9. Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar. Eramizdan oldingi VI asrdan boshlab Markaziy Osiyoda zardushtiylik diniy falsafiy ta’limoti vujudga kelib, eramizning III asrigacha hukmronlik qildi.
Zardushtiylikning vatani sifatida Markaziy Osiyo va Eron ko‘rsatiladi. Zardushtiylikda eng qadimgi davrlardan boshlab(eramizdan oldmgi Ill-II-chi ming yilliklar) eramizdan oldingi 1-ming yillik o‘rtalarigacha bo’lgan Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining diniy va ma’lum ma’noda falsafiy tasavvurlari aks etgan. Zardushtiylikda xalqni ezgulik va adolat g‘oyalariga da’vat etish, hayotbaxsh an’analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etgan. “Avesto”dagi kosmologik
ta’limotga binoan, Koinot, yer, okean, osmon, nurli doira va jannatdan iborat.
Yer dumaloq bo’lib, atrofi okean bilan o‘ralgan va ob-havo, yil fasllari bilan
bog’liq bo‘Igan 7 qismdan iborat. Osmon to‘rt doiradan tashkil topgan: yulduzlar doirasi, oy doirasi, quyosh doirasi va jannat doirasi yoki nur makoni Yulduzlar, Oy va Quyosh xudo AxuraMazdaningbadani sifatida tasvirlanadi. Zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra tabiat va jamiyat jarayonlari ikki qarama-qarshi kuch — Yaxshilik (Axura Mazda yoki Xurmuzd va Yovuzlik Axriman yoki Angra-Man’yu)ning kurashidan iborat bo‘lib, pirovardida, 3000 yildan so‘ng Yaxshilik g‘olib chiqib haqiqat adolat davri keladi. Shundan omon qolgan odamlar abadiy baxtiyorlikda yashaydilar. Zardushtiylikning asosiy e’tiqodi uchlik qoidasida o‘z aksini topgan: xayrli fikr (gumata), xayrli so ‘z (gukta) va xayrli ish (gvarishta). Zardushtiylik axloqining talabi insondagi ruh va tan pokligidir.
Zardushtiylik tinch va osoyishta, ittifoqlikda yashashni maslahat beradi, yaqinlarga nisbatan xayrixoh bo’lishni, bir-biriga yordam berishni, yomonlik bilan kurashishni, shafqatsizlik, shuhratparastlik, zo‘ravonlik, o‘zboshimchalik, hasad, tuhmatni qoralaydi, g‘azab va shahvatga berilmaslikni targ’ib etadi, berilgan va’daga vafo qilmaslikni, o‘g‘rilikni ta’qiqlaydi, tuzilgan shartnomaga rioya etishni, savdoda rostgo’y bo’lishni, qarzni o‘z vaqtida to’lashni ta’kidlaydi.