I BOB. Tasavvuf va inson kamolati. Bahouddin Naqshband hayot va ijod yo’li.
Manbalar asosida Bahouddinning tavalludi hijriy 718 yili muharram oyida varihlati hijriy 791 yili robi’ul avval. oyining uchinchisi, dushanba kechasi ekanligiko‘rsatilgan. Bahouddinga tarbiya bergan ustozlar shartli ravishda ikkiga ajratilgan:2 1.Zohiran, bevosita muloqotda bo‘lib tarbiya bergan ustozlar.
2.Bevosita uchrashmasdan, ruhlari orqali tarbiya bergan uvaysiy ustozlar.Birinchi guruhga Xoja Muhammad Boboi Samosiy, Xalil Og‘a, Amir Kulol, Orif Digtaroniy, Qusam SHayx va Hadisshunoslikni o‘rgatgan ustozlari kiradilar.«Rashohot»da Bahouddin Amir Kuloldan so‘ng Orif Digtaroniy va Qusam Shayxdan va «keyinchalik esa, Xalil Otadan tarbiya olgan » deyilgani voqealar mantiqiga mos kelmaydi. Chunki «Maqomot»da Naqshbandning o‘zikeltirgan naqli bu voqeaning boshqa tarzda bo‘lganligini ko‘rsatadi: Bahouddin Samosiydan keyin Samarqanddagi shayxlardan ta’lim oladi.Keyin tushida Hakim ota-Sulaymon Boqirg‘oniyning ishorasi bilan turk shayxlaridan Xalil Otadan 12 yil saboq olgan. Keyin Amir Kulol, 7 yil Orif Digtaroniy, 5 oy Qusam SHayxdan tarbiya olgan.
Ammo haqiqat yuzasidan shuni ta’kidlash lozimki, Bahouddin Uvaysiy bo‘lgan va G‘ijduvoniydan tarbiyat topgan. Naqshbandiyning Uvaysiyligini o‘zidan oldin o‘tgan G‘ijduvoniy (vafoti 1180 yoki 1220) ruhi va madadidan tarbiyat topganligi bilan izohlanadi . Manbalar taxlili asosida xojaning birinchi ruhiy holatining o‘zgarishiga sabab Xoja Ali Romitaniy ruhi bo‘lganini ,uning Naqshband o‘zini «Biz Hazrat Azizoning muridimiz» deb ta’kidlagan . Uning tushida Boqirg‘oniy (vaf. 1186) ruhi ishorat qilgani va u Xalil Ota tarbiyasini olganini, shundan keyin Xojai Jahon ruhiyati tarbiyasida bo‘lganini yozgan.
Naqshband buyuk mutasavvif Mansur Halloj (858) ruhidan ham ta’lim olgan. Naql qilinishicha, u aytgan: «Talab ayyomlarida Mansur Halloj sifati ikki marta menda tug‘yon urdi. Bir dor bor edi. Ikki marta o‘zimni dor ostiga etkazdim va dedi: «Joying mana shu dordir!». Tangri inoyati bilan bu maqomdan o‘tib keta oldim». Naqshband buyuk so‘fiylar Boyazid Bastomiy (vaf. 875), Junayd Bag‘dodiy (vaf. 910), Shibliy (861) ruhiy olamidan ham bahra olgan, lekin ular maqomida qolmagan.
Manbalarda keyingi ruhiy tarbiya bergan valiy Xoja Hakim at-Termiziy ekanligi ko‘rsatilgan. Hijriy 789 yidda Bahouddin shunday degan: «Yigirma ikki yildirki, biz Hakim at Termiziy tariqatiga ergashamiz va ular besifat edilar. Agar biror kishi bilsa men ham bu zamonda besifatdurman». Yana Naqshband Xavazan Qushayriy (986) va Fariduddin Attor (vaf. 1220) ruhiyatidan tarbiya olgan. Maqomotda yozilishicha, u aytar edi: «Bizning sulukimiz tariqatda Imom Qushayriy va Shayx Attor aytgan so‘zlariga juda muvofiq keladi».3 Manbalar malum bo‘ladiki , Naqshbandga Abu Ali al- Horis Muhosibiy (781), Abu Sayid Abulxayr (967), Abdulloh Ansoriy (1006) va Abdulqodir Giloniy (1077-1166)lar ruhiy ta’sir etgan. Bahouddinning «Avrod» asari bor. Avrod «vird » so‘zining ko‘pligidir. Virdni Trimingem uch mazmunda: «a) tariqat ; b) maxsus duo; v) tariqatning zaruriy duosi» deb talqin etgan. Virdning tariqat manosida kelishi uning bu yo‘lning asosini tashkil etuvchi duolar tizimi ekanligini anglatadi. «Vird tariqat so‘zining sinonimi bo‘lib, xizmat qilish zarur bo‘lgan yo‘lni anglatadi. SHuning uchun muayyan shayxning virdiga ergashish shu tariq at yo‘liga ergashish demakdir».Vird tariqatga kirishda ahd marosimida bu yo‘lga kirayotgan kishiga tasbeh bilan birga topshirilgan va kamolot darajalariga muvofiq o‘qishga ijozat berilgan. Trimingem islomdagi tariqatlarni tahlil etib, «Barcha tariqatlar o‘zining shaxsiy, o‘z rahbari ijod etgan avrodiga ega bo‘lgan. Unda tariqatning xususiyati o‘z aksini topgan», - degan xulosaga kelgan.Tadqiqotchi Naqshbandning «Avrod» Naqshbandiya tariqatining xususiyatlarini aks etgiruvchi muhim manba degan xulosaga keladi.
«Avrod»da butun borliq yagona ilohiy asosga ega bo‘lgan ikki olamdan iborat, deb qaraladi. Bu olamlarning biri «amr», ikkinchisi «xalq» deb nomlanadi. «Amr» -Tangrining amri bilan yaratilgan birlamchi, abadiy va asosiy olam, «xalq» esa shu amr olamining tadrijiy rivojlanishi natijasida vujudga kelganmavjudotlar olamidir. Ikkinchi olamning asli amr olami bo‘lib, uo‘zgaruvchan va foniydir. SHu bilan birga, Bahouddin jami borliqni «g‘ayb» va «shahodat» olamlariga ajratadi. «G‘ayb» bizga ko‘rinmaydigan farishtalar, jinlar va boshqa ilohiy quvvatar olami. «Shahodat»-biz guvoh bo‘lib turgan zohiriy olam. Bahouddinning fikricha, «shahodat» olamiki inson o‘z hissiyotlari va aqli orqali o‘rganishi mumkin. Ammo Tangri o‘zi istagan kishigagina g‘ayb olami sir-asroridan boxabar bo‘lish imkoniyatini laduniy-o‘z bilimlaridan berishi mumkin.