Katolitsizmning aqidalari: Katoliklar ilohiyotida (aqidalar) ilohiy troitsaga: ota xudo, o’g’il xudo va muqaddas ruhga e’tiqod qiladilar. Katoliklar “muqaddas ruh”, “ota va o’g’il” xudodan kelib chiqqan, deb hisoblaydilar.
Katoliklar muqaddas kitobni, ya’ni Tavrotni va muqaddas rivoyat yoki an’analarni diniy ta’limot manbai, deb hisoblaydilar. Katolik cherkovi faqat lotin tilida yozilgan Tavrotni e’tirof qiladi. Tavrotni faqat ruhoniylargina izohlashi va sharhlashi mumkin. Katolik an’analarni papalar yoki sobor yig’inlarida “avliyo ota”lar chiqargan yangiliklar bilan to’ldirib turishni tan oladilar. Bu bilan katolitsizm zamonaga moslashtirib berilgan.
Xristianlikning boshqa yo’nalishlaridan farq qilib, katolitsizmda Rim papasi xudoning rasuli ekanligi to’g’risidagi maxsus aqidaga amal qilinadi. Katolitsizm papani cherkovning boshlig’i deb hisoblaydi, uni “Iso-ning noibi (vorisi)” va “Apostol pyotrning o’rinbo-sari” deb ataydilar.
Katolitsizmda a’rof to’grisidagi aqida bo’lib, unga ko’ra a’rofda (jannat bilan do’zah oralig’ida) gunohkorlarning ruhlari tiriklik vaqtlarida yuvilmay qolgan gunohlaridan tozalanib, jannatga kirish imkoniyatiga ega bo’ladilar, deb tushuntiriladi.
XIII asrda katolik ilohiyotchilari tomonidan “savob ishlar” zahirasi to’g’risidagi aqida ishlab chiqildi. Unga asosan gunoh qilgan kishilar cherkovdan, haq to’lab, kechirim so’rab, gunohining kechirilgani to’g’risi-dagi guvohnoma-idulgentsiya olishi mumkin. Cherkov idulgentsiya narxini belgilab chiqdi.
Isoning onasi Bibi Maryamga “ruhoniy ona” deb sig’inish ham kuchli e’tiqod ramzi hisoblanadi.
Katoliklarning diniy marosimlari Katoliklarning marosimlari juda tantanali o’tishi bilan ajralib turadi. Marosimlarning ko’pi cherkov va monastirlarda o’tadi, ularda musiqa asboblaridan organ chali-nadi, yakka ashulalar va xor munojotlar aytiladi. Bu dindorlar hissiyotiga ta’sir etib, ularda diniy zavq uyg’ota-di.