Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti


Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta’limotining vujudga kelishi



Yüklə 75,3 Kb.
səhifə12/24
tarix19.12.2023
ölçüsü75,3 Kb.
#185401
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti-fayllar.org

14. Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta’limotining vujudga kelishi.
Yetuk patristika davridagi lotin tilida ijod etgan yirik namoyandalardan biri
Avreliy Avgustin 354-yil 13-noyabrda Afrikaning Tagast shahridagi rimliklar oilasida tavallud topgan. U uncha badavlat bo‘lmagan, biroq nufuzli va ma’rifatli oilada voyaga etadi. U boshlang‘ich bilimlarni Tagast va qo‘shni shahar Madavrda oladi. Uning “Tavba” asari hamda Possidyumning unga bag‘ishlangan biografik asarlari Avgustin haqidagi ma’lumotlarning asosiy manbai sanaladi. Otasi Avreliyni yaxshiroq bilim olishi uchun Karfagen shahriga yuboradi va u bu yerda Sitseronning “Gortenziy” dialogini mutolaa qiladi. Asar uning hayotida keskin burilish yasaydi. Abadiy donishmandlikka erishishni istaydi va haqiqat izlab dastlab Moniylik dinini qabul qiladi. Avreliy bu din ta’sirida 9 yil bo’ladi. 384-yil Mediolan shahriga ko’chib o’tadi va u yerda xristianlik dini namoyondasi Amvrosiy bilan uchrashadi. U xristianlik dinini Moniylikdan afzalligini bilib qoladi va 387-yil Amvrosiy tomonidan Xristianlik dinini qabul qiladi. Shu paytlar onasini o’limidan so’ng butun hayotini cherkovga bag’ishlash haqida o’ylab qoladi. 388-yil Tagast shahriga qaytadi va uyini sotib, pulini kambag’allarga ulashadi va o’zi do’stlari bilan oddiy hayot kechira boshlaydi. Tagastda yashagan paytlarida “Ustoz haqida”, “Musiqa haqida”, “Moniylar axloqi” kitobining ikkinchi jildi, “Ruhning miqdori haqida” kabi asarlarini yozadi hamda dialog uslubida yozilgan “Erkin tanlov haqida” traktati ustida keng qamrovli ishlarini davom ettiradi. Asta sekin Tagast atrofidagi shaharlarda shuhrat qozona boshlaydi va Gippon shahri episkopi Valeriy vafot etgach, uning o’rniga episkoplikka tayinlanadi, umrining oxirigacha shu lavozimda faoliyat olib boradi. Avgustin episkoplikning birinchi yilida muhim asarlaridan biri “Xristian dini haqida” traktati ustida ish boshlaydi hamda moniylikka qarshi ruhdagi “Favstamoniylikka raddiya” asarini yakunlaydi.397-401-yillar Avgustinda 12 jilddan iborat o‘zining eng mashhur asari - “Tavba”ni yozib tugatadi.
401-414-yillarda Avgustin o‘zining eng yirik ijod namunalaridan biri - 12 jilddan iborat “Borliq kitobiga sharhlar” nomli asarini yozadi. Avgustin umrining so‘nggi yigirma yilini ikki fundamental masalaning yechimiga bag‘ishlaydi: ulardan birinchisi 410-yilda “Ilohiy shahar haqida” mashhur asar ustida ish olib borish bo‘lsa, ikkinchisi - “Ilohiyotchi Pelagiyning birlamchi gunohkorlik haqidagi muhokamalari” edi. Pelagiyning ta’kidlashicha, Odam Ato qilgan gunoh avlodlarga tarqalmaydi, gunoh – bu nasliy tavqi la’nat emas, balki har bir insonning erkin tanlovi oqibatida sodir etiladigan harakatdir. Shuningdek, insonga gunohdan xalos bo‘lishda qandaydir g‘ayritabiiy kuchlar emas, o‘z ezgu tabiati ko‘mak beradi. Oddiy inson o‘z ezguligini zohidlik va taqvo yordamida topadi. Avgustin umrining so‘nggi yillarida toliqish va tobora kuchayib borayotgan zaiflikni his qiladi. U keksalik tufayli episkoplikning og‘ir vazifalari va ko‘plab traktatlar yozish bilan birdek mashg‘ul bo‘lishga qiynalardi. 426-yilda u qolgan umrini ilmiy mashg‘ulotlarga bag‘ishlash maqsadida episkoplik lavozimidan voz kechadi. Avgustin uchun bilish yo‘li – bu e’tiqod orqali xudoga eltuvchi aql yo‘lidir. Bilish hissiy sezgilardan boshlanganidek, xudoni bilish ham uning yaratgan narsalarini anglashdan boshlanadi. Bu xuddi haqiqatga zinalar orqali ko‘tarilayotganga o‘xshaydi. Shu bilan birga, bilim sezgilar mujassam bo‘lgan refleks va idrok oqibatida shakllanadi. O‘z navbatida, aql o‘z o‘zini muhokama etadi va uning mavjudlik qudrati bevosita unga ayondir. Avgustinning ayni qarashlari Dekartning mashhur “Men fikrlayapman, demak, men mavjudman” tezisini esga soladi. Biroq bu Avgustinda boshqacharoq: “Men shubha yoki xato qilyapman, demak, men mavjudman” shaklida namoyon bo‘ladi.
Avgustinning ta’kidlashicha, inson “dunyoviy va o‘limga mahkum tanadan foydalanuvchi aqlli ruh”, aniqroq qilib aytganda, “ruh va jismdan iborat aqlli mavjudot”. “Aql, – deya ta’kidlaydi Avgustin, – inson shaxsiyatidagi ilohiy uchlanganlikni anglaydi, iroda uni yo‘naltiradi, xotira esa uni qamrab oladi. Shu tarzda insondagi o‘z-o‘ziga aynanlik saqlanib qoladi. Borliqni mavjud o‘zgarmas haqiqatga aynan deguvchi qator tasavvurlarni (olam g‘oyasi), shuningdek, olam tartiboti haqidagi qarashlarni va ezgulik bo‘lmagan narsa bu yovuzlikdir, degan tushunchalarni Avgustin neoplatoniklarning ta’limotidan o‘zlashtirgan. U qoida sifatida shuni ta’kidlaydiki, “har bir inson yaxshi ham, yomon ham bo‘lishi mumkin”; sr. “Nafaqat olam tartibotini buzuvchi, balki unga bevosita yondosh bo‘lgan mavjud narsalarni ham yovuzlik deb atash mumkin”. Biroq Avgustin ko‘proq, “Axloqiy yovuzlik” tushunchasiga e’tibor qaratgan. O‘zining ilk asarlari, ayniqsa, yirik dialogi - “Erkin tanlov haqida” (388-395 yillar) asarida Avgustin yovuz iroda olamdagi barcha yovuzliklar va baxtsizliklarning manbai degan nuqtai nazarni ilgari suradi. SHaxsning axloqiy erkin tanlov prinsipi shundan iboratki, shaxs ongli tarzda o‘z xatti-harakatini ezgulikka bo‘ysundirmog‘i kerak; Oliy adolat har kimga haqli hukm qiladi.

Yüklə 75,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin