Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti



Yüklə 75,3 Kb.
səhifə22/24
tarix19.12.2023
ölçüsü75,3 Kb.
#185401
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti-fayllar.org

Sinergetika - bu turli tabiatli tuzilmalarning o‘z-o‘zidan tashkil topish, barqarorlik, parchalanish va qayta paydo bo‘lish jarayonlarini tadqiq etuvchi nazariyadir. Sinergetika dunyoga yangicha qarash usuli va bir vaqtning o‘zida falsafa fani metodi bo‘lib, fanlardagi yangiliklarni umumlashtirish, o‘z-o‘zini tashkil qilish, chiziqsiz tafakkur asosida evolyusion jarayonni tashkil qiluvchi fanlararo ilmiy tadqiqot usuli sifatida asrimizning 70-yillarida paydo bo‘ldi. Sinergetika yangi ta’limot sifatida o‘z-o‘zini boshqarishning umumiy qonunlari va tamoyillarini o‘rganishni asosida noorganik va organik tabiatda o‘zaro aloqadorlikda o‘z-o‘zini shakllantirish orqali tashkil topish mavjudligini isbot qilib berdi.
Eklektika – yunoncha tanlayman, degan ma’noni anglatadi. Uning mohiyati turli qarama-qarshi nazariyani, qarashlarni qorishtirib yuborishdan iborat.
Eklektik tafakkur usulida narsa va hodisalarning muhim va nomuhim, asosiy va asosiy bo‘lmagan xususiyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘liqliklar aralashtirib ifodalanadi. Narsa va hodisalarga, ularning aloqadorliklariga muayyan makon va zamonda, vaziyat va sharoitda yondashmaslik, ulardagi asosiy va ikkinchi darajali tomonlarni hisobga olmaslik kelib chiqadi.
Qonun– muayyan shart-sharoitlarda voqealar rivojining xususiyati va yo‘nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat‘iy natijani taqozo etadigan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlaridir. Qonun ilmiy nazariy va amaliy faoliyatda ob’ektiv o‘zaro aloqalarning barcha shaklla-rini sinchkovlik bilan hisobga olishni taqazo etadi. Bu esa ularni ichida muhim, zaruriy, umumiy, barqaror aloqalarni belgilashga yordam beradi, ayni zamonda ob’ektiv qonunlarni tushunishimizga imkon beradi.
Qonun olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bog‘lanishlari, aloqalari va munosabatlarining namoyon bo‘lishidir.
Falsafaning asosiy qonunlari bular - qarama-qarshilik va ziddiyat qonuni. Miqdor va sifat, Inkorni-inkor qonuni va vorisiylik.
Kategoriyalar «izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish», degan ma’nolarni anglatadi.Falsafa tarixida ularni birinchi bo‘lib, Arastu ta’riflab bergan. U o‘zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni ob’ektiv voqe’likning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob-uqubat». Bu turkumlashtirish, o‘z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.

Yüklə 75,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin