13-mаvzu. Islom dini tarixi va falsafasi
Reja:
Islom dini paydo bo‘lishidagi ijtimoiy sharoit.
Islom dinining vujudga kelishi va jahon diniga aylanishi.
Makka va Madinada islom uchun kurash.
Markaziy Osiyoga islom dinini kirib kelishi.
Tayanch so‘z va iboralar: Islom, Fil voqeasi, Makka, Ka’ba, Qur’on, payg’ambar, Baqara, ta’limott, mazhab, halifa, shariat, ijmo, qiyos, oqim, Sunna, Shi’a.
Islom dini bugungi kunda dunyoda e’tiqod qilinishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan din hisoblanib unga 1,8 mlrd kishi e’tiqod qiladi, 125 mamlakatda tarqalgan, 28 ta islom davlati mavjud. Islomning asosiy qismini ya’ni 85- 90 foizini Sunniylar qolgan 10 foizini esa shi’alar va ibodiylar tashkil qiladi.
Islom (islom dini) Arabiston yarim orolining janubiy-g’arbiy tomonidagi viloyatlarda, xususan Hijoz vohasida joylashgan Makka va Madina shaharlarida yashaydigan arab qabilalari (qurayshlar) orasida VII asrning birinchi yarmida vujudga kelgan yangi jahon dinidir.
Islom paydo bo’lishi arafasida Arabistonning g’arbida O’rta er dengizining Sharqiy qirg’oqlarida, shimoliy Afrikada (xususan Misrda) yakka xudolikka asoslangan iudaizm (yaxudolik) dini, shimol tomondagi Vizantiya (Hozirgi Turkiya) davlatida esa nasroniy dini (xristian) mavjud bo’lib, bu dinlar arablar orasida ham tarqalmoqda edi. Bu to’g’rida Qur’onda ham ma’lumotlar berilgan. (Baqara surasi). O’sha davrdagi tarixiy vaziyatda arab qabilalari va shahar davlatlari aholisi oldida quyidagi tarixiy vazifalar mavjud edi:
birinchidan, arablar hayotida urug’chilik, qabilachilik tartiblari emirila boshlab, qulchilik bilan feodal tartiblari shakllanayotgan edi. Natijada arablar ijtimoiy turmushida tabaqalanish, sinfiy tengsizlik ro’y berib, bir tomondan boy badavlat xonadonlar, ikkinchi tomondan qashshoq xonadonlar mavjud bo’lib, hayotda yuqori tabaqa oilalarida dabdabali to’y-ma’rakalar, aysh-ishratbozlik, isrofgarchilik, maishiy aynish avj oladi.
“Islom - ixlos, tinchlik, omonlik, sulh, turli ofatlardan salomat bo’lish, itoat , bo’sunish kabi ma’nolarni anglatadi”.40
Arablarda ularni tartibga solib turadigan markazlashgan kuchli davlat ham yo’q edi. Ana shunday kuchli davlat tuzish tarixiy zaruriyatga aylangan. Bu davlat ijtimoiy tarqoqlikka barham berib, arablarni birlashtirishi zarur edi.
Dostları ilə paylaş: |