Falsafa tarixi


II BOB. NAQSHBANDIYA TARIQATINI O’RGANISH VA O’RGATISH



Yüklə 85,78 Kb.
səhifə6/11
tarix03.06.2022
ölçüsü85,78 Kb.
#60476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
FALSAFA T TUVALOV.B

II BOB. NAQSHBANDIYA TARIQATINI O’RGANISH VA O’RGATISH
YOKI USTOZ SHOGIRT MUNOSABATLARI .
2.1. Bahouddin Naqshband ta’limiy-ahloqiy qarashlarining asosiy yo’nalishlar
Jonajon yurtimizda ustoz shogird munosabatlari o‘zoq tarixga ega.Tariximizda muayyan vaqt ilm va kasb-xunar o‘rganish ustoz shogird tariqasida amalga oshirilgan. Buning oqibatida jahon fani va madaniyatiga tamal toshlar qo‘ygan buyuk shaxslar etishib chiqqan. Bular Abu Ali Ibn Sino,Ulug‘bek, Farobiy, Beruniy, Imom Buxoriy, Abu Hamid G‘azzoliy va boshqalar. Bular o‘nlab, yuzlab dunyoga mashhur shogirdlarni tarbiyalaganlar, Shu bilan birga ustoz shogird munosabatlarining g‘oyaviy-axloqiy ishlarni ishlab chiqqanlar.
Tasavvuf ta’limotini yoki tariqqati bilan bir yo‘nalishi o‘rgatuvchi muhim 3 bosqichni bosib o‘tish lozim. Bular: 1)Darvishlik 2) So‘filik 3) Faqirlik. Bunda darvishlik yo‘li so‘filik uchun ilk qadamdir. YA’ni tasavvur ilmining maqomlarga yo‘l olishdir.So‘filik tasavvur ta’limotini bilish va uning qonunlariga amal qilishbilan o‘zini shu ta’minot yo‘liga etishdir. Faqirlik yo‘li esa mavjud dunyoni barcha sirlarini bilishdi.10
Ma’lum tariqatni o‘rganishni jazm qilgan kishi ustoz-pirga shogird bo‘lishi lozim. Murod-murod ya’ni maqsadga intiluvchi odam;Murod esa-Axloq ta’limining vazmi.Muridning asosiy xislati niyozmandlik, ya’ni talabgor bo‘lish, muridi komil etagini tutib, aytganlaricha so‘zsiz rioya qilishdir. Pirsiz solih manzilga eta olmaydi. CHunki odam o‘zini o‘zi nazorat qilishi qiyin. Toki birov rahnamolik qilib yo‘l ko‘rsatmasa, mushkuli oson bo‘lmaydi, Buni Alisher Navoiyning "Lisonut-tayr" dostonida xud-xud va talabgor qushlar misolida yaxshi ko‘rsatib berganlar. Xatto eng yaxshi niyatlar ham raxnamoli bo‘lmasa, samara bo‘lmay, qalbdagi zavqi shavq noto‘gri yo‘lda sarf bo‘lishi, muhabbat isyonga aylanishi xech gap emas. Yo‘lini topganu kishi to raxnamo ko‘rsatmagan. (Bobur) SHuni e’tiborga olib tajribada pirga yo‘l berib iroda-ixtiyorini unga topshirganlar. SHu ma’noda tariqatni irodali ham deydilar. Ya’ni irodani shayx irodasiga muvozonatlashtirish, shayx irodasini o‘z irodasi deb bilish.
Ikkinchi tarafdan bu muridning irodasi mardligi ximmatni sinashni ham bildiradi, murid, murod, iroda so‘zlari o‘zakdosh, zero dunyodan kechib,iloh yo‘liga o‘zini bag‘ishlash ulug‘ mardlikdir, muridga rahbarlik qiluvchi pirning o‘zi achchig‘ iztirob yo‘li tariqat makomlarini eson-omon bosib o‘tgan, kalbi iloh ma’rifatiga limmo-lim orif inson bo‘lishi kerak. Pir har jihatdan muridga o‘rnak bo‘lishi darkor, ham bilimning chuqurligi, ham tariqat usullarini yaxshi bilishi,ham ko‘nglining pokligi, nafsini maxf etganligi va xokazolar bilan ajratib turishi sababli so‘zim va harakati bilan, suhbati va nazari, tadbiri va ximoyasi bilan muridga ta’sir o‘tkazmasligi lozim. Koshifiyning shayxlik ruknlari keltirildi. Pir muridning shodligini ham, g‘amini ham baham ko‘rgan, uni nasixat, tanbex va ilmli so‘zlar, harakatlar bilan ruhlantirib quyidan yuqoriga qarab vazifalar ham murakkablashib boravergan.
Koshifiy yozadi:«Agar haqiqat pirlari kim deb so‘rasalar, buning alomatlari quyidagilar deb javob bergil:tunlarni bedor o‘tkazish yomonlar bilan o‘tirmaslik, ilm o‘rganish, g‘iybat va yolg‘ondan saqlanish, odamlar hursandligini istash va shu xislatlarni o‘z muridlarini etkazish».
Bizning tariximizda bunday munavvar qalbli notiq insonlar kam bo‘lmagan. Ular o‘z muridlarini farzandlaridek yaxshi ko‘rganlar. Pir xech qachon muridlariga ko‘z olaytirmasligi, biron bir yo‘sinda ishora qilmasligi, aksincha kishida biror mushkul ish tug‘ilganda darrov yordam berishi mushkulni xal qilish kerak. Muridning mushkuli faqat jiddiy qiyinchilik emas solihlar buni xech qachon e’tiboga olmaganlar, mushkul deganda tasavvuf axli ma’naviy muammolar yuz beradigan talablar tug‘iladigan savollarni anglaydilar. Pir ana shularga javob topib, muridni qanoatlantirishi shart. Agar qanoatlantirishga ko‘zi etmasa muridni boshqa o‘zidan kuchlirok shaxsga tavsiya etadi. Shuni ham aytish kerakki solixlarni iste’dodi xilma-xil bo‘lganiday pirlarning murabbiylik qobilyati ham turlicha bo‘lgan. Ba’zi shaxslarga muridga tarixiy odobini o‘rgatganlar ya’ni uni taslim va itoatga keltirish man-manlik xirsu xavo kabi tuyg‘ulardan ham etish bilan shug‘ullanganlar, ba’zi shaxslar muridga ruhiy karomati mo‘jizalari bilan ta’sir etganlar, yana bir kism shaxslar shogirdlariga tasavvuf asoslarini o‘rgatish nazariy bilimlar bilan qurollanganligiga e’tibor qilganlar.Masalan Hazrati Bahouddin Naqshbandning bir necha pirlari bo‘lgan. Naqshbandning yozishicha, Xoja Hazrati Bahouddin valiylarni uch toifaga bo‘ladilar. Ular: «muxallid, komil va muhammal. Muxallid eshitganicha amal qiladi. Komil o‘z vujudidan chiqib ketmaydi, mukammalning tarbiyatisizmukammal bo‘lmaydi» 11
Tariqat yo‘lini ixtiyor qilgan muridga eng avvalo istak, iroda o‘zining ichki va tashqi intilishlarini shariatni o‘rgatishga pirning ko‘rsatmalarini bajarishga bo‘ysundira olishi shart. Hazrati Bahouddin Naqshband aytardilar «Iroda, taslim va ixtiyorsizlik bu ulug‘ ishdir». Bizning ixtiyor qilganimiz «al-irodati tarxul-irodati fil-irodati» degan so‘zdir, murid o‘z xoxishini boshlab,o‘z muktadasining xoxishi ichiga butunlay ko‘milib ketishi kerak.Ya’ni o‘z xoxishlaridan voz kechib pir ko‘rsatmalariga so‘zsiz rioya qilish lozim.
Hazrati Bahouddin Naqshband pir sifatida muridlarni tariqatga tayyorlashda turli usul va vositalardan foydalanganlar. Bular suhbat, valiylik ya’ni valiylik karomati ko‘rsatish jazava. Bularni tanlash muridning holatiga va tariqatni egallash darajasiga bog‘liq holda bo‘lgan. Muridni avval suhbat orqali sinab, undagi istak va kobilyatni aniqlab, shu asosda ma’qul yo‘l tanlangan. "Tolib avvalo bir muddat bizning do‘stlarimiz bilan hamsuhbat bo‘lishi zarur, toki unda bizning suhbatimizga nisbatan qobiliyat paydo bo‘lsin"-deb quyidagi she’riy baytni takrorlardilar: Nabin vaqti suftan mardi xannon, Ba shogirdan dixad durri xatarnok.
Mazmuni: Ko‘rmaysanmi, durga shakl beruchi durni teshayotgan paytda, xatarnok (nozik) durni o‘z shogirdiga beoradi.
"Ixtiyor bizda, agar xoxlasak tolibga jazava orqali ta’sir qilamiz. Murshid (pir) bu- kozik tabib muridning xoliga muvafaq bo‘lgan davoni qiladi". Tariqatni o‘rganishda toliblar o‘zaro bir-birlari va guruh tarzida suhbat qilishlari ko‘proq foydali bo‘lishini alohida takidlaganlar. "Agar bu yo‘ltoliblaridan bir guruhi bir-birlari bilan hamsuhbat bo‘lsalar bu suhbatda xayru baraka ko‘p bo‘ladi. Umid borni, bu ishga doimo amal qilinsa oxiri xaqiqiy iymon bilan yakunlanadi"
Bahouddin Balogardan aytar edilar: "Xaqning xalqi bilan emas xaqning o‘zi bilan mushvarat (yonma-yon) bo‘lmoq kerak". Tariqatni chuqur o‘rganishdan oldin musulmonchilik asoslari Qur’on, Hadis payg‘ambar sunnatlarini o‘rganishi shart. Aytar edilar "Musulmonlik bu-iloji boricha xukmlarga bo‘ysunish, taqvoga rioya qilish, amalni bajarishga intilish va bekorlikdan o‘zoq bo‘lib, bularning hammasi nuri safi va rahmat hamda viloyat darajasiga etishish vositasidir. Avliyolarning aziz manzili va maqomlariga mana shu sifat parvarishi orqali etiladi" deb ta’kidlaganlar piri murshid.
Aytar edilar:"Kishi o‘zining nafsiga tuxmat qilishi kerak.Kimki Xan subxonaxu inoyati bilan o‘z nafsining yomonligini tanigan, uning xiyla-nayrangini anglagan bo‘lsa, bunday qilish unga oson bo‘ladi. Bu yo‘ldan yuruvchilarda o‘zgalarning gunohini ham o‘zlaridan deb bilish xollari ko‘p bo‘ladi." Musulmonlik ishlarini bilish muridni tariqatini o‘rganishida dastlabki bosqich bo‘lib, uni Tashqiliy jismoniy, ruhiy va axloqiy jihatdan tayyorlaydi. SHulardan so‘ng tasavvur ta’limotini o‘rganishga o‘zini tariqatga bag‘ishlashi foydali bo‘ladi. Tariqatni o‘rganish esa ustoz pirsiz bo‘lmaydi.
Tasavvuf ilmdagi etuk ustoz qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerak? U kishi avval Qur’oni Karimni chuqur biluvchi, uning bilimlarini nazariy va amaliy amalga oshira oladigan ustoz lozim.
Ustoz-shogird, ya’ni tariqatni o‘rgangan kishining yosh o‘qib o‘rganuvchiga o‘rgatishi eng muhim udum hisoblanadi. Buni albatta ancha ijobiy tomoni bor. Ko‘pchilik xollarda islom ta’limotini o‘ rganishda yakka- indivudial ta’lim oluvchining o‘zi say’i -harakati xal qiluvchi hisoblanadi, t ariqatni o‘ rganishda solih ma’lum darajaga erishgan piri-murshiddan ta’lim olishi ijobiy hisoblanadi. Buning ibratli tomoni shundaki, tariqat ma’lum yo‘l-suluh sifatida yaxshi bir ta’limot hisoblansada uning asosiy vazifasi muridga axloqiy ta’sir qilish, eng avvalo uni shaxsiy axloqiy jihatdan uni suyauxni o‘ rganishga tayyorlash muhim hisoblanadi. Bunda pir - murshid yoki muridga eng avvalo sha hsiy sifatlari , yurish- turishi , xay ot tarzi , axloqi bilan ta’sir qilib, uni tarbiyalaydi . Ikkinchida ,Tariqatni urganish, uni axloq- odobi darajasida muridga singdirishga amaliy va nazariy yordam beradi. SHu yo‘l orqali muridni xato kamchilik, adashishdan asrab tariqat mazmun-mohiyatini to‘ g‘ri anglash va unga amal qilish yo‘l -y o‘ ri qlarini egallashni osonlashtiradi.
Ustoz-shogird yoki pir-murshidlik boshqa tariqatlarda bo‘lganidek Naqshbandiya tariqatida ham muridni tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Manbada keltirilishicha Hazrat Bahouddin aytar edilar: «Bu yo‘ldan yuruvchilarga iltijo (Niyoz) o‘zni xor tutish (maskanat) va oliy ximmat kerak, u odamni manna shu eshikdan kiritadilar, biz nimani tanlagan bo‘lsak, shundan topdik». U kishi takrorlardi:
Injo Ruhi zardu toman tanda harand,
Bozor chi kasabfurushoni uncharast.
Tarjimasi:
Bozorda beqasamlar va boshqalar bo‘lsa ham,
Bu erda faqat sirgangan yuz va tanda liboslar sotib olinadi. Hazrati Bahouddin o‘z muridlariga qator talablar qo‘yar edilar. Eng avvalo tariqat yo‘lini tanlagankishi o‘z nafsini tin olishi, bu yo‘lda yuruvchi o‘z nafsini fir’anning nafsidan yuz marta battar deb bilmasa,demak bu yo‘lda emasligiga iqror bo‘lishi zarur. SHuyo‘l bilan murid,«xaqiqiy murshid inoyati orqali axloqni hamda yoqimsiz fe’llarnio‘zgartirishi bilan nafsga qarshi kurasha oladi». Nafsini tiyib kishilar bilan yonma-yon yashasada «Xaqning o‘zi bilan mushovarat bo‘lmoq kerak»,-deb ta’kidlaganlar.Yoki Abdolonki u mubaddal shavad Hamrash az tabdili Yazdon xall shavad. Tarjimasi: Ulki abdol, fe’lin tamom o‘zgartirmish, Yazdon inoyatidin obdan qiyomga etmish. Naqshbandiya tariqatida muridga qo‘yiladigan eng muhim talab tavfiq, koxat, sabr, o‘z yomonligini bilish uning xiyla nayranglarini anglash orqali shukr qiluvchi banda sifatini olish. SHunday yo‘l tutsa, muridni sulux mohiyati, axloqi asosini tushunishi osonlashadi, o‘zini gunoh qilishdan tiya oladi va tariqat talablarini to‘la bajarishga erisha oladi. Hazrati Xoja aytar edilar: «Musulmonlik bu-iloji boricha xukmlarga bo‘ysunish, taqvoga rioya qilish, amalni bajarishga intilish va bekorlikdan uzoqlab bo‘lib, bularni hammasi nuri safoga va rahmat hamda viloyat darajasiga etishish vositasidir.
Naqshbandiya tariqatini kishilarga o‘rgatish ayniqsa, muridni bosqichma-bosqich suluk bilan tanishitirishda ham ma’lum tizim, metodika yoki xizirga lavr tilida-genpologiya mavjudligini payqash qiyin emas. Bu metodika o‘z ibrat namunasi, axloq odobi, bilimi, orqali ta’sir qiladi. O‘z navbatida murid ham aql-zakovati, irodasini ishga solishi, o‘z pirining ko‘rsatmalarini to‘la bajarishi lozim. Hazrat pir aytar edilar: iroda, taslim va ixtiyorsizlik bu ulug‘ ishdir. Bizning ixtiyor qilganimiz «al irodatu tarqul-irodati fi-l-irodati» degan so‘zdir, murid o‘z xoxishini tashlab, o‘z mutadosi (piri) ning xoxishi ichiga butunlay ko‘milib ketishi kerak.
Naqshbandiya tariqatida asoslangan bu usul keyinchalik pedagogika va psixologiyada XX asrda 6 asr so‘ng inson aqliy va ruhiy olamini bosqichma bosqich nazariyasida rus olimlari Galperin N.F. Tamazinlar tomnidan asoslandi.Inson odobi qadamba-qadam anglashi orqali takomillashtirildi. Tariqatlarda piru murshid darajasida ko‘tarilish maqomat va martaba ya’ni qonda va talablarini egallash orqali bo‘lishi ta’kidlanadi. Maqomat arabcha maqomning ko‘pligi bo‘lib, urin joy „martaba darajani bildiradi. Demak biron t ariqat namoyondasining maqomati deganimizda o‘ sha kishining muayyan t ariqatda tu t gan o‘ rni , qilgan amallarini tushunish mumkin. Tariqat odobini egallash unga murakkab va ko‘p bosqichli jarayondir . Xoja Boxouddin aytar edilar: « Bu yo‘lni talabida bo‘lganlarga quyidagilarga amal qilish shart: At tariqatu kulluxo odobun, bakullu xolun adabun va bakullu makolun adabun, faman lozamal adaba bolaga muballagur- rishol ». Ma’nosi tariqat yo‘li odobdan iboratdir, har bir xoll va har bir maqomning odoblari bor kimki odobni ushlash uni balog‘at axlining balog‘atiga etkazadi. Odobning mohiyati nimada? Odob bu xulkni chiroyli qilish so‘zni va fe’lni soz qilish. Har bir kasb-xizmat o‘z odobiga ega. Hazrati Xoja ta’kidlab «Adabul xilvatu aoza tiddu alomatuxu kabulul amal va lubuduyatu mulozamatul adabi va-t-tug‘yonu sadul adabu» ya’ni ma’nosi xizmat odobi ulug‘ batdan yaxshiroq uning belgisi kabulu tug‘yon esa odobning bo‘zuqligidir . Har bir xizmatda tariqatda ham ma’lum axloqiy qoidalariga rioya qilish kasbga bo‘lgan ixlos va sadoqat bo‘lishi bilan shaxsni kamolotga erishishini ta’kidlab, unga izzat ikrom keltiradi va eng muhim kasbini ulug‘laydi. Tolibi ilim tariqat odoblariga rioya qilib ham u kamolotni ta’kidlasa ta’limotiga nisbatan boshqalarning izzat hurmatini oshirishga olib keladi. Kasbni ulug‘lab inson ulug‘lanadi, izzat hurmat topadi, Kasbni egallash orqali inson obru e’tibori ortib ulug‘lik va ulug‘vorlikka erishadi. Hazrat dedidar «Adabni saqlash muhabbat samarasi, ya’ni muhabbat darajani muhabbat ulug‘i hamdir». Kasb odobiga rioya qilmaslik ham kasbni obro‘sini pasaytiradi va tolib ilmini kishilar e’tiboridan qolishiga olib keladi.
Tariqatni o‘rganishda adabning vazifasi tolibda intizom va u orqali ixlos e’tiqodni shakllantirish va tariqat toliblariga to‘la rioya qilish unga har qanday ruhiy va jismoniy xolatga ham hiyonat qilmaslik mas’uliyatini tarbiyalashdir . SHu asosda Hazrati Bahouddin Naqshband murid qadamba-qadam tariqatga , pirga nisbatan odobni saqlab, payg‘amabar va haq ta’ologa nisbatan odob qilib, darajama-daraja payg‘ambar sunnatini egallab haq subxonaxu va ta’ologa etishadilar. Bu fikrlarni hazrat quyidagicha bayon qilganlar. «Bir odob bor u haq subxonoxu va ta’ologa nisbatan bo‘ladi, bir odob u payg‘ambar Solloloxu Alayxi Vassallamga nisbatan bo‘ladi ya’ni bir odob bor u mushoxidlarga nisbatan bo‘ladi. Haq subxonu va ta’ologa nisbatan bo‘ladigan odob shundaki uning farzinlarini zoxirda va botinda to‘liq bandalik bila nado qilinadi va undan boshqa har qanday narsadan yuz o‘giriladi. Payg‘ambar Solloloxu Alayxi Vassallamga nisbatan bo‘lgan odob shundaki o‘z «Fatobiuni» (menga itoat qilinglar) maqomiga to‘liq olib kiradi va birga shu xolatga nisbatan hurmat qoidasini to‘liq saqlaydi, mushoxidning xal qiluvchi mushkullari Hazrati Haq subxonoxu irodasi orqaliu bilan ekanini anglashi va har kim hamda har bir narsa uning izzat ostonasiga boshqo‘yganini bilishi kerak shayx ( pir) ga nisbatan odobning kotib va lavozimining sababi shuki ular (shayxlar) sunnatga to‘liq amal kilish orqali haq subxonoxu va ta’ologa etishganlar».
Pir tolibning imkoniyatlarini bilish kerak uni tariqatini egallash darajasiga qarab muomala qilishi, uni ortiqcha qiyinchilik va zo‘riqishlardan asrashi lozim Hazrati Bahouddin aytar edilarki pirning har kim bilan qilgan muomalasi usha odamning qobilyati darajasiga mos bo‘lishi lozim. «Agar tolib boshlovchilardan bo‘lsa, uning yukini teng ko‘tarishadilar va uning xizmatini qiladilar.» Hazrat davom ettirib ta’kidlaydilarki, «aqli murshid (pirlar) sayyod (ovchi) kabidurlarki, noziklik bilan va vaxshiy jonivorni qo‘lga oladilar va tolibni vaxshiylik sifatidan odamlik maqomiga etkazadilar. Bu toifa aqli irshod hikmat kabi chiroyli tadbir qo‘llab soxib tabiatan tolib bilan muomala qiladilarki, oxiri uni buysundiradilar sunnatga tobe qilish yo‘liga kirgizadilar hamda visol maqomiga olib chiqadilar.» Tariqatga kiruvchi solih bilan pir o‘rtasidagi munosabat o‘zaro ishonch va hurmatga asoslanishi va shu asosda tolibning Tariqat borasidagi bilimlari to‘lishib mustahkamlashib borishi lozim. Pir bilan tolib o‘rtasidagi noqobil ko‘pol muomala tolibning ta’limotiga munosabatini o‘zgarishiga, unga nisbatan e’tiqodini barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Piru murshid bu borada aytadilar: «Solihning bari ishlar yaqin (ishonch) asosiga qurilgan bo‘lishi zarurki, to natija yaqin (ishonch) orqali zuxurga kelsin.» «Ma’rifatga tavsiliy» (to‘lik bilim) solih va toliblar maqsadining so‘ngi pog‘onasi bo‘lib, bu pog‘ona mazkur sifat orqali xosil bo‘ladi. Tolibda axlullox (avliyolar) haqiqatiga nisbatan bo‘lgan xusni xaqida «CHiroyli e’tiqod» yakin ishonchsiz xosil bo‘lmaydi e’tiqod esa arzimagan narsa bilan o‘zgarishga uchraydi. SHu sohada pir tolibni asta sekin tariqatga ishontirib uni sayoz bilimini chuqur puxta bilishga aylantirib, dalilu hujjat martabasi orqali kashf va ayonlik martabasiga etkazadi. Hazrati Xoja ta’kidlaydilarki, tariqatni o‘rganishni muhim metodlaridan biri zikr aytishni o‘rganishdir Ammo buni har kimdan emas, balki komil pirdan o‘rganmoq lozim. Bunda tolibning vazifasi uni qunt bilan o‘rganib, amalda qo‘llashi. SHunda «Rushnolik xosil bo‘lishi» mumkinki, bu to‘ligincha tolib harakatiga bog‘lik. Bu borada hazrat aytar edilar: «Talqini zikr»ni (zikr aytish qoidasini) komilu mukammal pirdan ta’lim olish kerak. To ta’sirni bilinsin va natija xosil bo‘lsin12. O‘qni sulton o‘qdonidan olmoq kerak, toki ximoya qilishga arzisin, Biz «talqini zikr»ni bo‘zurgvor shayx Xoja Muhammad Boboiy Samoyiddindan olganmiz»Men deb ta’kidlaydilar Xoja Bahouddin Hazrati Azizondan ikki xil zikr qilishni o‘rgandim. Biri taxr va biri xufya xufya zikri kuchli va avlo bo‘lgani uchun bir uni ixtiyor qildik. Zinda Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy. Makomati Yusuf Hamadoniy.-Toshkent, «vakufi adadiy» (tok aytish) ilmi laduniy hisoblanadi.Zikrdan ko‘zlangan maqsad-zikr aytuvchini«Kalimai tavxid»haqiqatiga etishishdir.«Kalimai tavxid»ningmohiyati Allohni qalbga naqsh qilish, undan boshqa narsani butunlay ketkazishdir. Vaqufi adadiy»dan maqsad vaqtni xis qilish yoki«vaqufizamoniy»dir. «Vaqufi zamoniy»dan murod tolibning doimo o‘z ahvolidan xabardor bo‘lishi, «Har bir zamonda o‘zining xoli va sifati qanday, shukr paytimi, o‘zr paytimi buni bilibkalbga sayqal berishi lozim. Zikrning davomiyligi maqsadga etishish bilan belgilanadi. Maqsad esa haq ta’olo vaslig‘a etishish, ya’ni uning yagonaligi tavhidni anglashdir.
Hazrat Bahouddin Naqshband ta’limoti ma’lum pedagogik tizim va inson ruhiy olami mohiyatiga asoslangan ta’limot, desak hato bo‘lmaydi CHunki uning inson imkoniyatlariga mos kelishi xavoiy, nazariy uylab chiqarilgan emas, balki buyuk piri murshidning o‘z shaxsiy tajribasidan 40 yildan ko‘proq eksperimental sinovdan o‘tgandir. SHundan bo‘lsa kerak tariqatni o‘zlashtirish metodi hisoblangan zikrni qachon aytish ko‘proq foydaliligi ham unda asoslangan. Xufiya zikr «Subhdan avval, shomdan so‘ng xilvatda va xalqdan o‘zokda» amalga oshirilmog‘i lozim. Xufiya zikrni Hazrat «vaqufi kalbiy» ham deb aytadilar. «Vakufi kalbiy»tariqat mohiyatini qalbga toqilish uchun xizmat kilsa, «vakufi adadiy» rennik jarayonlarni ta’lim olishga yo‘naltirish uchun xizmat qiladi. Hazrat aytadilar: «Zikrda adadga rioya qilish diqqatni jamlash uchundir, chunki nazar parishondir».
Zikr paytida tolib umuman tashqi dunyoni unutib, haq ta’olo ilmini qalban egallash uchun butun borligi, xissiy va aqliy olamini unga jalb qila olishi zarur. Tashqi olam bashariyat vujudi unutilib, tolib o‘z ruhiy olamini ilohiyga yo‘naltiradi. SHunda o‘ziga xos ilohiy jazava xosil bo‘ladiki, bu esa haq ta’oloni bilishni osonlashtiradi. Bunda nafas olish va uni chiqarish muhim rol uynaydi. Nafasni zoya ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uni ehtiyot qilish muhim hisoblanadi. Bir nafasda uch marta aytish, agar natija bo‘lmasa, yigirma bir marta takrorla, shunda ham bo‘lmasa, ishni ya’na boshlash zarur.
Yuqoridagi kabi qoidalarga rioya qilish tolib xayolini bo‘linmasligiga, xayolga keladigan ortiqcha narsalarni bo‘linmasligiga, xayolga keladigan ortiqcha narsalarni kuvab yuborishga asos bo‘ladi.
SHunday qilib Naqshbandiya tariqatida belgilovchi zikrni xufiya bo‘lib,u «Dilni tozalovchi qurol bu-zikr, odam uchun haq subxonoxu tomon yo‘l faqat doimiy zikr aytish orqalidir.» Bu jarayonlarni tezlashtirish yoki ma’lum sabalargako‘ra solihda tariqatni o‘rganishga ishtiyoqni pasayganini sezgan pirlar o‘zlaridagi basiriy quvvatlardan, ya’ni avliyolik, vakillik hisoblaridan ham mohirona foydalanganlar. Professor N.Komilov pirlarning bu boradagi karomatlardan ustolik foydalanganliklaridan ibratli misollarni keltiradi. Rivoyatlarda keltirilishicha SHams Tabriziy Jaloliddin Rumiy bilan uchrashganda uning qo‘lidani kitobini olib xovuzdagi suvga otib yuboradi. Jaloliddinning ko‘ngli achiganini ko‘rib kitobni yana qaytib suvdan oladi. Ammo suv kitobga xech ham ta’sir qilmagan bo‘ladi. SHayx Najmiddin Kubro Tabrizda Bobo Farangi sufiy bilan uchrashadi. Bobo Farangi Najmiddin Kubroga va u bilan uning qabuliga kirmokchi bo‘lganlarga kiyimlarini buyuradi. Ular Bobo Farang aytganini qilib, ichkari kirib utiradilar. Birozdan keyin Bobo Farangda kuchli ruhiy o‘zgarish iz beradi. O‘ziga kelgach, xirkasini echib Najmiddinga Kubro bu vaqtda ulamodan tafsirni o‘rganmokda edi, kitob ham ohirlanib, ikki kunlik saboq qolgan edi. Najmiddin Bobo Farang bilan uchrashganinin ikkinchi kuni yana avvalgi ustozi oldiga borib saboq olmoqchibo‘lganida Bobo Farang paydo bo‘lib, «Men kitob mutolasini endi senga zararli deb aytdimku, Yana kelding» deya uni axloqiy-daliliy ilmlar bilan shug‘ullanishini ta’kidlaydi. Chunki Najmiddin Kubro aqliy bilimlarni etarli egallab, unda botiniy-laduniy ilm xali etarli emasligini Bobo Farang fahmlagan edi. SHuning uchun unda aqliy va botiniy-zavqiy bilimlarning omuxtaligini ta’minlash uchun Bobo Farang bosiriy ilmlar bilan shug‘ullanishni to‘g‘ri maslahat beradi. Pir-murshidlar solihdagi tariqatni egallashga bo‘lgan ishonchining mustahkamligini sinash, yoki aytarli kamchiliklarini butkul bartaraf qilish uchun o‘zlari ixtiyoridagi karomatlardan o‘rinli yoki hozirgi fan tilida aytsak ijtimoiy - pedagogik trening tarzida foydalanganlar. Pirning karomati solih ko‘z o‘ngida mu’jizadek bo‘lsada uni o‘zi va shayx tariqat to‘g‘risadagi tasavvurini bir onda o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. Hazrati Naqshbandning o‘zlari ham vaqti-vaqti bilan tariqat talablarinin muridlar bajarishini muhokama qilib, ular faoliyaticha tuzatish korreksiya kiritganlarini Idris Sharh yozgan. Hazrat Bahouddin Naqshband doimo o‘z botiniy ahvoliga nazariy va xifzu hisob qilib tekshirib turishini ma’lum tizim sifatida qaragan.Insonninig ollohga intilishi susaymasligi o‘zini dunyo mehriga berilmasligi uchun kuzatishi va tuzatishi muqarrar muhim usul sifatidaqaralgan, shunda u o‘zini nafs orqali bo‘shatib iroda ixtiyori qaysi tomonda xaqidami yokihaqdami aniqlab turishi zarurligi asoslangan. Bu esa uni o‘z botiniyga safari orqali kishining botinga safari qanchalik kuchli bo‘lsa o‘zini anglashi, «Zotan o‘zingga ketish-o‘zidan ketish (o‘zini tark etish) demakdir va ayni paytda bu o‘zingga qarab borishdir ham. CHunki o‘zingni tark etmak-o‘zini tanimoqdir» (N.Komilov) u bilan birga Bahouddin Naqshband o‘z tariqatini o‘rgatishda shogirdning imkoniyatlarini ustalik bilan hisobga olgan. Unda avliyolik va valiylik xususiyatlarining mavjudligi muridning ichki xissiyotini bilish, uning imkoniyatlarini aniqlash va hisobga olish uchu asos bo‘lgan.
Tariqatni o‘rgatishda murid boshlang‘ich xolatda, ya’ni rivojlanishda bo‘lsa uni o‘rganishga doir hatti-harakatni to‘g‘ri amalga oshirishga alohida e’tibor berish kerak. Bahouddin Naqshband tariqat mashqlarida insonning ma’naviy olamiga yo‘llovga o‘zlarini topish orqali uni kamolotini amalga oshirishni muhim hisoblaydilar.

Yüklə 85,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin