Falsafa tushunchasining kelib chiqishi. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə19/24
tarix22.09.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#146887
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Falsafa tushunchasining kelib chiqishi

Foma Akvinskiy (1224-1292) Arastu naturfalsafasini ilohiyot bilan birlashtirishga harakat qilgan. Uning fikricha, naturfalsafada tafakkur va Arastu mantiqiy ta’limoti yordamida Xudo borligi haqidagi haqiqatga erishish mumkin.
Uning «Ilohiy summalar» asari 3000 maqoladan iborat, 600 masalani yoritishga bag‘ishlangan. U ilohiyotning sistemali bayoni vazifasini bajaradi. Asarning birinchi qismi Xudoning borligi va borlig‘i masalasida; ikkinchi qismi «Xudoga qarab harakat» haqida bahs yuritadi. Akvinskiy ta’limoticha, dunyo ierarxik narvon: uning eng quyi qismida yer va 4 elementdan iborat hamma narsalar mavjud. Odam ruhi Xudo va moddiy dunyo o‘rtasidagi joyni egallaydi. Dunyoviy jamiyat tepasida papa boshchiligidagi ilohiy davlat turadi. Sayyoramiz dunyosinning tepasida farishtalar dunyosi mavjud. Butun koinot tuzilishi uch shaxsni birlashtirgan yagona Xudo tomonidan boshqarilib turadi. Keyinchalik Akvinskiy ta’limotidan XIII asrda «tomizm» oqimi shakllandi va G‘arbda hozir ham XX asr falsafasida «neotomizm» tarzida saqlanib qolgan. Bu ta’limotga ko‘ra, dunyoda turli shakllar bor, shulardan biri jon birlamchi va o‘lmasdir. U tanadan chiqishi bilan tana halok bo‘ladi. Shakllarning oliysi – Xudo. Akvinskiy aqlni ikkiga bo‘ladi: 1.Tabiatdan tashqari aql yoki «Xudo aqli», u birlamchi; 2.Tabiatdagi aql yoki inson aqli esa ikkilamchidir. Akvinskiyning bu qarashlari cherkovni nazariy jihatdan mustahkamlashga xizmat qildi va hozir ham xizmat qilmoqda.
Xullas, nominalistlar va realistlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik o‘rta asr sxolastikasining muhim muammolaridan biri edi. Sxolastikaning avjga chiqqan davri – 1150 va 1300 yillarda – Foma Akviniyskiyning mo‘tadil realizmi nominalizm ustidan g‘alaba qozondi. Lekin 1300 yildan keyin cherkov ilohiyotchilari tafakkurida nominalizm yuqori mavqeni egallay boshladi. Bu ko‘p jihatdan uyg‘onish davri falsafasiga ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, haqiqatga erishishning tajribaviy metodini (ratsionalizm) vujudga kelishida katta xizmat qildi.
XX-XXI asr Sharq va G‘arb falsafasi. Yevropada Rim imperiyasidan keyin bir necha asrlar o‘tib, mintaqa hayotida xristianlikning mafkurviy roli ham, inkvizitsiya ham, qon-qardosh va o‘zaro dushman qirollar ham o‘z davrini o‘tab bo‘ldi. Yevropa uyg‘ondi. Kishilar dunyoqarashi, ilm-fan sohasida keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yevropada alohida millatlarning shakllanishi, milliy davlatlar paydo bo‘lishi endilikda ularning har biri uchun muhim mafkurani taqozo etdi. Eng muhimi, bu davrda milliy g‘oyalar to‘la-to‘kis amalga oshishi uchun ijtimoiy sharoit yetildi: italiya, ingliz, fransuz va boshqa xalqlar o‘z davlatchilik an’analarini to‘la-to‘kis tikladilar. Farbiy Yevropa mamlakatlaridagi tub ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar Niderlandiyada XVI asrning 60-70, Angliyada XVII asrning 40-50-yillarida bo‘lib o‘tdi. Endi monarxiya tuzumi jamiyatning ilg‘or tabaqalari nazarida, tarixan o‘z umrini o‘tab, g‘ayritabiiy tuyula boshladi. Ilgari tan olinmagan insonning tabiiy huquqlari masalasi o‘rtaga chiqib, ijtimoiy tartiblar inson tabiatiga mos kelishi talab qilina boshladi. Ma’nan uyg‘onayotgan, mustaqil milliy davlatchiligiga ega Yevropa millatlari o‘z komil insonlarini endi inkvizitsiyaning hukmiga topshirishga aslo haqlari yo‘q ekanligini angladilar. Uyg‘onish davri Yevropa fani va falsafasi milliy qobiqqa o‘ralib qolmadi, balki milliy chegaralarni bilmaydigan, umuminsoniy qadriyatlar xususiyatiga egadir. Yevropa falsafasining rivojida muhim o‘rin tutgan universitetlar 1200 yillarda vujudga keldi. 1400 yillarga kelib, Yevropada 23 ta universitet mavjud bo‘lgan. Universitet dasturining katta qismini sxolastika bilan shug‘ullanish tashkil etar edi.
XII asrda Iteriy Rim huquqining buyuk tadqiqotchisi sifatida mashhur bo‘ldi va talabalar uni eshitish uchun Bolonya shahriga oqib kela boshladilar. Natijada Bolonya shahri universiteti muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata boshladi. Abelyarning o‘qituvchi sifatidagi shuhrati Parij universitetining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, XII asrda Angliya va Fransiya qirollari orasidagi nizo oqibatida, angliyalik talabalar Parijdan Angliyaning Oksford shahriga ko‘chib o‘tishlari sababli Oksford universiteti tashkil topdi. Oksford universiteti talabalarining qo‘zg‘olon ko‘tarishi va 1209 yilda ularning Kembridjga ko‘chib o‘tishlari natijasida Kembridj universiteti vujudga keldi. Universitetlar Qadimgi Yunoniston va Rimda, bizning mamlakatimizda ham mashhur ustoz va shogirdlar to‘planib, ilm o‘rganadigan, o‘rgatiladigan va ilmiy bahslar olib boriladigan maktablar tarzida shakllangan bo‘lsalar-da, fan sohalarining ko‘pligi tufayli alohida tadqiqot maskaniga aylanib qoldi. Ular tajribasi keyincha dunyo bo‘ylab yoyildi.
O‘sha davr mashhur faylasuflaridan biri Vilyam Okkam (1309-1349) fikricha, ilohiyot aqidalari ratsional (aqliy) yo‘l bilan isbotlanishi mumkin emas. Ular faqat Muqaddas kitob nufuzi tufayli qabul qilinishi mumkin. Bu qarash e’tiqod va tafakkurni bir-biridan ajratar, ularni omuxta qilishni qoralardi. Okkam universaliylarning ob’ektiv mavjudligini inkor qildi. Uningcha, universaliylar tafakkur tushunchalari uchun faqat ismdir. Bu tushunchalarni odam o‘z ongida yaratgan. Uningcha, alohida odam insonga nisbatan real va muhimroqdir.

Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin