Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


Me’yor-muayyan miqdorning muayyan sifatga mos kelish chegarasidir



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə55/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Me’yor-muayyan miqdorning muayyan sifatga mos kelish chegarasidir.
Miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonunning mohiyati shundan iboratki, taraqqiyot uzliksiz va uzlukli kechadi. Bunda o‘zliksiz o‘zgarishlar miqdoriy o‘zgarishlar bo‘lsa, sifatiy o‘zgarishlar esa uzlikli o‘zgarishlardir.
3. Inkorni inkor qonuni. O‘zgarish va rivojlanish jarayonida o‘z-o‘zini inkor etish tamoyili nixoyatda muhim. Bunda vorisiylik – eskining inkori va yangilikning shakllanishi sifatida namoyon bo‘ladi. Ana shu jarayonlarning doimiy takrorlanishi inkorni inkor qonunning mohiyatini bildiradi. Inkorni inkor qonuniga muvofiq obyektiv voqyelikdagi narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilinishi asosida ro‘y beradi. Biroq, aksariyat xollarda, eskilik butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy xossalar, xususiyatlar va tomonlar saqlanib qoladi. Inkor tushunchasi kundalik ongda ishlatiladigan «yo‘q» so‘zi bilan qo‘shilib ketadi, biroq inkor qilmoq – «yo‘q» demak emas.
Inkorni dialektik tushunish yangining eski bilan oddiy almashuvi bo‘lmasdan, balki eskining bag‘rida vujudga kelib, undan foydalanib, qaror topishini tan olishdir. Yani inkor taraqqiyotning, rivojlanishning zaruriy sharti bo‘lib uning natijasida hayotda o‘z umrini yashab bo‘lgan eskilik o‘z o‘rnini yangilikka bushatib beradi. Bu birinchi inkor bo‘lsa. Vujudga kelgan yangilik ham o‘z navbatida albatta eskiradi va kelgusida yana bir yangilik tomonidan inkor etiladi, bu jarayon - Inkorni inkor deyiladi.


Bog‘lanish va aloqalarning mazmuni va mohiyati, hamda xarakteriga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. Ichki va tashqi, 2. Zaruriy va tasodifiy,

3. Bevosita va bilvosita, 4. Muhim va muhim bo‘lmagan va hokazo.


Falsafa kategoriyalari. Fan va falsafaning rivojlanishi alohida maqomga ega bo‘lgan va bilish jarayonida maxsus funksiyalarni bajaradigan tushunchalar shakllanishiga olib keldi. Bu tushunchalar kategoriyalar deb nomlandi. Kategoriya (yunon. kategoria – izoxlash , ta’rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning muhim, tipik mazmunini o‘zida aks ettiradigan keng tushuncha. Shunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi. Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi falsafiy tasavvurlarga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda fan kategoriyalar va falsafa kategoriyalar farqlanadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin