Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti


Falsafada milliylik va umuminsoniylik



Yüklə 75,3 Kb.
səhifə4/24
tarix19.12.2023
ölçüsü75,3 Kb.
#185401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti-fayllar.org

5. Falsafada milliylik va umuminsoniylik.
Falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi. Ma’lumki, olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o’tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog’liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o’z ifodasini topadi.
O’z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg’uradi, ularni o’ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar albatta aks etadi. Bu esa, o’z navbatida, umuminsoniy fan bo’lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos bo’ladi. Umuminsoniylik — vatansizlik (kosmopolitizm) bo’lmagani singari, milliylik ham — milliy qobiqqa o’ralish, milliy mahdudlik degani emas.
Alisher Navoiy ozodlikka erishgan millat falsafasini adabiyot falsafasiga, mustaqil davlat tilini adabiyot tiliga aylantira olgan, o’z xalqining bu sohadagi dahosi buyuk ekanligiga, nafaqat zamondoshlari, balki kelajak avlodlarni ham ishontirib keta olgan edi. Navoiy va uning zamoniga, o’sha davrga xos o’zgarishlarning boshida turgan Amir Temur faoliyatiga qayta-qayta murojaat etilishining sabablaridan biri ham ana shunda. Zero, har bir xalq, avvalo, o’zining tarixidan bugungi kun uchun tashbehlar izlaydi va ijtimoiy taraqqiyoti uchun asos bo’ladigan ma’naviy tamoyil, an’ana va qadriyatlarga murojaat qiladi.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy falsafani shakllantirish uchun imkoniyatlar ochildi.
Bugungi o’zbek falsafasining rivojini ta’minlashda quyidagi jihatlar alohida o’rin tutadi:
- xalqimizning o’z milliy an’analariga sodiqligi;
- mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;
- muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;
- mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.


6. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari. Sharq falsafasi
“Qadimgi Sharq” tushunchasi eramizdan avvalgi VI-IV ming yilliklarda Misrdan Xitoygacha bo’lgan ulkan hududdagi sivilizatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Sharq madaniyati dunyo xalqlari taraqqiyotida katta rol o‘ynadi hamda Sharqning o'ziga xos madaniy taraqqiyoti ushbu hududni jahon sivilizatsiyasining beshigi deb atalishiga asos soldi. O‘zbek xalqining milliy, falsafiy, ilmiy merosi Sharq sivilizatsiyasi ildizlari bilan chambarchas bog’liq ekanligi Sharq tafakkur tarixining ilk kurtagi bo’lgan asotiriy qarashlarni atroflicha o'rganishga asos yaratadi. “Qadimgi madaniyat makoni bo’lgan Markaziy Osiyoning qulay geografik joylashishi, tabiati, iqlimi mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning avvalroq boshlanishini ta’minladi va Sharq bilan G‘arb, Mesopatamiya, Eron, Misr keyincha Yunoniston va Rimni Xitoy va Hindiston bilan bog’lovchi, turli xalqlar madaniyatining chatishuvini ta’minlovchi xalqa vazifasini o‘tadi,!l - deydi antik va qadimgi dunyo adabiyoti hamda falsafasi haqida monografiya yozgan olima F.Sulaymonova.

Yüklə 75,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin