III BOB. NAQSHBANDIYA TARIQATI VA UNING MA’NAVIY JIHATLARI
3.1.Ta`limotning insonparvarlik g`oyalari, Bahouddin Naqshband o`gitlari Tasavvurda bir qancha suluklar mavjud.Chunonchi Sukrovardiya,Kubraviya, Yassaviya, Qodiriya, CHashdiya, Kalandariya va boshqalar. Hazrati Naqshband asos solgan suluk Naqshbandiya «Naqshband» so‘zidan olingan bo‘lib Bahouddin Hazratlarining laqab yoki taxalluslari bo‘lib u kishining asosiy ota kasbi matoga naqsh solishdan kelib chiqqan. Bu so‘zning tasavvur ta’limotiga nisbatan rasmiy ma’nosi-muridning qalbiga olloh muhabbatini naqsh kabi singdirish, ta’limotni mukammal egallashni ham bildiradi. Bundan tashqari Naqshbandiya sulki boshqa sulklardan kishining yashash tarziga o‘ta yaqinligi tasavvurni o‘rganishni kundalik harakat ehtiyojlar bilan omuhta olib borish, diniy ta’limotni o‘rganishni hayotiy oddiy insonning mas’uliyatlar bilan birgalikda olib borish bilan farqlanadi. Naqshbandiya sulki qo‘l mehnati bilan halol ter to‘kib hayot kechirishga asoslanadi.Hazrati Bahouddin Naqshbandning mashxur «Dilbayoru dastbakor» shiorlari aynan mehnat qilib yashashni anglatadi.U kishi o‘z ovqatlarini ziroat orqali topar erlariga don, sabzi, turp, piyoz ekar,erlarin xaydash-qo‘sh ekishga yaraydigan xo‘kizlarni ehtiyot qilib asrab,qo‘y va sigirlaridan doimo boxabar bo‘lib turardilar. Bu esa paygambarimiz Muhammad(s.a.v.)ning qo‘y boqib tijorat qilib yashagan sunnatlariga mos kelar edi. Zotan Rasulloxning o‘zlari: «Haqikiy musulmon bu dunyoning u dunyoni unutmaydi, u dunyoni deb bu dunyosini qo‘ldan bermaydi» degan edilar. SHuning uchun Naqshbandiya tariqatiga e’tiqod qiluvchilar o‘z oilasini obod qilish fuqarolik mas’uliyatlarini ado etish, tijorat ya’ni shaxsiy va ijtimoiy burchlarini bajarishni ham o‘zlari uchun farz hisoblaganlar. Mazkur sulukdagi «Dastbakoru dilba-yor» shiorlarini oladigan bo‘lsak bunda ollohga toat ibodat diniy yoki tariqat talablarini bajarish asosida harakat, ishlash mehnat qilish yotadi. O‘z navbatida mehnat qilish halol rizq topish toat ibodatni haqiqiyligini pokligi belgilagan qolaversa mehnatning o‘zi ham toat ibodat darajasiga ko‘tarilgan.Ammo mehnat toat ibodatga buysundirilgan. Mehnat orqali inson o‘zini o‘z qadr qimmatini, o‘z shaxsiy mehnat imkonitlarini aniqlab, uni ibodatga bo‘ysundirgan.Ibodat va mehnat o‘zaro chambarchas bog‘liq, ammo uning asosida har bir kishi o‘zining bandalik burchini ado etish, halol mehnat qilish va o‘zining olloh oldidagi bandalik mas’uliyatini unutmasligi muhim hisoblangan. «Dastbakor» (inson faoliyatini mehnatga yo‘g‘rilganligi) ni avval quyilish «Dilba yor» (qalb ollohga yo‘g‘rilgan hisoblangan) ning keyin ikkinchi jumla sifatida quyilishida ham ma’lum mantik, mantik qat’iylik bor. Hazrati Naqshband ta’limotida «Dast bakor»birinchi o‘ringaqo‘yiladi. Inson mehnati uning yashashi moddiy ehtiyoji uchun muhim bo‘lib, «Dil ba yor»-qalb xudoga yo‘g‘rilgani poklik e’tiqod uchun. Jumladan mehnat ham halol bo‘lish lozimlgi o‘qtiriladi. Bunda biz Naqshbandiya tariqatining haqikiy mohiyatini, ya’ni olloh ta’limotini qalblarga naqsh kabi singdirish amaliy va nazariy yoki zohiriy va botiniyda o‘z ifodasini topganligini, Naqshbandchilik bir shakl yoki qobiq emas mohiyat va mazmun jihatidan tariqatga mosligini ko‘ramiz. Amaliy harakat, inson faoliyatining tashqi zoxiriy tomoni bilan olloh ilmini qalban qabul qilish dialektik bir biriga uyg‘unlashadi Shaxsning ibodat bilan mashg‘ul bo‘lib shaxsiy va ijtimoiy xayotdan ajralib qolib, insoniy maxdudlikka (ajralib qolish) berilmasligi, mehnat va ibodat uyg‘unligi Naqshbandiya tariqati ijtimoiy mohiyati tez tarqalishiga turli xalq vaelatlarning o‘ziga jalb qilishiga asosiy sabablardan biri desak xato bo‘lmasBundan tashqari Naqshbandiya tariqatiga e’tiqod qiluvchilarning mazkur ta’limotni egallashda ham kishilar ya’ni tariqatni o‘rganuvchilar bilan ular atrofidagi kishilar munosabatlarida ham farq qiluvchi tomonlar mavjud. Naqshbandiya tariqatida «Zikri ilohiya» (ovoz chiqarib) emas, balki «zikri xufiya» (ovoz chiqarmasdan), tariqat talablarini ado etish yoki o‘rganish asosiy hisoblanadi. Zikri ilohiyada muridlar pir oldiga yig‘iladilar va raqsu simo bilan tasavvufona g‘azallarni oxang bilan o‘qiydilar, boshqalar esa raqsga tushib zikr qiladilar.