Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti


Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo’nalishlari



Yüklə 75,3 Kb.
səhifə16/24
tarix19.12.2023
ölçüsü75,3 Kb.
#185401
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti-fayllar.org

22. Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo’nalishlari.
Insonning o‘zini qurshagan dunyoga bo‘lgan munosabatlaridan biri - bilishdir. Inson o‘z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, yani tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o‘zini, o‘zining ruhiy-manaviy dunyosini ham bilib boradi.
Insonning dunyoni bilishini falsafa ham, boshqa hamma aniq fanlar ham o‘rganadi. Bunda aniq fanlar dunyoning turli tomonlarini, ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rgansa, falsafa esa inson bilishining eng umumiy tomonlarini, qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rganadi va ochib beradi. Bilish nazariyasi, borliq va bilish rivojlanishining umumiy qonunlari haqidagi talimot. Bilishning falsafiy nazariyasiga ko‘ra, bilish moddiy va manaviy borliqning inson miyasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faol aks etishidir. Inson bilishining manbai esa ayni shu moddiy va manaviy borliq, ularni tashkil qilgan predmetlar, hodisalar va jarayonlardir. Bu predmetlar, hodisalar va jarayonlar insonga tasir qilib, uning miyasida aks etadi. Bilish nazariyasini falsafada Gnoseologiya sohasi o‘rganadi. «Gnoseologiya» grekcha so‘z bo‘lib «gnosis» – bilish, «logos» – nazariya, yani bilish nazariyasi, bilish to‘g‘risidagi talimot manolarini anglatadi.
Gnoseologiyaning mohiyati va mazmuni. Optimizm. Skeptitsizm. Agnostitsizm. Inson aqli asta sekin rivojlangan sari quyidagi savolga javob topishga harakat qiladi: dunyoni bilish mumkinmi?,bilishning chegaralari bormi? Falsafada bu savollarga javob beruvchi uch asosiy yo‘nalishni farqlash mumkin: optimizm, skeptitsizm va agnostitsizm. Optimistlar dunyoni bilish mumkinligini ta’kidlaydilar, agnostiklar, aksincha, buni rad etadilar (I.Kant – «narsa o‘zida»). Skeptiklar esa, dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar, biroq bilimning haqiqiyligiga shubha bildiradilar. Bilimga chanqoq bo‘lgan, bilishga harakat qilayotgan odam optimist: «Men buning nimaligini bilmayman, biroq bilishga umid qilaman», deydi. Agnostik esa, «Men buning nimaligini bilmayman va hech qachon bila olmayman», deb ta’kidlaydi. Yuzaki skeptitsizm, ko‘r-ko‘rona fanatizm kabi, dunyoqarashi tor odamlarda ko‘p uchraydi. F.Laroshfuko ta’biri bilan aytganda, kaltabin odamlar odatda o‘z dunyoqarashi doirasidan chetga chiqadigan hamma narsani qoralaydi. Biroq oqilona darajadagi skeptitsizm foydali va hatto zarur. Bilish usuli sifatida skeptitsizm shubha shaklida amal qiladi, bu esa haqiqatning tagiga etish sari tashlangan qadamdir. Shubha eskirgan, qotib qolgan aqidalarning tagiga suv quyadi, ularga putur etkazadi. U – rivojlanayotgan fanning muhim unsuri. Bilimsizlik qayd etadi va inkor qiladi, bilim – shubhalanadi.

Yüklə 75,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin