Asotiriy yoki mifologik tasavvurlar falsafaning tub ildizlari, ma’naviy manbalaridan biridir. Inson tafakkurining ilk tarixiy bosqichlarida Sharq mifologiyasi dastlabki dunyoqarash shaklining mahsuli sifatida vujudga keldi. Unda insonning uni o‘rab turgan olamga munosabati ifoda etilib, atrof-muhitning sir-asrorlarini bilishga intilish, tabiat qonuniyatlarini anglashda badiiy, obrazli tasavvurlar tizimining naturalistik harakteri namoyon bo’ladi. Misol uchun, insoniyat ta’maddunining beshigi sanalmish Hiudistonda ilk asotiriy tasavvurlar Vedalarda mavjud bo‘Igan. Veda bilim, ta’limot degan ma’noni bildirib, to‘rt qismdan - Rigveda, Samoveda, Yajurveda, Axtarvavedadan iboratdir.
Yaqin Sharqning ilk mifologik qarashlari Ikki daryo oraligi yoki Mesopatamiyada vujudga kelgan Gilgamish haqidagi dostonda ifodalangan.
Bu dostonning qadimiyligi eramizdan avvalgi IV ming yillikka borib taqaladi. Gilgamish ikki qismi xudo, bir qismi odamdan iborat afsonaviy qahramon bo’lib, u Mesopatamiyaning qadimiy hududlarida istiqomat qilgan Shumer va Akkad mamlakatlari qahramoni bo’lgan. Gilgamish haqidagi dostonning turli variantlari mavjud. Bu afsonaviy qarashlarda Gilgamish xudolar yoki tabiat kuchlari bilan kurashuvchi qahramon emas, do'sti Enkidaga sodiq inson, insoniy munosabatlarni qadrlovchi obraz sifatida tasvirlanadi. Bu afsona mifologik dunyoqarashda tabiat kuchlariga berilgan imtiyoz sekin-asta inson omiliga qaratilganidan dalolat berar edi. Yaqin Sharq va Turon zaminni birlashtirib turuvchi mifologik qarashlar
“Avesto”da o‘z ifodasini topgan.
Qadimgi dunyoning ma’lum tarixiy davrigacha falsafiy tafakkurni alohida o‘ziga xos dunyoqarash sifatida shakllanishi kuzatilmagan. Eramizdan avvalgi VII-VI asrlar insoniyat tarixida muhim burilish davri bo’lib, qadimgi Hindiston, Misr, Xitoyda falsafiy tafakkurning kurtaklari vujudga kela boshlaydi. Mifologik davr nihoyasiga etdi, ratsional idrok davri shakllandi, hozirgacha mavjud bo’lgan asosiy tushuncha va tasniflar ishlab chiqildi. Buddaviylik din va falsafani birlashtiruvchi umumiy qarashlarni ilgari surdi. Xitoyda falsafa maktablari rivojlandi. Eronda zardo'shtiylik mifologik -falsafiy ta’limoti davlat dini darajasida qabul qilindi va qonunlashtirildi. Hindistonda Veda ta’limotining yangi falsafiy maktablar yaratish davri boshlandi.