Falsafa tarixi


Naqshbandiya tariqatining tasavvuf ta’limotida o‘ziga xos o‘rni



Yüklə 85,78 Kb.
səhifə5/11
tarix03.06.2022
ölçüsü85,78 Kb.
#60476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
FALSAFA T TUVALOV.B

1.3.Naqshbandiya tariqatining tasavvuf ta’limotida o‘ziga xos o‘rni.
Hozirgi kunda dunyoda keng tarkalib borayotgan diniy mutaassiblik siyosiy muammolarni xal etishning asosiy vositasi sifatida kuch ishlatish va zo‘ravorlik qilish o‘zining ijtimoiy va diniy qadriyatlarini ustun quyish g‘oyalari va konsepsiyalari terrorizm hamda diniy determinizmning g‘oyaviy-ma’naviy asoslarini tashqil etadi. Ularga qarshi kurashda xalqimiz ilg‘or farzandlari tafakkurining mevasi bo‘lishi va boy ijtimoiy falsafiy va ma’naviy merosimizning ajralmas qismi hisoblangan tasavvur tariqatlarining xaqchil g‘oyalari o‘tkir qurol sifatida xizmat qila oladi .6
Tasuvvuf o‘z vaqtida islom dinining vujudga kelishi va keng tarqalishi mustaxkamlanishi va rivojlanish jarayoni bilan o‘zviy bog‘langan holda paydo bo‘ldi va o‘zoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Uning ilk ta’limotlari IX-X asrlarga mansub bo‘lib islom dunyosida o‘sha davrdagi ijtimoiy va ma’naviy extiyojlariga javob tariqasida paydo bo‘lgan edi. Arablar Markaziy Osiyoni bosib olish davrida uning xalqlarini og‘ir axvolga solgan edilar. «Tasavvur falsafasi sen shu ijtimoiy adolatsizlikka qarshi norozilik kayfiyati sifatida shakllandi. Bu oqim vakillarining diniy-falsafiy qarashlarida odamlar o‘rtasida tobora chuqurlashib berayotgan tengsizlik va adolatsizlikni qoralash hammani o‘zining kuchi bilan kun ko‘rishga chiqarish g‘oyalarni ilgari surildi. Tasavvur falsafasida ijtimoiy gumanistik fikrlar ustunlik qilar edi.
Ammo dastlab uni siyosiy va diniy arboblar tomonidan qabul qilinishi bir xil sillik kechmadi. Ayniqsa muatassib din arboblari va ulamolari tomonidan xudosizlikda ayblangan yirik mutasavvuf olimlardan biri bo‘lgan Mansur Xallol (858-932) qatl qildi. Bu esa diniy ma’naviy muammolarini kuch ishlatish zo‘ravonlik vositasida xal qilishning yorqin misoli edi. Extimolni shu voqea sabab tasavvuf ta’limoti diniy zo‘ravonlikni oldini olish unga ta’mir ko‘rsatish tarzida diniy manfaatini yoqlashga yo‘g‘rildi. Va jamiyat shaxs ma’naviyatini axloqni mustaxkamlash uni mohiyatini senga insonparvarlashtirish inson xayotida tobora yaqinlashtirishga yo‘naltirildi. Bu esa ishtiyoqlama foydali bo‘ldi: dinni inson xayotiga ehtiyojiga yaqinlashtirdi va bu vazifani xal qililuvchi turli tariqatlar ko‘paya bordi, ya’ni ularni xalq o‘rtasiga keng tarqalishiga din peshvolari insonlik qila olmadilar.
Chunki tasavvufning deyarli hamma oqimlarini birlashtiradigan tamoyillar zukud va xudo visoliga etishish haqidagi ta’limotlardan tashqari ularning zulm va zo‘ravorlikka qarshi g‘oyalari xech kimga yomonlikni ravo ko‘rmaslik o‘zgalarga yordam berish soxiy va sabr toqatli bo‘lishi halol mehnat qilish komil inson darajasiga erishish yo‘llarini ko‘rsatish bilan bog‘liq sa’yi-harakatlari ham tashqil etadi.
Bundan tashqari Islomning tasavvufga munosabatining o‘zgarishiga nafaqat istilochilik va harbiy yurishlar bilan tarqatish mumkinligi balki xalqqa tushunarli va yoqimli bo‘lgan ma’naviy axloqiy vositalar bilan keng tarqatish insoniyatining paydo bo‘lganligidir. Chunki tasavvuf g‘oya va ta’limotlari islomni inson kamolotiga olib boruvchi yo‘l va vositalar bilan boyitdi.
Din va dindorlar uchun yana bir muhim topgani diniy g‘oyalarni ortiqcha sarf harajat ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy harbiy tadbirlarsiz tarqatish imkoniyati tug‘ilganidir.Tasavvuf ilm islom ma’naviyatining qolaversa jahon taffakur olamining bu ta’limotidir. Tasavvuf maqomlari insonni donolikka donishmandlikka chorlaydi. Inson va insoniyatning donishmandligiga xizmat qiladi. Insoniyat tajribasi ko‘rsatadiki, donolik mujassam bo‘lganligiga ijtimoy-siyosiy iqtisodiy taraqqiyot bo‘lishi mumkin.
«Tasavvuf ilmi insoniyatni idroki donishmandlik maqomi orqali insonlikka yo‘naltiradi.Barcha ishlarda ilmiylik kashf etiladi. Aql-idrok orqali kishilik xuquqiga erishish o‘z-o‘zini erkin boshqarishga yo‘llaydi» Tasavvuf yaxlit diniy axloqiy falsafiy ilmiy ta’limot hisoblandi. «Tasavvuf» ta’minotida dastlab quyidagi qoidalarga amal qiladi: «ilmiy yaqin» ya’ni mohiyatini ilm bilan bilish; «aynul yaqin»ya’ni mohiyatini aniqlash va «xaqqul yaqin» ya’ni Alloxni bilish va uning qudratini tan olish. Bu qoidalar tasavuf ilmiga kirishning dastlabki qadamlaridir»Tasavvuf ta’limotini yaxlit bir fan sifatida o‘rganmoq lozim. Bunda gnolologik yoki metodik jihatdan bosqichma-bosqich erishiladi. Bu bosqichlar asosiy 4ta.1. ilm shariat. 2. ilm tariqat. Z.ilm ma’rifat. 4. ilm haqiqat.
Ma’rifatda o‘n yil haqiqatda o‘n o‘rin bilan jami va maqomni Tashqil etadi. Bulardan shariat amal qilish shart bo‘lgan qonundir. Tariqat esa mujasamlashgan qat’iy odobu axloqdir. Iml ma’rifat ilm haqiqat esa avliyolarning o‘zlariga xos yo‘lidir. Bunda ma’rifat muridining o‘zini anglab etish sari yo‘l tutishi ochig‘I nafsini tiyishidir. Haqiqat esa o‘z ruhinig tangri ruhi bilan bog‘lanishiga yo‘l tutishidir.
SHarqning buyuk tasavvuf mutafakkirlari Julayd Bag‘dodiy, Mansur Xalloq,Muhammad G‘ozzoli Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Ahmad YAssaviy, Xoja Bahouddin Naqshbandlar o‘zlariga yo‘l tutib tasavvufni rang-barang shaklan har xil (poetik) yoki nasriy tarzda boyitganlar.
Tasavvufda asosiy shaxs sufiy hisoblanadi. Sufiy uchun na dunyodan va naoxiratda ta’ma bo‘lmasligi kerak. YAgona istak bu xudoning diydoridir xolos.
Mashhur so‘fi ayol Robia Adviya (714-801) tangriga murojatlarida nola qilib aytar ekan; «Ey parvardigorim, ey yori aziz, agar jannatingdan benasib et agar do‘zaxingdan qo‘rkib ibodat qiladigan bo‘lsam meni do‘zax o‘tida kuydir ming-ming roziman. Ammo agar sening jamolingni deb tunlarni bedor o‘tkazar ekan yolvoraman men jamolingdan maxrum etma!» Tangri taologa quruq ko‘r-ko‘rona muteminning xojati yuq. Xudo g‘azabidan qo‘rqibgina amri ma’rufni bajarish sadoqat belgisi emas, balki ziyodir. SHuning uchun sufilar: Alloxni chin dildan sevish, uning zoti va sifatlarini tanish va bilish ko‘ngilni nafsu xirs g‘uboridan poklab botinish musaffo bir xolatda ilon vasligi etishish va bundan lazzatlanish g‘oyasini keng tartib qildilar. Inson Ruhi ilohiydir va demak asosiy maqsad-olishga borib qutilmoqdir dedilar. SHu tariqa dunyodan ko‘ngil uzgan ammo zoxidlarga o‘xshamaydigan zexnu zakoviy aqlu darajasida tengsiz ammo o‘zga mutaffakirlar foydalanishlardan ajralib turadigan shariat ilmini suv qilib ichgan toatu ibodatda mustahkam lekin oddiy dindorlardan farqlanadigan ajoyib xislatlar odamlar toifasi paydo bo‘lgan ediki, ularni Ruh kishilari deb atardilar.
Alisher Navoiy ham Bahouddin Naqshband va Abduraxmon Jomiy murshidi «ofok noshifi isrori iloh» barcha ishlardan xabardor karomatli va insoniyatli va pok niyatli zotlar sifatida ta’rif tavsif etadi. Masalan Bahouddin Naqshband.
Mulki jaxon mazmun mohiyati ul,
Balki jaxon mulki nigoxbani ul,
Yo‘q manolikka nogixband bo‘lib
Barcha sanotan o‘za sulton bo‘lib
Xaq so‘zini elga qilurda ado
Teng kurishib oldinda shoxu gado Tasavvuf ta’limoti («Xayratul Abror»dan)
birdaniga emas qadamba qadam rivojlanib nuqul diniy axloqiy talqindan ilmiy-falsafiy Ruhiy psixologik badiiy she’riy shijoatdan boyidi.
Agar IX-XI asrlarda tavxid asoslarini chuqurlashtirishga katta e’tibor berilib tasavvufning fan va baxo kabi tushunchalari xaqi visol bo‘lish mayli shiddat bilan targ‘ib qilingan bo‘lsa XIII asr o‘rtalarida boshlab tafakkuriy aqliy yo‘nalsh etakchilik qila boshladi. Bu falsafiy oqim tasavvuf tarixida «vakdjagud vujud» nomi bilan shuxrat topdi. Sufilar endi tuzilishi odamlarning xususiyatlari olam va odam munosabatlari nomi inson anglamalari bilan bosh qotiradigan bo‘ldilar. Natijada ibn Arabiy va Jaloliddin Rumiy kabi zotlarning asarlarida butun bir falsafiy tizim o‘z ifodasini topdi, ular ilohiy nashr karomat Ruhiy psixologik xolatlar latifalar bilan birga real insoniy hayot haqida ham shunda ko‘p ijobiy fikrla rni bayon etdilar. SHunday qilib, tasavvuf SHarq fikriy taraqqiyotidagi ko‘p asrlik tajribalarni o‘z ichiga qamrab olib, uni rivojlantirdi din va falsafa tinmay va vaxdiy kalom va hadis ilmlarini birlashtirdi ilohiy ilmlar bilan dunyoviy ilmlarni o‘zaro bog‘lashga harakat qildi. Natijada tasavvuf sharq kishisining tafakkur to‘zi va axloq normasini belgilaydigan xodisasiga aylanib qoldi.
IX asr boshlariga kelib tasavvufning nazariy asoslari ishlab chiqildi, sufilarning amaliy Ruhiy psixologik mashqlari o‘z-o‘zini tarbiyalash va chiniqtirish tadbir usullari shakllandi.
Tariqat, ma’rifiy haqiqat degan tushunchalar yuzaga kelib tasavvufning ushbu uch qismiga oid qarashlar majm tuzildi tasavvuf alohida ilm sifatida qaror topdi».
«Tariqat» so‘zining ma’nosi yo‘l demak. Ya’ni ilohiy ma’rifatni egallashga bel bog‘lagan kishining Ruhiy- axloqiy kamolot yo‘li. Tariqatni tasavvufning amaliy qismi deb ta’riflaydilar. Dar haqiqat ham shunday chunki pir murshidlik qoidalari odobiga rioya etish soli ya’ni tariqatga qadam qo‘ygan yo‘lovchi bajarishi kerak bo‘lgan barcha yo‘riqlar iroda va ayrim usullari shu tariqat ichiga kiradi.
Jumladan, Jaloliddin Rumiy asos solgan mavlaviya tariqati suniy yo‘nalishida bo‘lib, lekin diniy va mazxabiy ayirmachilik unda belgilovchi emas. Rumiy dinlari insonni poklovchi deb qarab ularni bir-biridan ustun qo‘ymay ularni Alloxga olib boradigan turli yo‘lla
Har vali-yu har kabiro maslakest,
Lek to Haq meravand gula Yanast –deydi
Mazmuni: Har bir payg‘ambar va valining o‘z maslaxatchisi mazkaba bor, lekin xaq oldiga borganda ularning hammasi bir.
Jaloliddin Rumiy o‘zining «Fikiy mo fikiy» («Ichingdagi ichingda») quyidagi rivoyatni keltiradi «Bir kun» Mavlono bir jamoat o‘rtasida so‘z aytardi, jamoat ichida g‘ayri dinlar ham bor edi. Ular ham ta’sirlanib zavq bilan xolatga tushib yig‘laydilar. Barcha suratini ular nimani anglaydilar va nimaga yig‘laydilar? Buxoriy Xoji Abdulg‘afur Razoq. Tariqatga yo‘llanma (Naqshbandiya ta’limoti asosidir). - Toshkent: Mavlono dedi: bu so‘zlarning ma’nosini hamma bilishi lozim emas. Agar hamma xudoning yagonaligiga iqrordir va xudoning xoliku roziq jonini tan oladilar... Shuning uchun bu so‘zlarni eshitgach va ushbu so‘zlar xaqning va siri va zikridir, bas ular hammaning qalbini titratdi, va zavq nasil qildi. Chunki bu so‘zlardan Ma’shukning xidi va ularning matlabi namoyon edi. Yo‘llar xilma-xil bo‘lsa ham,lekin maqsad birdir. Karachin Ka’baga olib boradigan yo‘llar ko‘p. Birovlar rumdan, birovlar SHomu ajaldan yo‘lga chiqadilar» yo‘llar turlicha maqsad bir Ka’baga borib poklanish hammani birlashtiradi.
Tasavvufda ibratli xislat - o‘z-o‘ziga murosasiz bo‘lmoq. Shumlik va gunoxlarni bekitmok xiyonat hisoblanadi. Inson poklanish uchun o‘z nafsi bilan ayovsiz va botiniy kurash olib boradi. O‘z gunohlariga mardona nazar tashlaydi. Gunohni anglash gunoh qilmaslikning chorasidir. Gunohlik tuyg‘usiga tobelik-poklanish istagiga erk berish ichki nido unga tinchlik bermaydi. Bu ovoz yolg‘izligi bilan diqqatni chuqur jalb qiladi va qalbda o‘z -o‘zining bilan qolish o‘zligini tekshirish istiroblarni qo‘zg‘aydi. U inson umrining harakat tarzini juda nozik ilg‘aydi. Tasavvufda IX asrda malomatiya mazhabi yuzaga kelgan bo‘lib, uning markazi Nishopur bo‘lgan malotiya mashabiga mansub kishilar uchun o‘z-o‘zini komillashtirish yurakni poklash bosh vazifa hisoblanganligini yozadi. Ammo bu ish mutlaqo shaxsiy harakat tarzida atrofdagilardan yashirin ko‘z - ko‘z qilinmasdan oshirilishi shart bo‘lgan. «Sodda qilib aytganda malotiya - bu insonning o‘z-o‘zini taxlildan o‘tkazish, taxlil etgan sayin qusuri nuqsonlar uchun o‘zini ayamaslik va ularni malomat tilida fosh qilmoq yo‘lidir»
Bu yo‘lga kirgan inson barcha yomon xislatlarini sira yashirmasdan oshkor qilib yaxshi fazilatlarni esa qat’iyat bilan ponxon saqlagan shu zaylda o‘zini axloqiy jihatdan takomillashtirgan. Mumtoz merosimizda Ahmad YAssaviy malomatiya mazxabining yorqin namoyondasi va badiiy ifodachisi edi. U o‘zining xikmatlarida malomatiya qonun qoidalari asosida fikr yuritib odamni o‘z o‘ziga tanqidiy nazar bilan qarashga da’vat qiladi. Har qanday din kabi islom dini ham Abul Muxsin Muhammad Bokir ibn Muhammad Ali Bahouddin Balogardon. - Toshkent: Yozuvchi,insonning bosar tusarini bilmay yashab, gunox qilishin qoralaydi. Ammo gunohlariga iqrorlikni to‘la yo‘qlaydi. Chunki tovba tazarru-tozalanish poklanish demakdir. SHuni alohida ta’kidlash lozimki gunohkorlik faqat aybdorligiga iqrorlik emas eng muhimi uning mohiyatini sababini tushunish va undan qaytish. «Haqiqatning muqaddas eshigiga kalit solish hamdir». Xoja Ahmad YAssaviy asoslagan Yassaviya tariqati markazida pokiza ilohiy ishq yotadi. Bu ishq insonni dunyoviy illatlardan xalos qilib, kalbi nur bo‘lik kirib, insonni olloh vasligi xidoyat etadigan qudrat, ma’rifat va haqiqatga eltuvchi, kishini o‘zligini anglash, insoniylik mohiyatini kashf qiluvchi vosita hisoblanadi.
Yassaviya tariqatida «ishq ham dard va ham darmon, ham azob va ham roxat. Tariqatning barcha masalalari - xoll va fano, botin va zoxin, xayrat va tavxit, bexudlik va devonalik va xokazolar ishq tushunchasi orqali anglashiladi va tushuniriladi. Yassaviya talqinida ilohiy ishq mohiyatini anglamagan odam tasavurni tushunmaydi. Uning talablari, u yo‘lga kirgan kishi uning aqida va g‘oyalarini to‘la idrok eta olmaydi. Yassaviy ijodidagi uzlat, sadoqat va mexr shavkat g‘oyalari yayniy shu ishqg‘oyasi bilan uyg‘un bo‘lib, ularni bir-biridan alohida tasavvur qilish mumkin emas. Ko‘nglida pok ishqbor odam doimo poklik va uning timsoli bo‘lgan ollohga intiladi. Yassaviy ta’sirida ishq faqat ilohni sevish, unga sig‘inib ox nola qilish emas balki uni tanish, o‘zini bilish va kamolot yo‘lidir. Axmad Yassaviy Markaziy Osiyo tasavvuf shayxlari ichida turkiy tilde she’riy tarzda o‘z sufiyona ta’limotini bayon qilgan mutafakkir hisoblanadi. O‘z she’riyatida islomiy haqiqatlarni va tasavvuf ta’limotini yuksak maxorat bilan omuxta etib shariatu tariqatni bir butun deb bilib iymon va sadoqat g‘oyalarini qizg‘in extiros ila kuylagan».
Tasavvuf ta’limotining rivojlanishida Markaziy Osiyo alohida o‘rin egallaydi mazkur mintaqada shakllangan tasavvufi ta’limotlar o‘zining qirraligi, mazmuni va ijtimoiy ahamiyati jihatidan qo‘shni Eron, Arabiston va boshqa mamlakatlarda mavjud bo‘lgan diniy-falsafiy ta’limotlardan ustun turar edi. SHu bois Markaziy Osiyoda shakllangan tasavvufning turli oqimlari yo‘llari tez vaqtda ko‘plab mamlakatlarga keng tarqaldi. Markaziy Osiyo tasavvuf ta’limotning rivojlanishida Xorazmlik buyuk alloma sarkarda, dinshunos olim, zabardas faylasuf, shoir Axmad ibn Umar Abdulmajid Najmiddin Kubro al Xivakiy Al Xorazmning xizmati kata. Buyuk vatandoshimiz asoslagan «Kubraviya» tariqati ta’siri ostida firdavsiya tariqati, Nuriya tariqati, Rukniya tariqati, Hamadoniya, Nurbaxshiya tariqati singari yo‘nalishlar yuzaga keldi.
Kubraviya ta’limotida diniylik va dunyoviylik o‘zaro chambarchas bog‘liq. Unda kishilarning diniy e’tiqodi, xudoga bo‘lgan, ishonchi, xalollik, odamiylik, molu dunyoga xirs qo‘ymaslik o‘z nojuya ishlaridan tavba qilish shaxvoniy xirsu xavolardan saqlanish lozimligi kabi axloqiy talablar bilan vobasta talqin qilinadi. SHu bilan birga Najmiddin Kubro asoslagan Kubraviya tariqatida imlomning shia va sunna mazxabidagilarga mos, ular birga ta’lim oladilar. Buyuk shayx Najmiddin Kubro o‘z tariqatining mohiyatini «Al-usul Al-ashara», «Risola At-guruh»,«Vafoxiul jamol» nomli asarlarida bayon qiladi. Kubraviya tariqati 10 ta odob qoidalari asosida sufiylar tarbiyalashning ta’lim usularini ishlab chiqadi. Bular: tavba, zuxid, tavakkul, qanoat, uzlat, zikr, tavajjux, sabr murokaba, rizo. Bularning mohiyati quyidagicha.7
1. Tavba - barcha amallarning boshi. Murid o‘z gunoxlarini anglab Allohtaolloh oldida tavba qilib, bundan keyingi umri davomida faqat ezgulik va xayrli ishlar qilishga axd qiladi. Tavba qilgan murid avvalgi xayot tarzini o‘zgartirib, xulk atvori, axloqni tubdan o‘zgartiradi. SHu asosida o‘zini anglash sari izox va qiyin yo‘lni tanlaydi.
2. Zuxd-taqvo, parxez demak. Tavba qilgan kishi haromdan xazar qilib, nafsni tiyib, xalollikka yuz tutib, allohdan qo‘rkib, u man etgan ishlarni etmaydi.
3. Tavakkul - o‘zining butun amallari, fikri va ishlarida faqat alloxga suyanadi va undan panox so‘raydi. Inson rizkini olloh beradi uning takdirini olloh belgilaydi Uning amallari va irodasi ham ollohga yo‘nalgan bo‘lishi kerak. Olloh bizni toat ibodatga chorlaydi. Bizning butun faoliyat va ijodimiz kuch-kudrati ilohiy jihatdan belgilangan. Inson o‘z xatti-harakati bilan poklik sari intilib , olloh sari uning jamoliga etishga harkat qilishi lozim.
Kubroviya tariqatining yana muhim bir tomoni «latoif», «ranglar» to‘g‘risidagi ta’limotidir. Naqshbandiya Kubro muridning tariqat ma’rifati yilidagi ruhiy kechinmalari va nozin xislatlarini ro‘zcha ko‘rinmas ruh-latif» markazlardan iborat shu markazlar yallig‘lantirib o‘tkirlashib berishini u sezishi lozim, deb hisoblaydi. Uningcha ana shu «latoyif» insonning olohiy xislatidir. Murid ma’rifat yo‘lida riyozatlar chekib, mashqlar davomida bu latoifni turli xolatlarning o‘zgarishi ranglar va shakllarning almashinishi tarzida tasavvur qiladi. SHayh Najmiddin Kubro nazarida nuqta, dog‘ va doira murid ruhiy xolatlari o‘zgarishida muhim hisoblanadi. Doira-bu falak, dog‘-dunyo timsoli va nuqta - vaqtidir. Doira doimiy aylanishda u dog‘ni ham o‘z ichiga oladi. Ammo bular markazga tomon, ya’ni nuqta sari intiladi. Nuqta mohiyatini anglash orqali alloh olami idrok etiladi. Murod ruhi shuningdek hayajonlar hayratlar ichra turli ranglarga ham duchor bo‘ladi. Xaligi doira dog‘ va nuqta aylanishi va almashinishi ranglar almashinishini ham qamrab oladi: ruhning xislar bosqichidagi taraqqiyoti qora rangda, keyin qizg‘ish rangda kechadi. So‘ngra yashil rang ko‘rinib ilohiy olamning yaqinligidan dalolat beradi. Murod ruhi shuningdek hayajonlar hayratlar ichra turli ranglarga ham duchor bo‘ladi. Haligi doira dog‘ va nuqta aylanishi va almashinishi ranglar almashinishini ham qamrab oladi: Ruhning hislar bosqichidagi taraqqiyoti qora rangda, keyin qizg‘ish rangda kechadi. So‘ngra yashil rang ko‘rinib ilohiy olamning yaqinligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, ranglar so‘fiy ruhiy holatlari, Alloh tomon safaridagi daraja bosqichlarini bildirib turadi. Ranglarning xilma-xilligi va almashinib turishi solihning ahvolini shuuriy kechinmalarning davom etayotganini ifodalab u hali talavvuk ya’ni botiniy tafakkuriy kechinma uylarning alg‘ov-dalg‘ovida turli tumanligini anglaydi. Ruhning rangdan ranga ko‘chishi rivojlanishidan nishonadir. Ushbu jarayon ohir-oqibatda rangsizlikni holatiga kirgan so‘fiy «talavvun»dan (rang baranglikdan) qutilib vahdan olamiga qo‘shilgan bo‘ladi. Chunonchi zangori rang solihning tavba qilib, tariqatga qadam qo‘yganida ko‘rinadi. Bu holat u shariat doirasida bo‘ladi. Mantiqiy - daliliy bilishdan hali qunt o‘lmagan hali ko‘nglida dunyoviy havaslar mayli hukmrondir. Bundan keyin tariqat boshlanadi. Solih qabulida muhabbat ko‘zg‘aladi, u Alloh yodi bilan yashaydi va bu sariq ranga to‘g‘ri keladi. Qizil rangda solihning ruhi vujuddan ajrala boshlagani ma’rifatga yaqinlashgani ma’naviy mohiyatlar olamini anglagani ma’lum qilinadi. Ammo bu bosqich hali hirs qutqusidan xalos bo‘lmagan bir holatdir. So‘ngra oq rang ko‘rinadiki, bu yurakning poklanishiga ishoradir va haqiqatni anglash boshlanadi. Haqiqat olamidan xabardor bo‘lib, tavhid holatini boshidan kechiradi. SHundan keyin yashil rang keladi. Yashil rang vahiylikdan nishona. U sirlarning siriga g‘oybga oshnolikni bildiradi va solihning asl mohiyatlarga yashnayotganiniham anglashishi mumkin, mazkur ranglar solihning Alloh tomon va Alloh bilan ruhiy safarlarini anglatgan bo‘lsa, oltinchi rang - qora rang Allohdan xalq sari safarini bildirib, kanzul asror-sirlar xazinasini egallashni va hayratga g‘arq bo‘lishini ifodalaydi. Hayratdagi ruh shariatning mag‘zi hikmatini boshqatdan idrok etib, qorangu bir dog‘ rangiga o‘raladi, va nihoyat solih ruhi yana Alloh xuzurida paydo bo‘ladi. U qora rangdan qutulib rangsizlik holatiga kiradi. Zotiqull darajasini egallagan solih yak ranglik holatida maqsadida erishadi.
Yuqorida qayd qilinganidek Naqshbandiya tariqati boshqa tariqatlardan keskin farq qiladi. Chunki Naqshbandiya tariqatining butun mohiyati insonni har ishxatdan poklovchi sa’y-harakatlarga undash o‘z hatti harakatini o‘zi yakkaligida ham umum jamoa jamiyatda axloqiy poklik jihatdan birov emas o‘zi tartibga solishi va faqatgina Xudo oldida o‘z amallari uchun javobgarlik hissini sezmog‘i lozim. SHu bilan birga insonning halol pok intilishi amallari shunchaki birovga ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, balki ixlos-e’tiqod bilan sidkidildan doimo hamma vaqt har qanday shariatda bajarilishi zarur va farz.
Inson yaxshi amallarini tark etmay uzluksiz bajarib turishi zarur vazifalarni bajarishi unga ma’naviy qoniqish berib, yaratganning undan roziligini ifodalaydi. Hazrat Bahouddin Naqshband fikricha, inson bu olamda o‘z o‘rni asl mohiyati tangrining erdagi xalifasi ekanligi va uning barcha sifatlarini o‘zlashtirib u tomondan yaratilganligini bilishi va shunga mos amal qilishi kerak:
Hazrat Bahouddin Naqshband tariqat axloqiy poklik yuksak insoniy fazilatlar asosida qurilgan bo‘lib unda inson halol mehnat qilib halol rizk topib o‘zini o‘z kamol toptirishi, o‘z yashash tarzi bilan atrofidagi ishlarga sahovat izzat hurmatda bo‘lishi yashash joyini go‘zal maskanga aylantirishi lozim.
Mustaqil Vatanimiz yosh avlodning ta’lim tarbiyasi to‘g‘risidagi fikr yuritib eng avval o‘qituvchi murabbiy ixlos e’tiqodi belgilovchi ekanligini ta’kidlash zarur. Naqshbandiya tariqatining butun mohiyat mazmuni insonning insonga ijtimoiy ta’siri, pok axloqiy ibrat - namuna halol yashash mehnat qilib umr guzonlik mazkur ta’limot texnologiyasining asosini tashkil etadi.
Naqshbandiya tariqatining mohiyatini chuqurroq tushinish uchun o‘lkamizda va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan va vatandoshlarimiz asoslagan ayrish tariqatlarni qisqacha tahlil qilish joizdir.
Ko‘pgina tariqatlarda tarkidunyo poklanish muridning dunyodan va dunyo ishlaridan uzlat qilib, haq sari intilish deb qaraladi. Tariqat yo‘liga kirgan murid faqirlikni tanlaydi. Faqirlik insonning ongli ravishda qashshoqlik ihtiyor qilishidir. Alloh yo‘lidagi faqirlik bu ehtiyoriy qashshoqlik bo‘lib, botiniy olamning barcha havaslaridan xolos bo‘lib ilohiy fayzni qabul qilishga hozirlanish. Inson kamolotga intilar ekan, u o‘z rabbiga muhtojdir. Shuning uchun inson hamisha rabbiga qarab intiladi, Chunki bandalik najotmondlikdir. Inson faqat olloh nazdida faqirdir. Ammo Ollohga vasliga intilish uchun tarki dunyochilik yagona vosita emas. Chunki mutloq tarki dunyo kabi mutlaq dunyoparastlik ham inson tabiatiga hush kelmaydi. Mutloq tarkidunyo hayotga zid bo‘lib, insonni amalda, kasb hunardan ajratadi. Huddi shunday dunyoparaslik ham insonni ilohiylikdan ma’naviyatdan uzoqlashtirib, mol-dunyo quliga aylantiradi. Shuning uchun oraliq yo‘lni topish, ya’ni tarki dunyo qilmay nafs va hirsdan xoli bo‘lib, Ollohga yaqinlashish yo‘llarini izlash muhim hisoblanadi. Hazrat Nashqband «o‘z nafslaringizni yomonlab, tahqir etib turing, chunki kimki haq subhonoxu inoyati birla o‘z nafsini yomon deb tanigan bo‘lsa, bu amal uning uchun osondir».
Professor N.Komilov ta’kidlab yozadiki. «Tariqat paydo bo‘lib, zohidlik va uzlatga chekinish rasm bo‘lgandan boshlab xilvat va anjuman yoxud xalq bilan va xaq bilan degan tushunchalar munozaraga sabab bo‘lib kelgan. Hazrati Bahouddin Naqshband ikki tomonni birlashtirib ham xilvat sari ruhiy ehtiyojni qondirish va ham jamoat ichida yashab elga foyda keltirish yo‘lidan borganlar».
Bunda Hazrati Bahouddin Naqshband vosita sifatida o‘z tariqatlari usul va ruknlaridan mohirona foydalanib tariqatning mohiyati payg‘ambar sunnatlariga va Alloh farzlariga zid kelmaydigan aksincha ularni echishni moxirona xal qilish imkoniyatini beradigan oraliq yo‘lni aniqladilar. Bu bilan tasavvufni sunnatga xil asr bo‘lgan rasm-rusum odatlar, bid’atlardan tozaladilar. Misol uchun Naqshbandiya tariqatidagi «Xilvat dar anjuman» (jamoat ichra xilvat) ruknini olib ko‘rsak. Bahouddin Naqshband buni dar zokir bo xalqu dar botin bo haq (zoxir xaq bilan totnida esa xaq bilan) deb ta’sirlanganlar. Yoki olaylik «Dast ba koru dil ba yor» (qo‘l ishda ko‘ngil yorda ollohda ham toat-nbodatni kundalik ish bilan jahli unutib bajarilishi mumkin.) Xaqqa etishish uchun kishi g‘orlarda chilla o‘tirishi shart emas. Odamlar bilan birga bo‘lib ham botinan xaq yodi bilan yashab qalbni poklash mumkinligini amalda isbot qilindi. Buning isboti sifatida Naqshbandiya shayhlarining hammasi ma’lum kasb bilan shug‘ullangan. Shuning uchun tariqatda ularning jami kunishga shu kasblari taxallus sifatida kirgan.
Misol uchun Hazrati Naqshbandiyaning o‘z taxalluslari ham u kishining otalari shoxiga gul-naqsh berganlar. Bahouddin Nakshband bu kasbni davom ettirib, dehqonchilik ham qilganlar8.
Biz Naqshbandiya tariqatining o‘ziga xosligi to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, mazkur tariqatning shoh va gado yoki oddiy odamlar bilan birga podsholar uchun ham birday qulayligini qayd qilmok kerak. Masalan darvesh Xalil otaning podsho bo‘la turib mamlakatni idora qilish va murid tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘lgan. Shohlik bilan darveshlik birlashtirgan. Bu ko‘rsatadigani, tasavvuf hukmron bo‘lgan, yuzaga kelishida ham Naqshbandiya tariqati ta’sir ko‘rsatgan.
Bundan tashqari Nashqbandiya tariqati topish turk arablarni ma’naviy ruhiy yaqinligini kuchaytirishga ham xizmat qilgan. Chunki Naqshbandiya tariqati namoyondalari fors-tojik urkiy va arab tillarini mukammal bilganlar.Bundan tashqari
Naqshbandiya tariqatining jahon musulmon davlatlariga keng tarqalishining sababi , uning oddiy xalq hayotiga yaqinligi . Tasavvuf t ariqatlarining ko‘pchiligida insonning t ariqatgan kirishi va xa qga intilishi o‘zida ifodani ilmlar orqali yaxshi xulq fazilatlarini singdirishi yomon ishlarni tark qilishi kundalik moddiy xayoti insoniy tirikchiligidan va jamoadan ajratib, yoki tarki dunyochilik qilish orqali amalga oshirilishi ta’kidlanadi. Naqshbandiya tariqatida xalq bilan birga bo‘lib, o‘z-o‘zini tarbiyalash vositasida ezgu sifatlarni mashq qilish va ibodatlar orqali xaqqa intilishning ta’sirchan usullari nashr qilingan. Insonning halol xati-harakatlari faqat diniy ma’ naviyatga ega emas, balki ular uning o‘zi uchun va atrofdagi kishilar uchun moddiy va manaviy foydali hisoblanadi . Chunki insonlar yashash jarayonida bir-birlarga turiga tasir kiladilar. Bu jihatdan ular ijtimoiy munosabatlarning faol sub’ekti va obekti hisoblanadilar. SHu jihatdan bu ta’limot insondan yaxshi xulq, ijtimoiy foydali harakatlar yashab turgan jamoasi va jamiyatdan ayri emas, balki ular bilan hamnafas o‘zida singdirib boshqalarni ham da’vat qilish va ularga amaliy irfoniy yordam berish orqali amalga oshiriladi.
Naqshbandiya tariqatining boshqa tasavvufiy ta’limotlardan ajralib turadigan tomonlari quyidagilar:9
1. Uning o‘ta xalqchiligi. Xalq, jamiyatdan ajralmasdan rishtalarni bosh keltirib xaqqa etishishni mumkinligi.
2. Xusriya zikri orqali toat-ibodat, rashkilarni ijro etish.
3. Xaqqa etishishda, saqv (xushlilik) va suxra (bexudlik) yo‘li orqali borish.
4. Xaqga etishishga o‘ziga xos talimi va tarbiyaviy texnologiya.
Tasavvufning turli ko‘rinishi bo‘lgan varaqalarda maqsadga erishish yani tariqatining mazmun-mohiyatini anglab, xaq taologa etishishning asosiy usuli zikr hisoblanadi. Tariqatda zikr talim-tarbiya manbasi va vositasi sifatida hizmat qiladi. Zikrning manbasi Naqshband avlodi xususan oyatlari va payg‘ambar s.a.v. sunnatlari hisoblanadi. Bularni amalga oshirish zikr texnologiyasi bilan Zaripova G.K. Bahouddin Naqshband ta’limotida tarbiyaning o‘ziga xos texnologiyasi belgilanadi. Bahouddin Naqshband talimotining o‘zidan oldingi ta’limotlardan ajratadigan yana bir jihati ijtimoiy yoki dunyoviy jihati bilan jiddiy va keskin ravishda ajralib turishidir. Mazkur tariqatda ijtimoiylik bilan diniy-ilohiylikning vositaligida ijtimoiylik ustun turadi yuqorida takidlangandek. Buni «Dast va kori dilba yor» rishtasidan ham ko‘rsa bo‘ladi. Bunda «Dast ba kor belgilovchi, dil bayordan oldin qo‘yilgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Naqshbandiya tariqatiga ko‘pchilik xillarda uning negizi kambag‘al kam ta’minlangan, shaharlarda o‘rta xol tabaqalar: kichik savdogar hunarmandlar mazkur tariqat muridlari hisoblangan. Bundan ko‘rinadiki Naqshbandiya tariqatining xalq ommasi o‘rtasida tarqalishiga asos ularning manfaatlariga va hayot yo‘llariga mos kelganligidir. Uning xalq ommasiga yaqinligi, bevosita xalqning orzu-istaklarini, ezgu niyatlarini ifodalanganligi kishilarni allohga yaqinlashtirib iztirob va yo‘qchilik dardini unutishi uchun tasalli bo‘lganligidir.
Naqshbandiya tariqatining o‘ziga xos umuminsoniy va axloqiy va to‘g‘risida gapirar ekanmiz, uning yana bir tomoni shiru-shakarlik, zullisoniylik, tilining baynalminal jihatini alohida ta’kidlash zarur. Bu jihatdan ham mazkur tariqat shu yonma-yon yashayotgan o‘zbek turk, tojik va boshqa millatning o‘zaro birlikka mustahkamlash vositasi bo‘lgan, desak o‘rinli bo‘ladi. «Qadim zamonlardan buyon Turkistondagi axolisi asosan birga, bokamti, do‘st-birodar, yaqin qo‘shni, qon-qardosh, vatandosh-qondosh, dindosh bo‘lib yashab kelayotgan turkiyzabon va forsiyzabon xalqlarimizning o‘zaro yaqinligi, hamjihatligi, yaqin qo‘shniligi quda-qudag‘ay va birodarligidan kelib chiqdi». SHunday qilib Naqshbandiya tariqati tasavvufda mu’tadil yo‘l bo‘lib inson tabiatidan qarama-qarshi tomonlar nafs, jism va ruh moddiy va ma’naviy jihatlarni tariqat rishnolari orqali o‘zaro kechishtirish, nafs jismni ruhga, moddiy dunyoni ma’naviy olamga bo‘ysundirish texnologiyasining mukammal echimini beradi.Bundan tashqari Naqshbandiya tariqatida muridning erkinligi ruhiy erkinlik bilan harakterlanadi. Mazkur tariqatni murid faqat bir shayxga umrbod mute qilib quyishni pesh qilmaydi.


Yüklə 85,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin