Falsafa tushunchasining kelib chiqishi. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi


Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə11/24
tarix22.09.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#146887
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Falsafa tushunchasining kelib chiqishi

Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy (870-950, asarlari: Kitob-ul xuruf, Fozil odamlar shahri, Ehsoul ulum, Siyosat falsafasi, Fuqarolik siyosati) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni birinchi o‘ringa qo‘ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e’tibor bergan. Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish imkonini beradi. Borliq «yagona» va ayni vaqtda «ko‘p»dir.
O‘rta asr eron falsafasining buyuk vakili Ar-Roziy (864-925)ning to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad Ibn Zakariyo ar-Roziydir. U Ray shahrida dunyoga keladi. U yoshligidan arab va qadimgi yunon tillarini o‘rganadi, Ray va Bag‘dod shaharlarida o‘qiydi. U ayniqsa, tibbiyot, kimyo, botanika, astronomiya, matematika, mantiq va falsafaga oid ilmlarni chuqur egallaydi. Ray va Bag‘dod shifoxonalarini boshqaradi. Roziy o‘z davrining Galeni (Jolinusi) deb tanilib, Yevropada lotincha Razes deb ataladi. U tibbiyot, kimyo va falsafaga katta hissa qo‘shadi, tabobat, kimyo, falsafa, mantiq, etika, ilohiyot, astronomiya, fizikaga oid 184 ta asar qoldiradi, shulardan bizgacha 61 tasi yetib kelgan (36 tasi tibbiyotga, 4 tasi kimyoga oid).O‘rta asr kalom falsafasining yirik nazariyotchisi Abu Homid Muhammad Ibn Muhammad al-G‘azzoliy (1058-1111) mashhur islom ilohiyotchisidir. G‘azzoliy haqiqatni bilishning eng to‘g‘ri yo‘li faylasuflar kabi faqat aql bilan bilishmi, kabi shubha va savollarga to‘g‘ri javob topishda juda ko‘p izlanadi. Nihoyat, oxirgi eng to‘g‘ri yo‘l, Islom dinining muqaddas manbalari Qur’on va Hadis ilmi ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Abu Hamid G‘azzoliy islom ilmlarini dunyoviy ilmlarga qo‘shib chuqur egalaydi. U har bir o‘rgangan narsasini islom tarozisida o‘lchab, baholashga harakat qiladi. Oqibatda, yuzdan ortiq asarlar vujudgakeladi. U fiqhga oid «Bosit», «Vajid» va «Qosit»; Kalom ta’limotiga doir «Tavhidul A’qoid», «ar-risolat-ul-qudsiya», «al-iqtisodu fil e’tiqod», «Ijmoi-al-avvom an ilm-al-kalom» kabi asarlar yozadi. G‘azzoliy kalom ilmini faqat iymonida shubhaga tushganlarni tuzatishga yaraydi, deb hisoblaydi.
O‘rta asr islom falsafasi deyilganda, islom dinini qabul qilgan va o‘z asarlarini arab tilida yozgan, arab xalifaligiga qarashli hududlarda yashovchi mutafakkirlar tomonidan ishlab chiqarilgan «Qur’on» va «Hadislar»ga asoslanuvchi, falsafiy ta’limotlar majmui tushuniladi. O‘rta asr islom falsafasining paydo bo‘lishi «Qur’on» va keyinchalik islom ilohiyotida yuzaga kelgan mutakallim va mu’taziliylar faoliyati bilan bog‘liq holda yuz berdi. Bunda neoplatonizm bilan yangi aristotelizmning birikishi Sharq peripatetizmini keltirib chiqardi. Sharq peripatetizmining navbatdagi rivojlanishi O‘rta asrdagi O‘rta Osiyolik mutafakkirlar falsafiy qarashlarida o‘z ifodasini topadi.
Bu davr diniy ilmlar sohalarida imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Abu Hanifa, imom Moturidiy va imom Burhoniddin Marg‘inoniylar peshqadamlik qilganlar.

Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin