Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti


Konfutsiy va Lao Szi ta’limoti



Yüklə 75,3 Kb.
səhifə9/24
tarix19.12.2023
ölçüsü75,3 Kb.
#185401
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti-fayllar.org

10. Konfutsiy va Lao Szi ta’limoti.
Konfutsiychilik axloqiy qoidalar va ijtimoiy boshqaruv masalalariga diqqat-e’tibornii qaratdi. Konfutsiychilik uchun eng mukammal namuna о'tmish edi. Konfutsiy (mil. av. 551-449 yy.) o‘zi haqida shunday degan edi: “Eskini bayon qilaman va yangini yaratmayman”. U va uning izdoshlari jamiyatning parchalanib ketishidan bezovta bo’lganliklari sababli asosiy e’tiborni insonni o‘z atrofdagilarga va jamiyatga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashga qaratdilar. Shaxs o’zi uchun emas, balki jamiyat uchun shaxsdir. Konfutsiychilik Sharq xalqlari ongida insonparvarlik, burchga sodiqlik, tavfiqlilik, aqlga muvofiqlik va haqiqatgo'ylik axloqiy me’yorlarini shakllantirdi. Shuningdek, konfutsiychilik besh aloqa qoidasini, ya’ni jamiyatdagi munosabatlar tizimini ham ishlab chiqdi – bular davlat bilan fuqarolar o'rtasidagi, ota-onalar bilan bolalar,
er va xotin, kattalar bilan kichiklar va do‘stlar o'rtasidagi munosabatlardir.
Konfutsiychilikning asosiy axloqiy-siyosiy qoidalari quyidagilardan iborat edi: “xalqni shafqat bilan boshqarish va xalq ichiga xulq-atvor qoidalari yordamida tartibni joriy qilish”, “osmon irodasidan qo‘rqish” va “olganlar ruhini hurmat bilan yodga olish”, “tug‘ma bilimlarga ega bo’lganlar“ (mukammal donishmandlar) va
“o’qish-o’rganish natijasida bilimga ega bo’lganlar” mavjudligini tan olish.
Oltin qoida: O’zingga ravo ko’rbagan narsangni, boshqa odamlarga ham ravo ko’rma”.
Qadimgi Xitoyning ko‘zga ko‘ringan faylasuflaridan biri Lao-Szi
(VI-V asrlar) ta’limotiga ko‘ra, olam, jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo‘ysunmog‘i lozim. Daosizm ta’limoti ana shu tariqa shakllangan.
Dao qonuni-tabiatning yashash qonunidir. Bu qonunga ko‘ra, olamning
asosini tashkil etuvchi “Si”, ya’ni beshta unsur - olov, suv, havo, Yer va
yog‘och yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda
ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Lao-Szining ta’kidlashicha, olamda
hech bir narsa doimiy va o'zgarmas, harakatsiz holda bo’lishi mumkin emas.
Daosizmga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ikkinchi
holatga o’tib turadi. Qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi kurash, ya’ni In va Yan о‘rtasidagi kurash daoni anglatadi. Odamzod bu kurash jarayonida doimo yaxshilik tomonidan turishi, o'zini qurshab turgan tabiat va atrofdagi olamga mehr kо‘rsatishi lozim. Bo’lmasa, Dao qonuni buziladi va bunday joyda baxtsizlik, fojia yuz beradi. Lao-Szi bu о‘rinda ekologik falokati nazarda tutgan. “Kishilar Dao qonunini buzmasliklari kerak, aks holda tabiat ulardan albatta o‘ch oladi”, degan edi. Lao-Szi.

Yüklə 75,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin