Inkorni inkor qonuni. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunining mazmun va mohiyatini quyidagi tushunchalar ochib beradi;
Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalarning bir biriga o‘xshash belgilari, xususiyatlari va tomonlarni ifodalaydi.
Tafovvut tushunchasi narsa va hodisalarning bir biridan farq qiladigan belgilari, xossalari va xususiyatlarini ifodalaydi.
Qarama-qarshiliktushunchasi esa, narsa va hodisalarning bir-birini mustasno etuvchi(keltirib chiqaruvchi) va shu bilan birga bir birini istisno (inkor etuvchi) tomonlari, belgilari va xususiyatlarini ifodalaydi.
Ziddiyat tushunchasi esa qarama-qarshi tomonlar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo‘lgan abadiy va azaliy murakkab jarayondir. 2. Miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni.Borliqning, olamning mavjudligi va rivojlanishi – miqdor va sifat o‘zgarishlari tarzida ham namoyon bo‘ladi. Buning mohiyati shundan iboratki, olamdagi har qanday mavjud predmet va hodisalar o‘zining muayyan miqdor va sifat birligiga ega bo‘lib, shu muayyan bir miqdorning muayyan bir sifatga mos kelishi Meyor bilan belgilanadi. Dastlab narsa va hodisalardagi miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin to‘plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida eski me’yorni buzilishiga olib keladi va sakrash yo‘li bilan yangi sifat o‘zgarishlariga olib keladi.
Moddiy olamdagi xilma-xil predmet va hodisalar bir-biridan o‘z sifati bilan ajralib turadi.
Sifat – narsalarning ichki va tashqi muayyanligi bo‘lib, uning qator xossa, belgi va xususiyatlarining birligini ifodalaydi. Sifat narsa qanday bo‘lsa, uni shundayligicha ko‘rsatib beradi, predmet va hodisaning barcha tashqi xossa va xususiyatlarini bog‘liqlikda namoyon qiladi.
Demak, sifat predmet va hodisalarning umumiyligi, yaxlitligi, uning nisbiy barqarorligi turli-tuman belgi va xossalarining yig‘indisidir. Lekin sifat va xossa aynan bir xil ma’nodagi tushunchalar emas. Sifatning o‘zgarishi, muqarrar sur’atda, xossaning o‘zgarishiga olib keladi. Biroq xossaning o‘zgarishi har doim ham sifatning o‘zgarishini keltirib chiqmaydi. Sifat predmetning doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda etadi. Predmet va hodisalar qanchalik ko‘p belgi, xossa va xususiyatlarga ega bo‘lsa bu uning sho‘unchalik yuqori sifat darajasiga ega ekanligini bildiradi.
Obyektiv olamdagi predmet va hodisalar sifat muayyanligidan tashqari, bir-biridan miqdoriy tomonlari bilan ham farq qiladi. Miqdor predmetning hajmi, o‘lchovi, og‘irligi, harakat tezligi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Miqdor va sifatning birligi, o‘zaro bog‘liqligi me’yor tushunchasida ifodalanadi.