Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti-fayllar.org
7. Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo’lishi. Misr va Bobil falsafiy maktablari. 6-savolning ikkinchi abzasini o’qib davomidan, Yaqin Sharqning ilk mifologik qarashlari degan joygacha quyidagi ma’lumotlar aytiladi. Xitoy asotirlari ham o‘z tarixi bilan eramizdan oldingi uzoq ming yillarga borib taqaladi. Shuningdek, Xitoy asotirlari o‘z shakllanish davrida qadimgi Xitoy, daosizm va buddaviylik va kechki Xitoy xalq og‘zaki ijodi mifologik tizimlarini birlashtira borgan. Asotiriy qarashlar aks etgan qadimgi asarlardan biri “Sha’n xay szin” (“Tog‘lar va daryolar kitobi”) bo’lib u eramizdan avvalgi IV-II asrlarda yozilgan. Unda qadimgi Xitoy afsonalari voqealarini umumlashtiruvchi tasvirlar mavjud. Unda dastlab dunyo vujudga kelguncha tuman va qorong’ulik bilan to’lgan tubsiz xaos mavjudligi, koinot kuchlari bo’lgan Yan va In vositasida tartibga keltirilganligi haqida tasavvurlar bor, Ba’zilarida esa dunyo g‘ayri tabiiy umumiy inson bo’lgan Pan-Gudan paydo bo’lganligi aytiladi. Ayni shu afsonada Xitoy falsafasi uchun muhim bo’lgan, shaxsiyatga ega bo’lmagan dunyoviy qonun bo’lmish “dao” haqidagi g‘oya shakllantirilgan. Pan-Gu haqidagi afsona, shuningdek inson va tabiat birligi, mikrokosmos-inson va makrokosmos dunyoning birligi, chambarchas bog’liqligiga ishora qiladi. Bu qarashlar inson bilan bog’liq barcha sohalar: san’at, adabiyot, meditsina, sport va boshqa sohalarda ham insonga tabiat orqali yo’l mavjudligini ta’kidlaydi. Shan davrida, eramizdan oldingi II ming yillik boshlarida xitoyiiklar to‘rtinchi tartib hududida hisob yuritishni bilganlar, Xan sulolasi davrida esa algebraik tenglamalarning yechimi haqida ham ma’1umotlar mavjud bo’lgan.
Mifologik-asotiriy qarashlar naturfalsafiy harakterga ega bo’lgani uchun ham Sharq sivilizatsiyalari tabiiy-ilmiy bilimlar sohasida ulkan natijalarga erishdi va jahon fani rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bizgacha уetib kelgan Papirus yozuvlari misrliklarning matematika va geometriya, astronomiya, tibbiyot, kimyo sohalaridagi keng tushunchalari haqida dalolat beradi. Mesopatamiya qo‘shni hududlarga matematika va astronomiya sohasidagi bilimlar bilan katta ta’sir ko‘rsatdi. Mesopatamiyaliklar matematika va astronomiyaga oid kashfiyotlar qilib, oy fazalarini bo’lish tizimini yaratdi, quyosh tizimiga oid jarayonlar, yulduz va sayyoralar ro‘yxati, ko‘plab harakat holatlarini aniqlash bo‘yicha yangiliklar kiritdi. Ikki daryo oraligida astrologik bilimlar ham rivojlandi.
Qadimgi Misr fani rivoji piramidalar misolida ko’zga yaqqol tashlanadi. Ularning eng ulkani Xeops piramidasi bo’lib, uning balandligi 146 metrdir.
U 2,5 mln oxak va granit toshlaridan (bloklaridan) qurilgan bo’lib, har biri
2,5 tonnadan 54 tonnagacha og’irlikka ega. Bu piramida 20 yil davomida 30 ming kishining mehnati bilan qurilgan. Piramidalar qurilishida misrliklarga 1000000 soni ma’lum bo’lgan. Qadimgi Bobil astronomlari Aleksandr Makedonskiy davriga kelib, oy va quyosh tutilishi davriyligini aniqlashgan. 2000- yil boshida quyosh-oy kalendarini yaratishgan. Hammurapining qo'shimcha oy to’g‘risidagi buyrug’lar hozirgacha saqlangan. Bu 12 oydan iborat oy yilini (354,36 sutka) quyosh yiliga (365,24 sutka) yaqinlashtirish maqsadida qo’llangan. Keyinchalik 8 quyosh yilining 90 oyga (oy yilidagi) yaqin bo’lishi aniqlangan.