Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə52/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Inkorni dialektik tushunish yangining eski bilan oddiy almashuvi bo‘lmasdan, balki eskining bag‘rida vujudga kelib, undan foydalanib, qaror topishini tan olishdir. Dialektik inkorning muhim ikki jihati mavjud: birinchisi, eskining o‘rniga yangining kelishi tabiiy-tarixiy jarayon bo‘lganligi uchun taraqqiyotning muhim sharti hisoblansa; ikkinchisi, u yangini eski bilan vorisiy bog‘liq ekanligini ham ifodalaydi.
Inkorni inkor qonunini tushunish uchun uni nega shunday deb atalishini izohlamoq lozim. Falsafaning bu ta’limotini ikki marta takrorlanuvchi inkorda ifodalanishi olamdagi narsa va hodisalarning doimiy ravishda o‘zgarib, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib borishi va oqibatda, rivojlanish uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi.
Bu qonunga ko‘ra, har bir mavjud bo‘lgan narsa va hodisa o‘zigacha bo‘lgan sifat va miqdor inkor etilishining mahsuli, shu bilan birga, ana shu narsa va hodisalarning o‘zi ham sharoitning o‘zgarishi, vaqtning o‘tishi bilan inkor etilishga mahkumdir. Demak, har bir narsa va hodisaning o‘zgarishi va rivojlanishi hamisha ikki va undan ko‘proq inkor etishlar bilan amalga oshadi. Insoniyat tarixi - avlodlar almashinuvi tarixidir, deyilganida ham ana shunday hol nazarda tutiladi.
Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyotdagi davriylikning muayyan halqasida, ya’ni navbatdagi inkor bosqichida uning oldingi bosqichidagi ba’zi belgilar takrorlanadi. Masalan, don o‘simlikdan yana donlarga aylanadi, keyinroq yana o‘simlikka va hokazo.
Inkorni inkorning amal qilishi tufayli taraqqiyot to‘g‘ri chiziq shaklida emas, doira shaklida bo‘ladi, uning oxirgi nuqtasi boshlang‘ich nuqtaga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv uning oxirgi nuqta bilan tutashishi bo‘lmasdan, balki yuqori bosqichda sodir bo‘lishi sababli taraqqiyot spiral shaklga ega bo‘ladi. Bu spiralning har bir yangi o‘rami oldingi o‘ramiga nisbatan yuqoriroq bosqichda yuzaga keladi.
Dialektik inkor yangi bilan eski o‘rtasidagi bog‘lanishni butkul rad qiladi, deb tushunmaslik kerak. Yangi qanchalik ilg‘or bo‘lmasin, u yo‘q joydan paydo bo‘lmaydi, balki eskining qobig‘ida asta-sekin shakllanadi. Shuning uchun ham ko‘p hollarda eskidan yangiga o‘tilayotganda eski butunlay tashlab yuborilmaydi, balki uning ijobiy tomonlari saqlanib qoladi va rivojlanish davom ettiriladi. Demak, yangi bilan eski o‘rtasida vorislik mavjuddir. Inkorni inkor qonuni taraqqiyotda vorislik va qaytariluvchanlikning birligini tavsiflaydi. Dialektik inkorning muhim xususiyati ana shundan iborat.
Inkorni inkor qonuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jarayonida ro‘y berayotgan hodisalar mohiyatini ilmiy anglashda katta ahamiyat kasb etadi. Yangi jamiyatni barpo etishga qaratilgan o‘zgarishlar hamma narsani butunlay yo‘q qilishni bildirmaydi. Aksincha, bu — xalqimiz taraqqiyoti jarayonida erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy yutuqlarni saqlab qolib, ularni yanada boyitib, rivojlantirishdan iboratdir. Mazkur jarayonning asosiy tamoyili Islom Karimovning yangisini qurmasdan, eskini buzmaslik lozimligi to‘g‘risidagi xulosasida yaqqol o‘z asosini topgan.
Har qanday fanning o‘ziga xos qonunlari va asosiy tushunchalari bo‘ladi. Masalan, fizikada fizik qonunlar, og‘irlik, tezlik, kuch kabi tushunchalarga juda ko‘p duch kelish mumkin. Ularning aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlarnining nomi bilan bog‘langan. Masalan, fizikada Nyuton, Faradey, Avagadro va hokazo. Matematikani esa Pifagor, al-Xorazmiy, Karl Gausning qonunlarisiz tasavvur qilish qiyin. Xuddi shunday falsafaning fanlik maqomini belgilaydigan asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi ham bor.
Qonun - olamdagi predmet, hodisa va hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro ichki, obyektiv, umumiy, zaruriy, muhim va takrorlanib turuvchi bog‘lanishlar, aloqalar va munosabatlarning namoyon bo‘lishidir. Qonun qonuniyatning aniq ( konkret ) tomonini ifoda etadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin