi?» deb so‘raganida qul: «Bo‘ynimni mening sindirmoq va bo‘yningni sening sindirmoq va daryoga tashlamoq, ana bu yaxshi. Kim shuncha balandki, osmonga etsa, kim shuncha ulkanki, erni to‘ldirsa!», — deydi. G‘azablangan xo‘jasi qulga o‘ldiraman, deb do‘q uradi. Doston–suhbatda so‘nggi so‘z qulga beriladi va u: «Unda mening xo‘jam mendan uch kun ortiq yashasin», deb o‘zini qutqaradi.
Na faqat Gilgamesh kabi eposlarda, balki deyarli barcha Qadimgi Bobilon shoirlari ijodida insonning to abad shaxsiy o‘lmaslikka intilishi yuksak badiiy shakllarda o‘z ifodasini topgan, ularda hayot – go‘zallik, o‘lim – xunuklik tarzida qabul qilingan. SHunday qilib, Somir–Bobilon san’ati insoniyat tarixidagi dastlabki estetik g‘oyalarning paydo bo‘lishini ko‘rsatib turadi.
Misr. Estetik tafakkur taraqqiyotiga Qadimgi Misrmadaniyati juda katta hissa qo‘shgan. Barcha qadimgi xalqlar qatori misrliklar ham go‘zallikni hayotda deb bilganlar va uni foydalilik mezoni bilan o‘lchaganlar. CHunonchi, quyosh ma’budi Atonga (milodgacha XY asr) bag‘ishlangan alqovlardan birida shunday deyiladi;
Sening go‘zalliging o‘zi hayotdir, Umr bag‘ishlaydi har bir yurakka. Ma’lumki, Nil daryosi qadimgi Misr farovonligining asosi bo‘lgan. Farovonlik esa, ular fikricha, go‘zallikdir. SHuning uchun misrliklar Nilni ilohiy daryo sifatida talqin etadilar. Qadimgi Misr san’atining juda ko‘p turlari ana shu manfaatli go‘zallik asosida vujudga kelgan. CHunonchi, ma’budlar uchun qurilgan ibodatxonalar, ma’budlarning va o‘limidan keyin ma’budga aylangan fir’avnlarning haykallari ulardan shafqat, mo‘l–hosil, rizqu–ro‘z so‘rash maqsadida bunyod etilgan bo‘lsa, xalq amaliy san’ati buyumlari esa kundalik hayotni go‘zallashtirish uchun xizmat qilgan.
Qadimgi Misrda me’morlikyuksak taraqqiyot va texnik mukammallikka erishgan. Qadimgi podsholar davrida Misr me’morchiligining o‘ziga xos ajralib turuvchi ulkan monumentalligi ishlab chiqilgan. Bu borada ehromlar alohida o‘rin tutadi. SHuningdek, Qadimgi Misr haykallarixuddi me’morchilikdek, badiiy ijodning haqiqiy noyob asarlari hisoblanadi. Ayniqsa, Luvr muzeyida saqlanayotgan mirza Kanning haykali o‘zining realizmi bilan kishini hayratga soladi. Mirza chordana qurib o‘tiribdi. U tizzalarida yozish uchun tayyorlangan papirus varag‘ini, o‘ng qo‘lida qamish qalamni tutib turibdi. Uning katta quloqlari ding, u eshitib bajo keltirishga o‘rgangan. Ko‘zlari alohida diqqatga sazovor – ular bir necha xil materialdan yasalgan; kosasi–brinch, unga ko‘z oqini anglatuvchi ganch bo‘lagi va tagiga silliqlangan yog‘och qo‘yilgan, billur qorachiq joylashtirilgan. Natijada ular tamomila tirik odam ko‘zlaridek tasavvur uyg‘otadi. YAna bir ajoyib go‘zallik namunasi bo‘lmish qadimiy haykal bu – Axatetondagi haykaltarosh Tutmosning ustaxonasidan topilgan Nefertiti – SHohoyim boshining tasviri. SHohoyim qiyofasida nazokat, shohona g‘urur va nafislik o‘zining beqiyos ifodasini topgan. Nefertitining boshi xuddi noyob gulga o‘xshaydi, u nozik gul bandga bo‘yinga nisbatan bir oz og‘irroqday tuyuladi. SHohoyim qiyofasida tengsiz ayol go‘zalligi va latofatini ko‘rish mumkin.
“Avesto”. Bundan 3 ming yil avval qadimgi Xorazmda Spitoma urug‘idan dunyoga kelgan Zardusht «Avesto» gotlarini badiha yo‘li bilan omma orasida qo‘shiq qilib aytgan. Bu turkum she’rlar – «got»larda o‘sha hayotiy lavhalar o‘z aksini topgan. «Got» so‘zi aslida «goh» ya’ni «kuy», «qo‘shiq» degan ma’noni anglatadi. Bu so‘z mumtoz musiqa merosimizda «Dugoh», «Segoh», «CHorgoh» kabi atamalar tarkibida saqlanib qolgan.
Hindiston. «Veda»–muqaddas bilim, «Rigveda»–alqovlar vedasi demakdir. «Rigveda» o‘sha davr kishisining o‘zi va atrof muhit: ma’budlar, iblislar, devlar, fazo, ijtimoiy turmush axloqiy va estetik qadriyatlar haqidagi bilimlarni o‘z ichiga oladi. Buning ustiga «Rigveda» tili keyingi davrda sanskritda yozilgan she’rlar va mumtoz eposlar tilidan ko‘ra, «Avesto» tiliga yaqin. «Rigveda»dagi qator mifologik personajlarning «Avesto»da mavjudligini ham aytib o‘tish lozim: nomlar o‘xshashligidan tortib, syujetlar o‘xshashligigacha uchratish mumkin. Bundan tashqari, har ikki diniy tizimda sig‘inish ob’ekti umumiy: «Rigveda»da ham, «Avesto»da ham olovga sig‘inish e’tiqodiy asos sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday o‘xshashliklar juda ko‘p.
«Rigveda»da so‘zning ahamiyati alohida o‘rin tutadi. Ma’budlarni e’zozlashda so‘z ibodat va qurbonliqdan kam hisoblangan emas. So‘z poklovchi, muqaddas omil hisoblangan, «Rigveda»da u ma’buda Voch («voc»–«so‘z», «nutq» degani) timsolida jonlantirilgan. «Rigveda»da oriylar jamiyatidagi shoir ilohiy karomatga dahldor, ma’budlar alqagan donishmand tarzida namoyon bo‘ladi. SHoir ma’buddan ana shu karomatli onlarni baxshida etishni so‘raydi. Donishmandlik, bu bir zum namoyon bo‘luvchi manzara. Unga erishishning usuli – ko‘rishdir. SHoir ichki nigoh, savqi tabiiy bilan, uning haqiqatning ilohiy manzarasini haqiqat nogoh yoritib yuboradigan nuri orqali ko‘radi. Bir manzara o‘rnini ikkinchisi egallaydi va bu manzara–karomatlar almashinuvi zaminida dhi deb nomlangan vedaga xos dunyoni bilish yotadi.
Xitoy. Miloddan avvalgi YII asrdan milodning Y asrigacha bo‘lgan davrda Xitoyda, garchand estetik tafakkur mustaqil fan maqomiga ega bo‘lmasa-da, lekin asosiy falsafiy-estetik tushunchalar shakllangan edi. Biroq, dastlabki nafosatga doir tasavvurlar, g‘oyalar, tushunchalar bundan ancha avval «SHutszin» («Tarixlar kitobi» – miloddan avvalgi XII asr), «SHitszin («Qo‘shiqlar kitobi» – miloddan avvalgi XI–YI asrlar), «Itszi» («O‘zgarishlar kitobi» – miloddan avvalgi YIII–YII asrlar) deb nomlangan yodgorliklarida uchraydi. Ularni eng avvalo, mazkur kitoblardan joy olgan asotirlar–miflarda va she’riy eposlarda ko‘rish mumkin.
Bular orasida «SHitszin» («Qo‘shiqlar kitobi») alohida o‘rin tutadi. Zero u qadimgi Xitoy xalqi tarixini ko‘pgina tarixiy, etnografik va boshqa yodgorliklarga nisbatan to‘laroq, chuqurroq aks ettiradi, desak yanglishmaymiz. «SHitszin» 305 she’riy asarni o‘z ichiga oladi. Ular to‘rt qismga bo‘lingan: «Gofun» («Saltanatlar odatlari»), «Syao ya» («Kichik qasidalar»), «Da ya» («Ulkan qasidalar») va «Sun» («Alqovlar»), «SHitszin»dagi she’riy asarlar asosan xalq og‘zaki ijodining yozib olingan variantlaridir, to‘g‘rirog‘i musiqaga solingan she’rlardir. Agar qadimda musiqa va raqs bir–biridan ajralib chiqmaganini nazarda tutsak, bu yodgorlikda ham so‘z san’ati, ham musiqa san’ati, ham raqs san’ati ruhini, unsurlarini ko‘rish mumkin. CHunonchi, «YUeszin» («Musiqa haqida kitob») deb atalgan qadimgi yodgorliklardan bizgacha etib kelgan bir parchada shunday deb yoziladi: «SHe’riyat–bu so‘zga aylangan intilish, qo‘shiq uni tovush orqali ifodalaydi; raqs obrazni harakat orqali etkazadi. Har uchchala tur yurakda ildiz otadi, keyin ularga musiqiy asboblar ergashadi». Bu parchadan o‘sha paytlarda so‘z san’ati kuy va raqs talablariga bo‘ysindirilgani ko‘rinib turibdi.