Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti-fayllar.org
4. Falsafaning ijodiy harakteri. Falsafaning ijodiy harakteri insonnning o‘z qobiliyatini dunyoni bilishga va uni o‘zlashtirishga yo‘naltirishida namoyon bo’ladi. Falsafa jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalariga kuchli ta’sir ko‘rsatgan holda, ayni vaqtda fan bilan doim yaqin aloqada ish ko‘radi. U yoki bu fan qanday muayyan muammolami hal qilishidan qat’i nazar, ular bilan bog’liq jarayonlar va hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo zaruriy shart hisoblanadi. Muayyan fan predmetiga va uning oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng bilimning boshqa sohalarida erishilgan eng so‘nggi yutuqlarni ham aks ettiradigan yaxlit yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishiga erishish ham mumkin emas.
O'z vaqtida dunyoga nisbatan kengroq yondashuv, masalan, A.Eynshteyn (1879-1955)ga dunyoning manzarasini tushunishga nisbatan butunlay yangicha yondashuvni taklif qilish va avvalgi fizikaning aksariyat qoidalari muayyan darajadagina haqiqiy bo‘lib qolgan sharoitda klassik (Nyuton) mexanikasini ham о‘z ichiga olgan ”Nisbiylik umumiy nazariyasi” ni ta’riflash imkonini berdi.
Eynshteyn ongida o‘zidan oldingi va o‘zi yashayotgan davrdagi falsafa g‘oyalari to’qnashdi. Ular mutafakkirning butun ijodiy faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi, zero u ratsionalistik falsafaning vakillari,ularning o'tmishdoshlari va izdoshlari bilan talabalik yillaridayoq tanishgan edi. “Biz Eynshteyn ijodiga XX asr o‘rtalarining fizika konsepsiyalari va kelajakka prognozlar nuqtayi nazaridan, retrospektiv nazar tashlar ekanmiz, uni insoniyat ma’naviy hayoti katta bir bosqichining yakuni deb hisoblash mumkin. - Bu bosqich faqat Nyuton mexanikasi bilan boshlangani yo'q. Butun ratsionalistik fan va XVII asr falsafasi uning negizi hisoblanadi. Eynshteyn asarlari bilan tanishar ekanmiz, Galiley, Dekart, Spinoza, Gobbs, Nyuton satrlarini beixtiyor eslaymiz - ba’zan g‘oyalarning ajabtovur
o‘xshashligiga duch kelamiz.