MUAMMO. FARAZ. NAZARIYA.
Bilishning maqsadi qayd qilingan hodisalarning mohiyatini tushuntirishdan iborat. Buni hamma vaqt ham mavjud tasavvurlar, prinsiplar yordamida amalga oshirib bo‘lmaydi. Bilish jarayonida ma’lum bir ziddiyatlar, birinchi navbatda, mavjud bilimlarimizning erishgan darajasi bilan yangi bilish vazifalarini hal qilish zaruriyati o‘rtasida ziddiyat kelib chiqadi, muammoli vaziyat paydo bo‘ladi. Bunday ziddiyatlar, ayniqsa, kundalik hayotimizda murakkab vazifalarni hal qilishda, fanda esa, tub burilishlar davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Mana shunday vaziyat, masalan, tabiyotshu-noslikda XIX asrning ohiri va XX asrning boshlarida radioaktivlik hodisasining qayd qilinishi, elektronning kashf etilishi, nurlanishning kvant xarakterga egaligining asoslanishi va shu kabi kashfiyotlar natijasida vujudga kelgan. Uning mohiyatini tabiyotshunoslikning, birinchi navbatda, fizikaning mavjud qonunlari va prinsiplarining yangi qayd qilingan hodisalarni tushuntirish uchun yetarli emasligida, deb bilmoq zarur.
Shuni ham aytish kerakki, ilmiy bilishda muammoli vaziyatni fan taraqqiyotining ichki ehtiyojlari ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, hozirgi paytda fanda sinergetika g‘oyalari va metodlarini tushuntirish, matematikada aksiomatikaning imkoniyatlari va qo‘llanish sohalarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni hal qilish zaruriyati yangi vaziyatni yaratadi.
Demak, muammoli vaziyat mavjud ilmiy tasavvurlar bilan qayd qilingan yangi faktlar o‘rtasidagi ziddiyatning paydo bo‘lishi yoki ana shu ilmiy tasavvurlarning o‘zining yetarli darajada sistemaga solinmaganligi, yahlit bir ta’limot sifatida asoslanmaganligi natijasidir.
Mana shundan kelib chiqib, muammoli vaziyat bilish taraqqiyotining turli bosqichlari va bo‘g‘inlarida olam va uni bilish haqidagi mavjud tasavvurlarni, bilish metodi va vositalarini o‘zgartirishning obyektiv zaruriyatidan iborat, deyish mumkin.
Ilmiy muammoni qo‘yish va hal qilish.
Muammoli vaziyatni tahlil qilish yangi muammoni qo‘yishga olib keladi.
Muammo - javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va yechish usuli noma’lum bo‘lgan savoldir.
Shuning uchun ham muammoni qo‘yish va hal qilish mavjud bilimlar doirasidan chetga chiqishni, yangicha yechish usuli, metodlarini qidirishni taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surishni, uni muhokama qilishning xarakterini amaliy faoliyatimiz va bilishimiz ehtiyojlari belgilab beradi.
Muammoni muvaffaqiyatli hal qilishning zarur shartlaridan biri uni to‘g‘ri qo‘yish va aniq bayon qilishdan iborat. To‘g‘ri qo‘yilgan savol, V. Geyzenberg aytganidek, muammoni yechishning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi.
Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun muammoli vaziyatni aniq tasavvur qilishning o‘zi yetarli emas. Buning uchun muammoni hal qilishning turli hil usullari va vositalarini ham oldindan ko‘ra bilish kerak.
Muammolarni qo‘yishda kishilarning hayotiy tajribasi, bilimlari va talanti muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham, odatda ko‘p hollarda yangi muammolar ilmiy bilishning u yoki bu sohasining yirik mutahassislari, boy tajribaga ega va chuqur bilimli olimlari tomonidan ilgari suriladi hamda ular ba’zan uzoq yillar davomida tadqiq qilinadi. Buni masalan, milliy g‘oya va milliy mafkurani yaratish muammosining qo‘yilishi va tadqiq etilishi misolida ko‘rish mumkin. Jahon tajribasiga murojaat qilsak, «millatning mafkurasi bir emas, balki bir necha avlodning umri davomida ishlab chiqilishi va takomilga erishuviga guvoh bo‘lishimiz mumkin».
Muammoni hal etish jarayonida ma’lum bir gipotezalar ilgari suriladi va asoslanadi.
Gipoteza-o‘rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli tahmin tarzidagi bilim shaklidir.
Gipotezani, avvalambor, bilimlarning mavjud bo‘lim shakli sifatida olib qarash zarur. Chin, ishonchli bilimlar hosil bo‘lgunga qadar qo‘yilgan muammolar, masalalar haqidagi fikr-mulohazalar kuzatish, eksperiment natijalarini tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan bo‘lib, ular turli hil tahminlar, farazlar shaklida quriladi va mavjud bo‘ladi.
Shunday qilib, gipoteza fikrlarimizning qurilishi, bilimlari-mizning mavjud bo‘lish va rivojlanish shaklidir.
«Nazariya» termini keng ma’noda aqliy bilish, tafakkurni anglatadi, uni amaliyotdan farq qiluvchi faoliyat turi sifatida ifodalaydi. Tor ma’noda esa, nazariya ma’lum bir sohaga oid tasavvurlar, tushunchalar, g‘oyalar, gipotezalarni sistemaga soladigan, predmetni rasional tarzda anglashga imkon beradigan bilim shaklini bildiradi.
Nazariyaning bunday talqini ilmiy bilishda empirik va nazariy bosqichlarning farq qilinishi bilan bog‘liq.
Empirik bosqichda ilmiy faktlar to‘planadi, o‘rganiladi, sistemaga solinib, turli hil jadvallar, shemalar, garfiklar tuziladi; muayyan bir umumlashmalar, hususan, empirik tushunchalar, farazlar, empirik qonunlar shakllanadi.
Ilmiy bilishning keyingi taraqqiyoti empirik bilish bosqichida hosil qilingan, lekin bir-biri bilan bo‘lgan aloqasi hali aniqlanmagan bilimlar o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish, ularni umumlashtirish, shu asosda yangi fundamental tushunchalar, umumiy qonunlarni yaratish, ilmiy bashoratlar qilish bilan uzviy bog‘liq.
Bilishning bu ikki bosqichi o‘rtasida zaruriy aloqadorlik mavjud. Hususan, nazariyani yaratish empirik bilish jarayonida hosil qilingan predmetning ayrim tomonlari, xususiyatlarini aks ettiruvchi tushunchalar, qonunlar, farazlar o‘rtasida mantiqiy aloqalarni o‘rnatishga, predmet haqida yahlit tasavvur hosil qilishga, uning mohiyatini tushuntirishga bo‘lgan ehtiyoj bilan belgilanadi.
Nazariya-ma’lum bir predmet sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni sistemaga solib, u haqida yahlit tasavvur hosil qiladigan, yangi fundamental umumlashmalar yaratishga olib keladigan, shu sohadagi hodisalarni tushuntirish, oldindan ko‘rish imkonini beradigan ishonchli bilimdan iborat.
Ilmiy nazariya quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 1) empirik asos: nazariyaga aloqador faktlar, ularga mantiqiy ishlov berish natijalari; 2) boshlang‘ich nazariy asos: nazariyaning asosiy tushunchalari, postulatlari (aksiomalari), fundamental qonunlar (prinsiplar); 3) nazariyaning mantiqiy apparati: tushunchalarni hosil qilish va ta’riflash qoidalari, xulosa chiqarish (isbotlash) qoidalari; 4) olingan natijalar (xulosalar).
Ilmiy nazariya ohir-oqibatda real sistemani, obektni aks ettiradi, uning tabiatini tushuntiradi va shu ma’noda o‘zining empirik asosiga ega. Lekin empirik asosining mavjudligi nazariyaning barcha tushunchalari ifoda etadigan predmet va belgilarning hissiy idrok qilinishi yoki nazariyaning barcha hollarda mavjud hodisalarni, ularning real hususityalari va munosabatlarini aks ettrishini anglatmaydi.
Nazariyada borliq, asosan, modellar yordamida ideallashgan holda in’ikos qilinadi. Ideallashtirish jarayonida mavjud obektlar haqidagi empirik bilimga tayangan holda, haqiqatda mavjud bo‘lmagan va ba’zan mavjud bo‘lishi mumkin ham bo‘lmagan, lekin real mavjud predmetlarga ma’lum bir munosabatda o‘hshash obektlar haqidagi tushunchalar hosil qilinadi. Masalan, mehanika yechimini qidiradigan ko‘p masalalarda jismning shakli va o‘lchamlari (eni, bo‘yi, hajmi va shu kabilar) unchalik muhim ahamiyatga ega emas. Ayni bir paytda massa muhim ahamiyatga ega va shuning uchun ham massasi bir nuqtaga jamlangan hayoliy jism-moddiy nuqta hosil qilinadi.
Nazariyaning yuqorida biz ko‘rib chiqqan tiplari va boshqalari nazariy bilishning muhim vositalari sifatida fanda nihoyatda qadrlanadi. Ular tafakkurning strukturasi va qonuniyatlarini yaxshi bilib olishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |