Buyuk shaxslar - millatlar, halqlar hayoti, taqdir qismati,orzu umidlarini ro‘yobga chiqarishga , ijtimoiy hayot qiyofasini tubdan o‘zgartirishga, davr talablarini oldindan ilg‘ay olgan va kelajak maqsadlar mushtarakligini bog‘lay olgan, shu maqsadlari yo‘lida halqni safarbar qilishga qodir insonlar toifasi kiradi.
Hegel o‘zining «Tarix falsafasi» asarida odamlarning tarihiy faoliyati va tarixda xukmron ehtiyojlar o‘rtasidagi organik bog‘liqlik mavjud. Ular tarix bag‘rida yashirin maqsadlarni anglay oladi va tarixiy jarayonlar istiqbolini yahshi tushunadilar deydi. (To‘lqin Alimardonov. O‘chmas Sharaf. Sharof Rashidov hayoti va faoliyati tarix ko‘zgusida. Monografiya. «Dono» nashriyoti. T. 2017 y.255-256 betlar.)
Tayanch tushunchalar Jamiyat – ijtimoiy borliq bo‘lib, kishilar odamlar uyushmasi birligining maxsus shakli, ular o‘rtasida amal qiladigan ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidir..Jamiyat o‘zida moddiylik va ma’naviylikni. Obyektivlik va subyektivlikni, tabiiylik va ijtimoiylikni mujassamlashtiradi.
Jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi nazariyalar. Nemis faylasufi Hegel jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruxning rivojlanishi bilan, L.Feyerbax esa din bilan bog‘liq ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotida izlagan. Fransuz mutafakkiri O.Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan.
Jamiyat taraqqiyoti ko‘p bosqichli jarayon ekani to‘g‘risida AQSh faylasufi O.Tofflertomonidan ilgari surilgan g‘oyaga ko‘ra jamiyatlar o‘z taraqqiyoti darajasiga qarab «Agrar jamiyat», «Industrial jamiyat», «Postindustrial jamiyat»larga ajratilgan.
Fuqarolik jamiyati - kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va xuquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichidir.
«Sivilizatsiya» lotincha «sivilius» so‘zidan olingan bo‘lib, aynan «fuqarolikka oid» degan ma’noni anglatadi.
Sivilizatsiya rivojlanishning muayyan bir bosqichida turgan xalq va mamlakatning ijtimoiy -iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotidagi sifatiy o‘ziga xosligidir.