Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti


Ilk O’rta asr Sharq falsafasi va uyg’onish davri



Yüklə 75,3 Kb.
səhifə10/24
tarix19.12.2023
ölçüsü75,3 Kb.
#185401
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti-fayllar.org

11. Ilk O’rta asr Sharq falsafasi va uyg’onish davri.
Falsafa tarixi sohasida Ilk o'rta asr Sharq falsafasi deganda IX-XI asrlar musulmon fani va madaniyati tarixida katta yutuqlar va muhim ilmiy kashfiyotlar davri tushuniladi. Bu davrni ba’zi tadqiqotchilar Sharq fani va madaniyatining
Uyg'onish davri yoki “oltin davri” deb e’tirof etadilar. O‘sha davrda arab xalifaligi tarkibiga kirgan Movarounnahr va Xuroson mintaqasi yuz bergan madaniy-ma’rifiy yuksalishni ta’minlovchi va harakatlantiruvchi asosiy kuchlardan biri edi. Birinchi navbatda, bu ilmiy yuksalishda ishtirok etgan mutafakkirlarning asosiy qismi ushbu zamin farzandlari bo’lgani bilan izohlanadi. Ushbu davrning tamal toshi islom dinining vujudga kelish omili, Abbosiylar xalifaligi davriga borib taqaladi. Mazkur davrda Bag’dod shahriga asos solinib, u xalifalikning siyosiy markazi bo’libgina qolmay, balki saltanatning iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy. ilmiy
markaziga aylantirilgan edi. Abbosiy xalifalar Mansur (754-776), Xorun ar-Rashid (786-809) va Ma’mun (813-833) davrida ilm-ma’rifatga katta e’tibor berilgan. Yirik ilmiy markazga aylangan “Bayt ul-hikma”ga asos solinib, bu joyda o‘z davrining mashhur olimu faylasuflari, tabib, munajjim, musiqachi, me’mor, muhandislari to‘plangan. Bu davrda arablar, yahudiylar, nasroniylar, forslar, movarounnahrlik va xurosonliklar tomonidan yahudiy, yunon, suryoniy, fors, hind va boshqa tillardagi riyoziyot, falakiyot, mantiq alkimyo, handasa, tarix, tibbiyot fanlariga oid madaniy, ilmiy-falsafiy asarlar arab tiliga tarjima qilingan. Qadimgi yunon faylasuflari Ptolemeyning “Almajistiy” (Almagest), Evklidning handasa (geometriya), Aflotun va Arastuning qator asarlari arab tiliga o‘girildi.
Arab xalifaligi davrida О‘rta Osiyoni Toxiriylar (821-873), Safforiylar
(873-904), Somoniylar (875-999), G‘aznaviylar (977-1186), Qoraxoniylar
(999-1212) va Xorazmshohlar (1077-1231) kabi sulolalar boshqargan. Saljuqiylar (1033-1300) XII asrning boshlariga kelib, bugungi O‘rta Osiyo hududini butunlay o‘z nazorati ostiga oladilar Saljuqiy Malikshoh davrida uzoq vaqt vazirlik qilgan fan homiysi Nizomul Mulk Abu Homid G'azzoliy va Mahmud az-Zamaxshariy kabi olimlarni ham qo’llab-quvvatlagan. U Bag‘dodda rasadxona ishini rivojlantirib, mashhur falakshunos olimlarni to‘playdi. Nizomul Mulk tashabbusi bilan Buxoro, Hirot, Nishopur,Samarqand, Bag’dod kabi shaharlarda “Nizomiya” nomidagi madrasalar ochilgan. Ushbu davr ilm-fan taraqqiyotining e’tiborli tomoni shundaki, ko‘pgina olimlar o‘z sohalarida yangiliklarga asos soladilar. Masalan,
birinchi bo’lib, Umar Xayyom taqvimiga tuzatish kiritadi. Ayniqsa, bu davr arab va fors adabiyotining taraqqiyot davri bo’lgan. Movarounnahr diyorida ilm-fan ravnaqi uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan.



Yüklə 75,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin