Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti-fayllar.org
15. Yangi davr G’arb falsafasidagi asosiy muammolar.
16. XX – XXI asr G’arb falsafasining oqimlari. XX asrning yangicha ilmiy tarixiy yondashuvlari asosida materializmning
“ilmiy materializm”, “antropologik materializm” kabi doktrinalari va spekulyativ idealizmning: “neorealizm”, “neotomizm” kabi yo‘nalishlari saqlanib qoldi. .
XX asrda falsafa ssientizm va antissientizm kabi o‘zaro qarama qarshi yo‘nalishlarning faoliyatida aks etdi. Ssientizm XIX asrda vujudga kelgan pozitivizmning mantiqiy davomi bo‘lib, uning g‘oyalari tabiiy fanlarning taraqqiyotiga qaratilgan. Unga ko‘ra ilmiylikning namunasi, zamonaviy fizika bilan belgilanadi. Biroq, zamonaviy fizika doirasida yuzaga kelgan “Nisbiylik” va “kvantlar” nazariyalari fizik ob’ektlarning ziddiyatli tabiatga ega ekanligini izohlovchi, yangicha ratsionalizmni vujudga kelishiga imkon berdi. XX asr falsafasi o‘zining ko‘p predmetli ekanligi bilan xam ajralib turadi. Undagi maktab va yo‘nalishlarning turfa xilligi zamonaviy fan va madaniyatning ko‘p qatlamliligini ko‘rsatadi. XX asr falsafiy yo‘nalishlarining tasnifiy muammosi batafsil, chuqur tahlil etilmagan, biroq shunga qaramay, tatqiqotchilar quyidagi uchta guruhiy tasnifni keltirishadi: 1) tahliliy pozitivistik yo‘nalish; (mantiqiy pozitivizm, postpozitivizm), 2) ekzistensial fenomenologik yo‘nalish; 3) diniy falsafiy yo‘nalish; (neotomizm, neoprotestantizm, islom va budaviylik falsafasi).
Tahliliy pozitivizm - tahliliy pozitivizmning asosiy maqsadi, fanning tili va tamoyillarini ishlab chiqishga qaratilgan. U ilmiy nazariyalarning mantiqiy strukturasi va fanning ahamiyatini tadqiq qiladi.
Ekzistensializm - pessimistik falsafa sifatida vujudga keldi. Ushbu yo‘nalish zamonaviy sivilizatsiya sharoitida, keskin qarama-qarshiliklar ichida inson mavjudligi muammosiga e’tibor qaratadi. Ekzistensializm yo‘nalishi vakillari: Karl Yaspers, Martin Xaydegger, Jan Pol Sartr, Alber Kamyu, Gabriel Marsel va boshqalar. Ekzistensializm individning tashqi dunyodan begonalashuv holatini: qo‘rquv, befarqlilik, apatiya, yolg‘izlik kabi kechilmalarni chuqur tahlil qiladi. Xaydeggerga ko‘ra, qo‘rquv, bezovtalik, xavotir inson va olamning sub’ektiv borlig‘ini tashkil etadi. Bu sub’ektiv borliq birlamchi bo‘lib, inson xatti-harakatini belgilaydi. . Xaydegger “olamdagi borliq”, “boshqalar borlig‘i” kabi tushunchalar tizimini keltiradi. inson qachonki, jamiyat tomonidan o‘rnatilgan ustanovkalardan voz kechgandagina ya’ni, o‘zini mangu emasligini anglagandagina borliq , mavjudlik tushunchasini xis qiladi. Yaspersga ko‘ra bu jarayon insonning o‘z individualligini izlashi bilan bog‘liq. Inson individualligi nafaqat fan, balki falsafaning ham ob’ekti bo‘la olmaydi. Chunki, inson xatti-harakati mohiyatan “oliy iroda” xudo tomonidan xarakatlantiriladi. Inson ushbu individuallikni chegaradosh vaziyat, ya’ni o‘lim bilan yuzma-yuz kelgandagina xis etadi.