12. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari. G’arb falsafasi. Falsafa fanining taraqqiyotiga Sharq mutaffakkirlari bilan bir qatorda Garbiy Yevropa olimlari ham katta hissa qo’shganlar. Sharq bilan Garbni bog’lovchi “Ipak yo’li” markazida joylashgan O’rta Osiyo mintaqasi Hindiston, Xitoy, Mesopotamiya, Yunon, Rim davlatlari bilan savdo-sotiq aloqalarini rivojlantirib kelgan. Shuning natijasida o’lkamizga boshqa mamlakatlarning, Jumladan Yunoniston xalqlarining madaniyati ham ma’lum darajada kirib kelgan va aksincha O’rta Osiyo madaniyati qadimgi yunon madaniyatiga ham o’z ta’sirini ko’rsatgan. G’arbda falsafa mustaqil fan sifatida eramizdan oldingi VI asrda Yunonistonda ibtidoiy jamoa quldorlik davri bilan almashgan davrda shakllanadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar, savdo, hunarmandchilik, san’at, fizika, matematika, astronomiya, geografiya, adabiyot, falsafa va boshqa fanlarning rivojlanishiga zamin yaratdi.
13. Qadimgi Yunon – Rim falsafiy maktabi. Milet maktabi. Qadimgi Yunon –Rim falsafiy maktabi falsafa tarixida antik falsafa nomi bilan ataladi. Mil. av. VI va milodiy VI asrlar oralig‘idagi davrni o‘z ichiga qamrab
oluvchi antik davr falsafasi qadimgi Yunon va Rim xalqlari donishmandligi mahsuli sanaladi. G‘arb falsafiy tafakkur taraqqiyotining keyingi bosqichlarida vujudga kelgan deyarli barcha maktablar, tasavvurlar kategoriya va muammolar uchun ilk g‘oyaviy ildiz vazifasini o‘tagan antik falsafa jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo'shdi.
Antik falsafa taraqqiyotini shartli to'rt bosqichga ajratib o'rganiladi:
1) Yunon falsafasi shakllana boshlagan ilk davrlardan mil. Avv. IV asrgacha bo’lgan muddatni o'z ichiga qamrab oluvchi “suqrotgacha bo’lgan davr”
2) Mil. Avv. V asrdan mil.Avv.IV asrning o’rtalarigacha davom etgan “mumtoz davr” bu davrda Suqrot, Aflotun, Arastularning ijodi vujudga kelib, keng tarqaldi.
3) Mil. Avv. IV asr oxirlari va mil, avv. II asr oraligida rivoj topgan ta’limotlarga nisbatan Ellin falsafasi atamasi qo’llaniladi.
4) Mil. Avv. II asr oraligida taraqqiy topgan antik donishmandlik Rim davri deb ataladi.
Suqrotgacha bo’lgan falsafiy maktablarga loniya dengizi qirg‘oqlarida joylashgan Milet shahri nomi bilan ataluvchi Milet maktabi asosida Pifagor ta’limoti yotgan pifagorchilar maktabi, Levkipp-Demokritning atomlar to‘g‘risidagi nazariyasini o'zida ifoda etgan atomistlar maktabi va janubiy Italiyada joylashgan Eley shahri faylasuflari maktabi kiradi. Shuningdek, Suqrotgacha yashagan, antik falsafaga katta bissa qo'shgan Yunon-Rim faylasuflar ham bu davrga mansubdirlar. Xususan, Fales, Anaksimen, Anaksimandr, Geraklit, Ksenofan, Pifagor, Anaksagor, Levkipp, Demokrit kabi faylasuflar. Fales hamma narsaning asosida suv yotadi, hamma narsa suvdan paydo bo’lgan va unga qaytadi deb hisoblagan.
Anaksimandr birinchilardan bo’lib, materiyaning saqlanishi qonunini va organik hayotning evolyutsion taraqqiyoti haqidagi gepotezalarni ilgaii suradi. Uning ta’kidlashicha, odam barcha hayvonlar singari baliq evolyutsiyasining mahsulidir. U “Tabiat haqida” nomli asar yozgan. Anaksimandrningi shogirdi Anaksimen esa hamma narsa havodan kelib chiqqanligini ta’kidlaydi. Mangu, harakatchan havo quyuqlashib dastlab bulutlarni, keyin suvni va nihoyat yer, toshlarni vujudga keltiradi. Keyin esa undan olov kelib chiqadi.
Geraklit - olov olamning asosi, deb bilgan.