Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə89/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Yakka hukmlarda birorta belgining predmetga hosligi yoki hos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: «O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlatdir», «Ahmedov tarixchi emas».

  • Umumiy hukmlarda birorta belgining yakka predmetlar sinfining hammasiga yoki undagi har bir predmetga taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida fikr bayon qilinadi. Masalan: «Har bir inson bahtli bo‘lishni hohlaydi», va «Hech bir aqlli odam vaqtini behuda sarflamaydi».

  • Juz’iy hukmlarda birorta belgining predmetlar to‘plamining bir qismiga hos yoki hos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: «Ba’zi faylasuflar notiqdir». «Ko‘pchilik talabalar dangasa emas». Juz’iy hukmlarda «ba’zi» so‘zi «hech bo‘lmasa bittasi, balki hammasi» degan ma’noda qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra «Ba’zi toshlar tirik mavjudot emas», degan hukm chin bo‘ladi, chunki hech bir tosh tirik mavjudot emas.

    Mulohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashda va ba’zi boshqa holatlarda oddiy hukmlarning miqdor va sifati bo‘yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari) dan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat:
    1. Umumiy tasdiq hukmlar. Ular bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hamma talabalar mantiq ilmini o‘rganadilar». Bu hukmlar lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi va «Hamma S-Pdir» formulasi orqali ifodalanadi.
    2. Umumiy inkor hukmlar bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu hukm»Hech bir S-P emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha E harfi bilan belgilanadi.
    3. Juz’iy tasdiq hukmlar bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli». U lotincha I harfi bilan belgilanadi va «Ba’zi S-P dir» formulasi orqali ifodalanadi.
    4. Juz’iy inkor hukm bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar sport bilan shug‘ullanmaydilar». Uning formulasi «Ba’zi S-P emas»bo‘lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi.
    Predikatning mazmuniga ko‘ra oddiy hukm turlari. Ular quyidagilardan iborat:

    1. Atributiv hukmlar.

    2. Mavjudlik hukmlari.

    3. Munosabat hukmlari.

    Atributiv (sifat va xususiyat) hukmlarda biror xususiyatning predmetga hosligi yoki hos emasligi aniq, qat’iy qilib ko‘rsatiladi. Shuning uchun atributiv hukmlarni birorta predmetning sinfga kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi hukm deb ta’riflasa bo‘ladi.
    Masalan: «Hamma daraxtlar o‘simliklardir» va «Hech bir o‘simlik hayvon emas». Birinchi hukmda daraxtlarning o‘simliklar sinfiga kirishi haqida fikr bildirilsa, ikkinchi hukmda o‘simliklar va hayvonlar sinfining o‘zaro hech qanday umumiylikka ega emasligi haqida fikr bildirilgan.
    Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o‘rtasida muayyan munosabatlarning bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ifodalagan hukmlarga munosabat hukmlari deyiladi. Masalan: «Butun bo‘lakdan katta». «Ikki-uchdan kichik son». Birinchi hukmda «kattalik» munosabati butun va bo‘lak o‘rtasida bo‘lishi tasdiqlansa, ikkinchi hukmda uch soni bilan ikki sonining munosabati haqidagi fikr tasdiqlangan.
    Munosabat hukmlari sifatiga ko‘ra tasdiq yoki inkor hukm turlariga bo‘linadi. Tasdiqlovchi munosabat hukmlarida predmetlar o‘zaro muayyan munosabatda ekanliklari haqida fikr bildiriladi. Inkor etuvchi munosabat hukmlarida esa predmetlar o‘rtasidagi muayyan munosabatlarning mavjud emasligi haqida fikr bildiriladi.
    Munosabat hukmlari miqdoriga ko‘ra ham turlarga bo‘linadi. Hususan, ikki o‘rinli munosabat hukmlari miqdoriga ko‘ra yakka-yakka, umumiy-umumiy, hususiy-hususiy, yakka-umumiy, yakka-juz’iy, umumiy-juz’iy, juz’iy-umumiy turlarga bo‘linadi.
    Masalan: «Ukasi akasidan baland» (yakka-yakka); «Guruhimizning har bir studenti fakultetimizdagi hamma o‘qituvchilarni biladi» (umumiy-umumiy); «Guruhimizdagi ba’zi talabalar ba’zi hind kino yulduzlarini yaxshi biladilar» (juz’iy-juz’iy). «Tarix o‘qituvchisi guruhimizdagi har bir talabani yaxshi biladi» (yakka-umumiy); «Do‘stim ba’zi masalalarni yecha oladi» (yakka-juz’iy); «Guruhimizdagi hamma talabalar ingliz tilini o‘rganadilar» (umumiy-yakka); «Guruhimizdagi ba’zi talabalar fransuz tilini o‘rganadilar» (juz’iy-yakka); «Guruhimizdagi ba’zi talabalar «Paxtakor» komandasining har bir o‘yinchisini biladilar» (juz’iy-umumiy).

    Yüklə 0,7 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   228




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin