Efeslik Geraklit (er.av.530-470y.) fikricha, olamning asosi, barcha tabiiy narsa-hodisalarning negizi – bu olovdir, barcha narsalar olovdan paydo bo‘ladi va so‘ng yana olovga aylanadi. Olamni hech kim yaratmagan, u qonuniyatli tarzda alangalanadigan va qonuniyatli tarzda o‘chadigan abadiy barhayot olovdir. Geraklit olovning yer, suv, havoga aylanishini va aksincha ta’riflab, hamma narsa harakatda, o‘zgarish va rivojlanishda, deydi.
Geraklit stixiyali dialektikaning asoschilaridan biri hamdir. U dunyodagi to‘xtovsiz o‘zgarishlarining asosiy sababini narsalardagi qarama-qarshiliklardan, deb biladi. Ma’lum bo‘ladiki, Geraklit stixiyali, sodda, ammo to‘g‘ri dialektik qarashlarni bayon etgan.
Samoslik Pifagor (er.av571-497y.) bo‘lsa, butun olamning asosini dunyodagi narsa-hodisalarning negizini «son» tashkil qiladi, deydi. «1» umumiy, boshlang‘ich, muqaddas sondir, u barcha narsa-hodisaning asosidir.., «2» aks, salbiylik, ziddiyatlilikni ifodalaydi. «3» bu tabiat – uchlikdir, 1 va 2-ning, asos va aksning, boshlang‘ich va uning qarshi tomonlarining birligidir. «4» - bu tabiatdagi to‘rt element - suv, havo, olov, yerdir va h.k. Pifagor tabiiy hodisalarning miqdoriy jihatlariga e’tiborni jalb qilib, ilmiy fikrlashga muhim hissa qo‘shadi. Xususan, u geometriyaga jiddiy ahamiyat berib, «nuqta»ni-«1»ga, «chiziq»ni-«2»ga, «yuza»ni-«3»ga, «jism»ni-«4»ga taqqoslab, «uch burchak»ning uch burchagi yig‘indisi haqidagi teorema (ya’ni: a+v+s=2d)ni ta’riflab berdi.Ayniqsa, Pifagorning Sharq xalqlaridan olgan «Gipotenuza kvadrati katetlar kvadratlarining yig‘indisiga teng» degan teoremasi matematika fanining kelgusi taraqqiyotida muhim rol o‘ynadi.
Qadimgi yunon falsafasida (er.av.VI-Vasr) eleat falsafiy maktabi vakili Ksenofan (er.av.565-473y.) Geraklitning dialektik konsepsiyasiga qarshi kurashib, u hech qachon paydo bo‘lmagan, yo‘q ham bo‘lmovchi, yakkayu yagona, har doim barqaror, o‘zgarmas dunyo haqida fikr bildiradi.
Eleat maktabining ikkinchi vakili Parmenid (er.av.VIasr ox.-Vasr boshi) ham «Tabiat haqida» poemasida: «Yakkayu yagona borliq bor, bu borliq kelib chiqmagan ham, yo‘q ham bo‘lmaydi, o‘zgarmaydi ham. Borliq bor, u harakatsiz», deb Geraklit dialektikasini qat’iy inkor qiladi.
Dostları ilə paylaş: |