Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti


Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari



Yüklə 75,3 Kb.
səhifə21/24
tarix19.12.2023
ölçüsü75,3 Kb.
#185401
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti-fayllar.org

27. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari.
Metod yunoncha metodos so’zidan olingan bo’lib Tadqiqot yoki bilish yo’li, nazariya, ta’limot degan ma’nolarni anglatadi. Metod aslida inson amaliy faoliyatining negizida yuzaga kelgan. Metodologiyaning asoschisi ingliz filosofi F.Bekondir. U birinchi marta fanni metodlari sistemasi bilan qurollantirish g‘oyasini ilgari surgan birinchi filosofdir.
Metodika – bilish ob’ektini o‘rganishga yondoshuvda, nazariy va metodologik manbalarni qo’llashdagi amaliy taktik jarayon.
Falsafaning metodlari:


  • Dialektika.


  • Metafizika.


  • Sinergetika.


  • Elektika.


Dialektika. Falsafaning asosiy ilmiy metodlaridan biri dialektik metoddir.
Dastlab dialektika so‘zi ma’nosi suhbat yoki dialog yuritish san’ati, usuli sifatida qo‘llanilib, yunon tilida «suhbatlashuv san’ati», «bahslashuv san’ati» degan ma’noni bildirgan. Turli nuqtai-nazarlarni izohlash, o‘z fikri to‘g‘riligini isbotlash mahorati Suqrot va Aflotunda yaqqol namoyon bo‘lgan. Ularning ta’kidlashicha, haqiqatning qandaydir yangi narsa, ya’ni bahsning boshlanishida bo‘lmagan, lekin muhokama jarayonida paydo bo‘lgan narsa sifatida tug‘ilishiga muloqot yordam beradi. Shu tariqa tafakkurning ijodiy asosi shakllanadi.
Metafizika. Dastlab «metafizika» atamasining ma’nosi inson aqli orqali egallanishi mumkin bo‘lgan barcha bilimlardan yuqori turuvchi murakkab bilim ma’nosini bergan. Metafizika metodini birinchi bo‘lib I.Kant tanqid qildi. Inson bilimi, Kantning fikricha, faqat unga sezgi va idrokda berilgan tajribanigina izohlay oladi. Metafizika tushunchasini yangicha izohlash ham Kantdan boshlanadi. U o‘z falsafasini tanqidiy metafizika deb ataydi va bilishning chegaralari to‘g‘risidagi barcha oldingi falsafiy bilimlarni tanqidiy nuqtai-nazardan qarab chiqadi. Kant ta’limotida butun falsafa «tanqidiy falsafaga» (ya’ni, uning falsafasiga) va «notanqidiy», dogmatik falsafaga (metafizikaga) bo‘linadi. Gegel ta’limotidan boshlab falsafiy bilish metodini ikki qarama-qarshi metodga – metafizik va dialektik metodlarga ajratish boshlanadi.

Yüklə 75,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin