Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


Shariatni yaratish jarayonida fiqh kategoriyalari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə216/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Shariatni yaratish jarayonida fiqh kategoriyalari:

  1. “Farz” deb nomlanadi va bunga bevosita Qur’onda ko’rsatilgan har qanday holda ham bajarilishi majbur bo’lgan harakatlar kiradi. Farz deb belgilangan talablarni bajara olmaslik qattiq gunoh hisoblanadi. Masalan, har bir musulmon kalimai shahodat keltirishi, namoz o’qishi, ro’za tutishi, zakot to’lashi, haj qilishi farz majburiyatlaridandir.

  2. “Mandub” (tavsiya qilingan, lozim deb tayinlangan) oddiy tilda “Sunnat”. Bunga bajarish tavsiya etiladi-gan harakatlar kiradi, bajarish savob, lekin bajaril-maganda gunoh hisoblanadi. Masalan, qurbonlik marosi-mi o’tkazish, sadaqa ulashish, aziz joylarga borish.

  3. “Muboh” deb atalib, bunga har bir shaxs ixtiyori bilan bajarsa ham bo’laveradigan hatti-harakatlar kiradi, ular savob ham, gunoh ham hisoblanmaydi. Masalan, o’lganlar ruhiga chiroq (sham) yoqish. Bibi seshanba, mushkulkushot o’tkazish.

  4. “Makruh” deb ataladigan kategoriyaga nolozim hisoblanadigan hatti-harakatlar kiradi. Makruh ishni qilish nolozim hisoblanadi, lekin gunoh hisoblan-maydi. Masalan, xotinni taloq qilish, emizadigan bolasi bor ayollarni ro’za tutmasligi kabi.

  5. “Harom” yoki “Mahzur” deb ataladigan kategoriya-ga shariatda qat’iy ravishda ta’qiqlangan hatti-harakatlar kiradi. Masalan, Islomdan chiqib boshqa dinni qabul qilish, birovning haqqini o’zlashtirib yuborish, zino qilish, zakot to’lamas-lik kabilar. Harom ishlarga yo’l qo’ygan shaxs gunohkor hisoblanib, unga jazo qo’llanishi mumkin.

Feodalizm davrida yangi kategoriya ishlab chiqilib “Vojib” deb atalgan. “Vojib” xalifalar, podsholar, amirlar, sultonlar va boshqa hukmdorlarning farmon va bo’yruqlarini bajarish majburligini va zarurligini anglatgan. “Vojib” Alloh bo’yruqlaridan keyin, ya’ni Muham-mad ko’rsatmalaridan avvalgi o’ringa qo’yilgan. Vojibni “Amri vojib” deb ham aytiladi. Shohning aytgani Ollohning aytgani, degan ma’noda ishlatilgan. Shariat islom rasmiy din hisoblanadigan davlatlarda hozir ham o’z kuchiga ega. Masalan, Eron Islom respublikasida 1979 yildan boshlab shariat rasmiy kuchga ega. Lekin islom davlatdan ajratilgan mustaqil O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (31,61 moddalar) shariat qonunlari rasmiy kuchga ega emas, ammo shariatning ahloqiy talablari, ayrim holatlarda ijtimoiy-mulkiy, oila-nikoh talablari hamon an’anaviy kuchga egadir.
Ro’za tutish - Qur’onning vahiy qilinishi boshlangan Ramazon oyida 30 kun davomida bajariladi. Ro’za tutish erta saharlik boshlanib to kechki iftor-likkacha davom etib, shu vaqt mobaynida ovqat etmaslik, suv ichmaslik, nos, papiros, nasha kabilarni chekmaslik, cho’mil-maslik shart. Ro’za oyida iftorlik ziyofatlari xonadonlarda o’tkaziladi, unda faqat ro’za tutganlar qatnashmog’i kerak.
Ro’za kunlari jamoat bo’lib qo’shimcha tavoruh namozi ham o’qiladi. 30 kun ro’za tutish tugagach, ro’za hayiti o’tkaziladi. Bu hayit umumxalq bayrami bo’lib, unda arafalik qilinadi, hayit namozi o’qiladi, vafot etgan avlodlar qabrlari ziyorat qilinadi, «yangi hayit» marosimi o’tkaziladi va h.k. Ro’za Allohga iymon-e’tiqod kuchaygan, Qur’on tilovatlari ko’pay-gan tabarruk kunlar hisoblanadi.
Mustaqil O’zbekistonda ro’za hayiti kuni bayram sifatida nishonlanib, dam olish joriy etildi. Prezidentimiz bu kuni dindorlarni muborak ro’za hayiti bilan qizg’in tabriklaydi.
Ro’za o’g’il bolalarga 12 yoshdan, qizlar uchun esa 9 yoshidan tutish buyurilgan. Ro’za jismoniy tarbiya va sog’lomlashtirishga yordam berishi mumkin;

  1. Zakot - islom farzlaridan biri. U diniy ahamiyatga ega bo’libgina qolmay, balki muhim ijtimoiy ahamiyatga ham egadir.

Zakot - bu musulmonlarning boyliklardan faqiru miskinlarga berilishi shart bo’lgan Allohning haqqi. Islom ta’limotiga binoan sadaqa, ya’ni xayru-ehson ikki xil bo’ladi: ixtiyoriy va majburiy. Zakot berilishi shart bo’lgan majburiy sadaqa hisoblanadi. Zakot sadaqagina bo’lib qolmasdan, balki u ibodatdir. Har bir musulmon ibodat qilmasligi mumkin bo’lmaganidek molu dunyosi ma’lum miqdorga etgach Islom ahlining zakot bermaslikka hech bir haqqi yo’q. Zakotni inkor qilgan shaxs islom dinidan chiqqan bo’ladi, ammo uni farz ekanini e’tirof etsayu, lekin amalda bajarmagan bo’lsa gunohkor bo’ladi.
Zakotni balog’at yoshiga etgan (18 yoshga to’lgan), hur va ozod kishilar, aqli hushi joyida, mol-dunyosi, ya’ni jamg’armasi nisob miqdoriga etgan va u shaxsiy mulk bo’lsa, 12 oy ichida biron marta ham kamayib qolmasa, egasining kundalik ehtiyojlaridan ortiq bo’lsa, ana shunday shaxs zakot to’laydi. Nisob - zakot berilishi shart bo’lgan mollarning o’lchov miqdori bo’lib, u mollarning turiga qarab turlicha bo’ladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin