Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


Inson va uning mohiyati haqida falsafiy fikrlar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə127/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Inson va uning mohiyati haqida falsafiy fikrlar.
«Aql insonni insoniyligini belgilovchi buyuk ne’matdir» (Qur’oni Karim Baqara surasi 76 oyat).
«Inson –bu siyosiy hayvondir». (Arastu).
«Tabiat inson qo‘liga intelektual va axloqiy kuchni bergan, ammo u bu quroldan teskari tomonga ham foydalanishi mumkin. Shuning uchun axloqiy kafolatlarsiz bulgan inson eng murtad va yovvoyi mavjudotdir». (Arastu).
Ruh eng ezgu olam bo‘lgani uchun inson avvalo o‘zining ruhini kamol toptirishi zarur. (Arastu).
Inson bebaho mahluqlarning eng oxirgisidir. (Jek London).
Odam ikki dunyoning eng aziz va eng sharafli maxluqidir.( A.Navoiy).
Inson farishta va xayvon orasidagi maxluqdir.Hayvon rivojlanmaydi, chunki uning kamolot quvvati yo‘q. Farishta ham rivojlanmaydi, chunki uning o‘zi pok, iloxiy nurdan iborat. Faqat insonda rivojlanish , ruhiy kamolot xislati mavjud.(Imom G‘azzoliy. «Kimyoi saodat»).
Ayrimlar favqulodda chuqur fikr bildirib, inson tabiatiga ko‘ra ezgudir deyishadi. Biroq, ular undan chuqurroq maemunga ega bo‘lgan inson o‘z tabiatiga ko‘ra yovuzdir, degan fikrni unutadilar. (Hegel).
Inson mohiyati aqlda, aqlning mohiyati esa xatti-xarakatda bilinadi. (Forobiy).
Inson o‘zini-o‘zi muvofiqlashtirib turadigan, himoya qiladigan, o‘zini-o‘zi tiklaydigan, o‘zini-o‘zi yo‘lga soladigan va xatto shakllantiradigan eng oliy darajadagi tizimdir. (I.P.Pavlov.)
Ko‘p narsani bilish kishining aqlli bo‘lishi uchun yetarli emas, bu aqlli bo‘lish yo‘lidagi faqat bir pog‘onadir. (Geraklit).
«Ko‘p narsani bilgan kishi geniy emas, balki bu uning nisbiy ta’rifidir. Geniy — bu o‘ziga qadar bor bo‘lgan bilimga ko‘p narsa qo‘sha oluvchi kishidir» (A.Eynshteyn). (B.G.Kuznesov, Eynshteyn jizn, smert, bessmertie.- M. 1979 s. 14).
Shaxs - birinchi navbatda o‘z xayotini tashkil eta olgan, o‘zligini anglagan, ma’lum hayotiy maqsadlarni belgilay oluvchi va shu maqsadlar yo‘lida e’tiqod bilan faoliyatini amalga oshiruvchi irodaga ega inson.
Ulug‘ shaxslar - o‘z faoliyatlari bilan odamlar hayoti va ijtimoiy muhitga ta’sir o‘tkazishga qodir ezgu g‘oyalar namoyondasi, o‘z zamonasi talab va ehtiyojlaridan o‘zib ketgan, ayni paytda jamiyat tomonidan idrok etilmagan insonlar.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin