Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə219/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Ashariylar maktabining asoschisi - taniqli musulmon mutafakkiri va faylasufi Abul-Hasan al-Ashariy (873 yoki 874–935). Ashariylar g'oyalari asosan shofiylar va malikiylar orasida tarqalgan. X-asrdan keyin asharizm kalamaning asosiy maktabiga aylandi. Asharizm mutatsitlarning "mutlaq ongi" ta'sirini yumshatishga qaratilgan ilohiy xususiyatlarni tushunishda mutazilitlar va asaritlarning pozitsiyasi, iroda erkinligi tarafdorlari (kadaritlar) va predestastiya tarafdorlari (jabaritlar), nominalizm va realizm o'rtasidagi teologik masalalarning echimini namoyish etdi. Ashariylar taklidlarni rad etishdi (diniy hukmlarni ko'r-ko'rona kuzatib, ularning hukmlari haqiqatligiga shubha qilmaydilar) va hodisalar o'rtasida tabiiy sabablar munosabatlari mavjudligini inkor etishdi. Asharizm, umuman Kalom singari, ratsionalizm, antiterrorizm va falsafiy masalalarga urg'u bilan ajralib turadi. Al-Shahrastani va ar-Roziy faoliyatidan boshlab, islom va sharqiy peripatetizm o'rtasida yaqinlashuv bo'lib, natijada ularning birlashishi tugadi.
Maturidiylar Abu Mansur al-Maturidiy (994 yilda vafot etgan) bo'lib, u mutazilitlar va jahmitlar bilan tortishuvlarda "asosli dalillar" va qo'rqinchli dalillarni ishlatgan. Maturidizm nihoyat XIII asrda shakllandi va Usmonli hukmronligi davrida musulmon dunyosida eng katta tarqalish va ta'sirga ega bo'ldi. Maturidizm ko'pgina hanafitlar tomonidan e'tiqodning doktrinal asosi sifatida qabul qilingan. Al-Maturidiyning falsafasi va uning qarashlari umuman uning zamondoshi bo'lgan Abul-Xasan al-Ashariyning (asharitlarning eponimi) e'tiqodlariga yaqin. Ikkala faylasuf mutatsitlarning irsiy qarashlariga javoban o'z ta'limotlarini ishlab chiqdilar. Ushbu maktablar o'rtasidagi farq "Xudoning mavjudligi" masalalarida yotadi, unda al-Maturidiy vahiydan tashqari ongga tayanishga ruhsat bergan, ammo shu bilan birga u Xudoning amrlarini ong bilan tushunib bo'lmasligini tan olgan.
Asariylar Sunniy aqida maktabi (akida), Qur'on va Sunnatni sharhlashda qat'iy an'anaviylik va matnshunoslikka sodiqligi bilan ajralib turadi. Asarius tarafdorlari Qur'onning allegorik talqinini inkor etadilar, ilohiy sifatlar haqida noaniq oyatlarning ma'nolarini qoldiradilar va ular haqida o'ylamaydilar va ularga asl ma'noni bermaydilar. Ism asar so'zidan olingan bo'lib, "iz", "iz", "an'ana", "kotirovka" degan ma'noni anglatadi. Asariylarga ishonishning asosiy manbalari Qur'on va Muhammad payg'ambarning sunnatidir. Noma'lum xabarlarning ma'nosini tushuntirishda ular faqatgina Xudo ularning to'g'ri tushunchasiga ega ekanligiga ishonishadi va odamlar "qanday qilib so'ramasdan" (b-la buzz) xabarlarni qabul qilishlari kerak va ular uchun mantiqiy tushuntirish berishga harakat qilmaydilar. Ushbu maktabning taniqli vakili Ahmad ibn Xanbaldir.
“Hadis”, “Sunnat” so’zlari bir ma’noda qo’llanib, ular payg’ambarimizning aytgan so’zlari, fe’l-atvorlari va axloqlarini, ya’ni hayot yo’llarini anglatadi. Hadis ilmi bilan shug’illanuvchi kishilar muhaddislar deyiladi. Muhammad payg’ambar ta’limotida va faoliyatida ilmga, ilm o’rgatishga juda katta e’tibor beriladi. Qur’oni Karimda ham hadislarda ham o’zining yorqin ifodasini topgan. Hadislarda ilm poklik, halollik, kishilarni yaxshilik sari boshlovchi, qorong’ulikda yo’l ko’rsatuvchi mash’al tariqasida talqin qilinadi. Ilm – bu hikmat, poklik ramzi, ilmsizlik johillik, u bilan shug’illanmaslik nopoklik deyiladi. Ilm, avvalo e’tiqoddir. Imon bilan ilm egzak. Har qanday ilmli odam o’z bilimiga amal qilishi, undan kelib chiqib, kishilarga to’g’ri yo’l ko’rsatishi maslahat beriladi.
Hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblangan xijriy uchinchi (melodiy to’qqizinchi) asr katta bosqich bo’ladi. Butun musulmon olamida eng nufuzli manbalar deb tan olingan 6 ta ishonchli hadislar to’plami (As-saxiy as-Sitta) mualliflari ham yashab ijod qilganlar. 6 mahaddisning deyarli hammasi Markaziy Osiyo xalqlari vakillari bo’lib, ular:

  1. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Al-Burxoniy 194 (810)-256 (870)

  2. Immom muslim ibn Al-Xajjoj 206 (819)-261 (874)

  3. Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy 209 (824)-279 (892)

  4. Imom Abu Dovud Sulaymon Sijitoniy 202 (817)-275 (888)

  5. Imom Ahmad an-Nasoniy 215 (880)-303 (915)

  6. Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazida ibn Mojja 209 (824)- 273 (886) kabi muborak siymolardir

Ushbu muhaddislarning har biri hadis ilmining rivojiga salmoqli hissa qo’shgan benazir olimlardan hisoblanib, ularning» tabarruk nomlari abadul-abad yashaydi. Shu bilan birga hadis ilmida Amir ul-Mo’miniy, Imom al-Dunya, imom Al-Muhaddisiy, (Barcha muxaddislarning nomi) degan sharafli nomlarga sazovor bo’lgan Imom Al-Buxoriy hazratlari alohida e’tiborga molik zotdir. 1998 yil 24 oktyabrda Hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi nishonlandi. Samarqandning Chelak tumani Xarsang qishlog’ida Imom al-Buxoriy maqbarasi va masjidini tamirlandi hamda bu erda qadimiy milliy me’morchilik an’analari bilan uyg’unlashgan zamonaviy inshoatlardan iborat muhtasham yodgorlik qurildi.
Umuman Imom al-Buxoriy 40 ga yaqin kitob yozgan. Hozir manbalarda 23 tasi aniqlangan. Shulardan 2 tasi Sahih Buxoriy (4-kitob) va Al-adab-almufrad kitoblar nashr etildi. Imom al-Buxoriy ilmi-amaliyot jihatidan shohona, moddiy-ma’naviy jihatdan esa faqirona hayot kechirganlar. 1997 yilda «Imom al-Buxoriy» xalqaro xayriya jamg’armasi tashkil etildi. Imom al-Buxoriy tavallud kunlari 1998 yil sentyabrda Samarqandda nisholandi: «Imom al-Buxoriy va uning dunyo madaniyatida tutgan o’rni» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi.
Tasavvuf (sufiylik) – sof degani islomdagi diniy-falsafiy oqim. Tasavvuf ta’limoti VIII asrlarda islomda paydo bo’lgan. Unda xalqning aqli, tavakkuri, ma’naviy hayoti, hikmatlari o’z ifodasini topgan. Tasavvuf - Olloh va payg’ambarlarni yaxshi ko’rish, bor vujudini ularga bag’ishlashdir. Umuman tasavvuf bid’at, g’aflat, dunyoparastlik va xalqdagi parokandaliklarga qarshi bo’lgan buyuk kishilarning maslagi asosida tuzilgandir. Tasavvufda insonparvarlik, odamiylik, insof, sahovat, muhabbat, haqidagi g’oyalar mujassamlangan. Demak, tasavvuf ahli pok va go’zal bo’lishga, haq va haqiqatni bilishga intilgan.
Sufiylik musulmon Sharq xalqlarining ko’p asrli ma’naviy hayotining g’oyaviy asosini belgilab bergan ta’limot bo’lib maydonga chiqdi. U ilohiy poklik va insoniy go’zallikni idrok etish yo’li, haq va haqiqatni himoya etish vositasi bo’lib xizmat qildi. So’fiylikning o’zi 3 oqimga bo’linadi:
Mansur Xalloj Faxriddin Attor, Jalollidin Rumiylar mansub bo’lgan oqim. Ularning ta’limoticha xudo har jihatdan kamoldir, eng oliy go’zallik, shodlik, baxt uning vaslidadir. Foniy bo’lishdadir. So’fiylar inson ma’naviy kamollika erishish yo’lida 4 bosqichni o’tish kerak, deb hisoblaydi:
Birinchi bosqich – Shariat: diniy marosimlar va shariat aqidalarini, tavoqlarni aynan, izchil bajarish. Chunki shariat qonun bo’lib, bu qonun vujudni va qalbni tarbiyalaydi.
Ikkinchi bosqich - Tariqat: nafsni tiyish, xushnudlik, xilvat, ma’naviy muhabbatni chuqirlashtirib, xudo haqida o’ylash, ya’ni tariqat – fano, o’zdan kechish, ko’ngilni poklab, ruhni nurlantiruvchi faoliyat shakli.
Uchinchi bosqich – Ma’rifat: hamma narsaning, butun borliqning asosi xudo ekanligini, o’zining mohiyati bilan birligini bilaish va anglash. Bunda odam uchun barcha kibru havo, manmanlik, shon-shuhrat, bemani bo’lib ko’rinadi. Shunda u orif, ya’ni bilimli xudoni tanigan bo’ladi.
To’rtinchi bosqich - Haqiqat: bunda sufiy xudoning dargohiga erishadi, vasliga vosil bo’ladi, u bilan birlashadi, vahdat tashkil etadi, shu bilan inson foniy, ya’ni anal-haq bo’la oladi.
2) So’fiylikning 2-oqimiga mansub bo’lgan sufiylar 1-oqim qarashlarini qabul qilgan, ammo islom dini tartib-qoidalariga moslashtirilgan. Bu oqimning eng mashhur nazariyotchisi Zayniddin binni Muhammad Imom G’azzoliy (1058-1111), Ahmad Yassaviylardir. G’azzoliy inson kamoliga etishi, xudo vasliga etishi uchun ma’lum shartlarni bajarib o’tishi kerak, deydi. Bular Qur’on va Hadisdagi qoidalardir.
3) sufiylikning 3-oqimi naqshbandiya ta’limoti bilan bog’liqdir. Bu oqim XIII asr oxirlarida shakllandi. XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyo keng rivojlandi. Bu o’lkada yassaviylik bilan bog’liqdir.
O’rta Osiyoda tasavvuf ta’limotining paydo bo’lishi yirik mutafakkir va donishmand Shayx ul- shuyk (shayxlar shayxi) Hazrati Yusuf Hamadoniy nomi bilan bog’liq.
1. Yusuf Hamadoniy (1048-1140) Hamadon (Eron) yaqinida Guznjird qishlog’ida tug’ilgan. U g’aribona hayot kechirib, umri bo’yi dehqonchilik va kosibchilik bilan tirikchilik o’tkazgan bo’lishiga qaramay Turkiston va Xuroson xalqining ma’naviy-madaniy hayotida katta rol o’ynagan. U hayotda xushf’l va e’tiborli inson bo’lgan. U Alloh vasliga etmoq uchun sa’y-harakat qiladi, o’z kamolini oshiradi, boshqalarni ham shu yo’lga da’vat qiladi va bu sohada ko’p shogirdlar etishtirdi. Uning ta’limotiga ko’ra o’zining fikr-zikrini Alloh taologa bag’ishlab bu yo’lda poklik, to’g’rilik halollik o’z qo’l kuchi, halol mehnati bilan kun kechirgan. Taniqli olim Orif Usmonning ta’kidlashicha, Hamadoniyning 700 dan ortiq shogirdlari vali darajasiga etishgan.
2. Zamaxshariy (1076(467)- 1144 (538) – Buyuk alloma Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad Zamaxshariy Toshvuz viloyati Taxta tumanida tug’ilgan. Zamaxshariy Al-Foiq fi g’aribil-hadis lug’ati muqaddimasida Qur’oni Karimdan so’ng hadislar musulmon jamiyatida muhim o’rin egallashi bilan birga, arab tilining chiroyli, mosligi haqida gapiradi. Uning Asosul-balog’a lug’atida so’zlarning ko’p ma’noli xususiyati qida gapiradi.
3. G’ijduvoniy- Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy (1108-1179)-Naqshbandiya tariqatining poydevoriga asos solgan mashoyih hisoblanadi. Shayx ul shuyk (Shayhlar shayhi) darajasigacha ko’tarilgan. Tasavvuf ta’limotida - Naqshbandiya tariqatining asosiy qoidalarini ishlab chiqqan. U Markaziy Osiyo o’lkasida tasavvuf ilmining, turk-islom olamidagi ma’naviyat va irfon an’analarining keyingi takomilida juda katta rol o’ynagan.
4. At-Termiziy – Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-894) Islom dunyosida nom qozongan buyuk muhaddis olim. Hadislarda insonning kamolga etishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar aks ettirilgan bo’lib, bular mehr-oqibat ko’rsatish, sahiylik, ochiq ochiq ko’ngillik, ota-ona va kattalarga, qarindoshlarga g’amxo’rlik, hurmat faqir-bechoralarga muruvvat, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug’lash, halollik, poklik, o’zaro do’st, tinch-totuv bo’lish va boshqalardan iborat.
5. Ahmad Yassaviy – (1041-1166-67)- (sayramda tug’ilgan) – Yassaviyning hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy, ildizlari Qur’on va Muhammad payg’ambar hadislariga borib bog’lanadi. Uning hikmatlarida nasihat asosiy o’rin tutadi. Ularning barchasida sufiylik – tasavvufidagi haqiqatni bilish, xalqni sevish uchun nafsu dunyodan chekinishdir. Insondagi har qanday illat, qabohat uning ongida qurib bitishi kerak. Ana shunda, insonda ba’zi nuqsonlar qayta tiklanmaydi, deydi. Zero – tasavvuf – nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs - ochko’zlik, o’g’rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma’naviy qashshoqlik, yovuzlik, nodonlik, razolat hukm surgan joyda ma’rifat bo’lmagan o’lkada mamlakat inqirozga yuz tutadi, deydi. Madinada Muhammad, Turkistonda Ahmad degan ovoza yurgan.
6. Najmiddin Kubro (1145-1221)- Xorazmda tug’ilgan. U Kubraviya tariqatiga asos soladi, so’fiylikka oid bir qancha asarlar va tasavvufiy mazmundagi ruboiylar yozadi. U Sharqda Shayxi valitarosh - avliyolar tarbiyalab etishtiruvchi mo’’tabar shayx va mudaris sifatida shuhrat qazondi. Najmiddin Kubro asarlari 8 ta bo’lib, shundan Qur’on sharhiga bag’ishlangan tafsif – Ayn al-adab va shogirdlari uchun o’git-nasihatlardan iborat Fi al-adab (Odob qoidalari) risolalari hamda 25 ruboiysi bizgacha etib kelgan. Allomaning ruboiylaridagi asosiy g’oya komil insonni tarbiyalash, odamni halokatga boshlovchi nafs, xusumat, gumon, ta’na, nifoq riyo, fosiqlik kabi yomon fe’l-atvordan xalos bo’lib, faqat yaxshi ishlar qilishga ruhiy poklikka chorlashdan iboratdir...
7. Bohovuddin Naqishband – Xoji Bohovuddin Naqishband (818- 1318 mel)-891 (1389) – buxoro atrofida tug’ilgan. Uning ta’limoti 2 qatlamdan iborat. 1-qatlam – uni tashqi qatlam desa bo’ladi – ta’limotning tariqatidagi boshqa ta’limotlar birlashtirgan xususiyatlardir. 2-qatlam (ichki0 - har bir tariqatning o’ziga xos xususiyatlaridan iborat. Tariqat yo’liga kirgan har bir kishi faoliyatining birinchisi – tavbadir. Tavba ko’pincha buyuk shaxsning o’zining hayotidagi muqaddas vazifasi va oliy o’rni haqida Allohdan, g’ayri oddiy bir voqea vositasi bilan darak topish jarayonidir.
8. Xo’ja Ahror valiy – Xoja Ahror Siyrati (807 hij. 91404) – (1490) Bo’stonliq. U odob va kamtarlikni, ustozga nisbatan izzat - hurmatni o’rniga qo’ygan. Uning asarlarida Qur’on va Hadis tafsirlari va she’riy parchalari keltiriladi. (Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida tug’ilgan). Naqishbandiylik taraqatining davomchisi. U yirik ruhoniylar o’rtasida valiy deb nom olgan. Naqishbandiylik Xo’ja Ahror davrida ommani tarkadunyochilikka undadi, qalandarlikni targ’ib etdi...
9. Abdurahmon Jomiy (1414-1492)- XV asrda yashagan. Xirot yaqinidagi Jom shahrida tug’ilgan. Jomiy 3 ta lirik devoni, 7 dostondan iborat Hafta avrang (Etti taxt), ta’lim-tarbiyaga oid Bahoriston asarlari bilan jahon madaniyatiga taraqqiyotiga munosib xissa qo’shgan. Uning ta’limiy-axloqiy qarashlari Sa’diyning Guliston asari uslubida yozilgan. «Bahoriston» asari va Xafta avrangga kirgan Tuhfat ul-ahror hamda Silsilatus-zahab (Oltin tizmalar) va boshqa dostonlarida ifodalangan. Bu dostonlarda haqiqiy kamolotga erishgan inson haqidagi qarashlarini bayon etadi. U ilm haqida ko’proq yozib qoldirgan.
10. Alisher Navoiy (1441-1711) – Navoiy asarlarida (Xamsa dostonlari) komil insonni tarbiyalash uslub va usullari, vositalari ham ifodalangan. Komil inson, aqilliy, axloqiy, ilm-ma’rifatga intilgan ijodkor, qobilyatli, bilimdon, oqil va donno kishi, sofdil, insonparvar, sahovatli, sabr-qanoatga ega bo’lgan, adolatli, muruvvatli, kamtar, sog’lom va jismonan baquvvat, mard va jasur insonni kuylaydi. U insonni tarbiyalash kerak deydi.
11. Bobarahim Mashrab (1657-1711) - o’zbek shoiri va mutafakkiri. Andijonda tug’ilgan. Uning Devonai Mashrab kitobi bizga etib kelgan. U o’z she’rlarida Makkani ziyorat etish ro’za tutish, u dunyodagi jannat va do’zax haqidagi afsonalarga ishonishini ba’zida inkor qiladi. U ba’zan o’z mistik g’oyalarini jazava bilan bayon etgan. Ruhoniyalar fatvosi bilan Mashrab dorga osib o’ldirilgan. U o’sha davr ijtimoiy ziddiyatlarini tasavvuf pardasi ostida aks ettiradi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin