KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil,xuquqiy-demokratik, ma’naviybarkamol fuqarolar jamiyati qurish yo‘lida borayotgan vatanimizda uning porloqkelajagi davlatimizning ustivor siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Buni biz kundalik faoliyatimizning barcha jabhalarida dildan xis qilayotirmiz. Chunonchimamlakatimiz o‘zluksiz ta’limining hamma bo‘g‘inlari I.A.Karimovning«Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» ma’ruzasi, «Ta’limto‘g‘risida»gi konun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan islohotlarhayot sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tdi1. Mazkur dasturiy hujjatlar nafaqatmamlakatimizda balki talay rivojlangan davlatlarning rahbarlari ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifat arboblari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda. Buningboisi shundaki ushbu xujjatlar asosida barkamol shaxs tarbiyasidek olijanob maqsad yotadi. Barkamol yosh avlodni tarbiyalash, uning ongi tafakurini jahon andozalari darajasiga ko‘tarishda xalqimizning asrlar davomida yaratgan boy ma’naviy merosi umrboqiy qadriyatlari, e’tiqodiy udum-an’analari xal qiluvchi ahamiyatiga molikdir. Bular hozirgi kunda bizni ikki jihati bilan o‘ziga jalb qiladi.
Birinchidan, ular bir vaqtlar jahon sivilizatsiyasi fanining rivojlanishiga turtki va poydevor bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi mustaqillik sharoitiga yosh avlodni milliy g‘urur va ruhiy jihatdan tarbiyalashda muhim ma’naviy omil hisoblanadi
Ikkinchidan biz XIX-XX asrning suronli alg‘ov-dalg‘ovida kommunistik tuzum sharoitida o‘zligimizni unutib butun bir avlod tarbiyasida milliy qiyofa, o‘ziga xos axloqodobimizni anchayin unutib yuborganimizni ham bugungi kunda ularni e’zozlab o‘rganishimizni taqozo qiladi. Istiqlol yo‘lidan shahdam odimlar bilan ilgarilabborayotgan. Respublikamizda ma’naviy-axloqiy, ilmiy-irfoniy merosga sidqu sadoqat bilan qarayotganligiga butun jahon jamoatchiligi tan bermoqda. Buning ifodasi sifatida Imom Muhammad Ibn Ismoil Buxoriy, Al-Farg‘oniy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Al-Moturudiy, Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Amir Temur, Xoja Abdulhomid G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshbandiy kabi ulug‘ shaxslarning tavallud kunlarini mamlakatimizda va jahonda keng nishonlashi, ularga bag‘ishlabpurvikor ziyoratgohlarni tiklash, hamda ma’naviy ilmiy merosini asarlarini nashr qilishga davlat miqiyosida e’tibor berishi milliy merosimizni o‘rganishga ulkan turtki bo‘ldi.
Ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar davomida yaratilgan g‘oyat bebaxo vao‘lkan ma’naviy-madaniy, ilmiy-pedagogik me’rosini pedagogik jihatlarini umummilliy muammo hisoblanadi. Bu ulkan xazina har jihatdan ma’naviy-ma’rifiy, tarixi va pedagogik jihatdan yosh avlodda mustaqillika nisbatan ixlos, imom-e’tiqodni shakllantirishda vosita hisoblanadi. Milliy merosimizni yaxlitqadriyat sifatida har jihatdan tadqiq qilish dolzarb muammo va ilmiy tamoyil hisoblanmog‘i lozim. Bu mumtoz, badiiy adabiyot hamda irfoniy-ilohiymerosimizga ham taalluklidir. Muborak ona zaminimizni ettinchi asrlarda arablar tomonidan zabt etilib va islomiy e’tiqodni ular shuuriga amaliy ilmiy,ma’naviy madaniy xayotiga kuch bilan singdirilganligi inobatga olinsa, o‘n turt asrlik taqdirimizning shu din zamirida tuganligini anglash qiyin emas. Shu davrlar mobaynida islomiy talablar antiqa udumlarimizda, turmush tarzimizga singib ketib, ularning g‘oyaviy va axloqiy asosini belgilab kelmoqda. Ayniqsa, islomiy g‘oyalar og‘zaki va yozma badiiy adabiyotda axloq, ta’lim tarbiyada xayotbaxsh g‘oyalar sifatida singib kelgan, hamda xalqimiz iymon-e’tiqodini belgilagan.