Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


Munosabatdosh kategoriyalarga kelsak



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə57/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

2. Munosabatdosh kategoriyalarga kelsak, ular biri ikkinchisi bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lib, bilish jarayonida biri ikkinchisini nazarda tutadi; ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. Bunday kategoriyalar qatoriga quyidagilar kiradi:
1. Yakkalik, umumiylik va xususiylik kategoriyasi. Yakkalik - alohida narsa va hodisagagina xos bulib, bu narsa va hodisani boshka narsa va hodisadan farq qiluvchi, takrorlanmaydigan, individual belgi va xususiyatlar birligidir. Umumiylik – bir turkum predmet va hodisalarga xos bo‘lgan umumiy belgi hamda xususiyatlarining namoyon bo‘lishidir. Yakkalik va umumiylik o‘rtasidagi bog’lanish, aloqadorlik va munosabat “Xususiylik” kategoriyasi orqali ifodalanadi.
2. Mohiyat va hodisa kategoriyasi. Mohiyat - narsa va hodisalarning ichki, eng muhim uzaro boglanishlari, shu boglanishlarning qonuniy alokadorliklarini ifodalaydi. Hodisa - narsa va jarayonlarni tashkil etuvchi tomonlar, xususiyatlar va boglanishlarning namoyon bulish shaklidir.
3. Mazmun va shakl kategoriyasi. Falsafada mazmun va shakl kategoriyasi narsa, hodisalarning mavjudligi va rivojlanish jarayonini bilish usuli sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazmun - narsa yoki hodisani aynan shu narsa yoki hodisa sifatida ifodalovchi jarayonlar, muhim elementlar va uzgarishlarning majmuidir. Shakl - mazmunning mavjudlik usulini, uning strukturasini ifodalovchi, narsa va hodisalarning ichki va tashki tomonlarining birligidir.
4. Sabab va oqibat kategoriyasi. Narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi va tarixiy-tadrijiy rivojlanish tamoyiliga ko‘ra, ularning mazmuni va shakli doimo o‘zgarib turadi. Mazmun va shakl o‘rtasidagi aloqadorlik, bog’lanish, munosabatlarning xarakteri muayyan sababga asoslanadi. Ya’ni, har qanday predmet va hodisalarning vujudga kelishi va namoyon bo‘lishi, muayyan sabab tufayli ruy beradi. Demak, narsa va hodisalarning ketma ket rivojlanishi sabab-oqibat munosabatlari tarzida namoyon bo‘ladi. Sabab - bir hodisadan oldin kelib, uni vujudga keltirgan hodisa yoki hodisalar guruhidir. Oqibat - sababning bevosita yoki bavosita ta’siri bilan yuz beradigan hodisadir.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin