Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə205/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Marosimlar:

  1. Momo Havoga (Eva) va Bibi Maryamga sig’inish marosimi ayollar orasida keng tarqalgan bo’lib, bu marosimda “ayollar Momo Havo sizlarga doimo homiylik qiladi”, degan g’oya mujassam bo’lgan.

  2. “Avliyolarga” sajda qilish, tabarruk narsalarga va mumiyolangan avliyolar jasadiga sig’inish marosimi ham mavjud, Masalan, G’arbiy Evropa cherkovlari va monastirlarida dindor ko’rib sig’insin degan maqsadda go’yoki Isoning sochi, tirnoqlari, kiyimlari, qizil plashi, Momo Havoning suti, Iso mixlangan xoch qo’yilgan. Ularda yana avliyolar: Matfey, Luka, Pyotr, Yulianlarning jasadi namoyish qilinadi, dindorlar ularni taof qiladilar.

  3. Turli vaqtlarda butlarni yangilash, “yig’lovchi” butlar, o’zi yonadigan shamlar, mo’’jizali davolash kabi mo’’jizalar ko’rsatish ham keng tarqalgan.

  4. Xristianlikdagi asosiy marosimlar: tavba qilish, prichashchenie, nikoh, cho’qintirish ham katoliklar tomonidan marosim va bayramlar deb amal qilinadi.

  5. Katolik cherkovlarida diniy xizmat paytida, avlodlar xotirasiga sham yoqish odati ham keng tarqalgan.

Rim papasi katolitsizmi boshqa xristianlik yo’nalishlaridan qat’iy markazlashtirilganligi bilan ajralib turadi. Katolik cherkovi tepasida Rim papasi turadi. Papa-lotincha ota degani bo’lib, papa barcha katoliklarning “ruhoniy otasi” hisoblanadi. Papa o’z siymosi, e’tiqodi bilan, ahloq-odobi, bilimdonligi, xudojo’yligi bilan barcha katoliklarga namuna hisoblanadi. U gunohdan xolis erdagi xudoning vakili, bosh ruhoniy deb tushuniladi.
Papa kardinallar, ya’ni oliy darajadagi ruhoniy-larning vakillari kollegiyasi tomonidan umrbod muddatga saylanadi. Papalik mansabiga nomzod bo’lgan ruhoniy ovozlarning kamida 2\3 qismini va yana oshiqcha bir ovoz olishi kerak. Saylovdan o’tgan kishi o’zining ilgarigi ismidan voz kechadi va o’ziga yangi ism oladi.
Vatikan Rim shahrida 44 gektar maydonga joylashgan papalik davlati bo’lib, uning davlatga xos o’z bayrog’i, gerbi, chegarasi, politsiyasi, oliy organlari mavjud.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin