Falsafa tushunchasining kelib chiqishi. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə18/24
tarix22.09.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#146887
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Falsafa tushunchasining kelib chiqishi

«Sxolastika» – so‘zi yunoncha «shola» «shkola»dan olingan, «o‘qish joyi», «maktab» ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o‘qituvchilik qilganlarni sxolastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni o‘rganishda falsafani tatbiq qilgan o‘rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma’lum darajada ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo‘lgan intilish deb baholash mumkin. O‘sha davrda ilohiyotni muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilish toqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi e’tiqod aqlga muvofiqmi, degan savolga javob berish bo‘lgan.
Nominalizm – lotincha nomina – ism, nom ma’nosini anglatadi.Nominalizm o‘sha davr shahar savdogar va hunarmandlari manfaatlarini ifodalovchi, ularning cherkovning mutlaq hokimiyatiga qarshi kurashini aks ettiruvchi, o‘z davrining progressiv falsafiy oqimi. Nominalistlarning asosiy vakillari: Berengariy Turskiy (1000-1088), Ioan Rasseliy (1050-1112), Uilyam Okkam (1300-1350) ta’limoticha, tabiatdagi yakka-yakka predmet-hodisalar, ularning xususiyatlari real mavjud, ularning in’ikosi bo‘lgan umumiy tushunchalar esa ikkilamchidir. Chunki, «umuman o‘y», «umuman inson» – bir guruh, o‘ylar, bir guruh kishilarning ini’kosidir, xolos.
Realizm esa cherkov va yirik feodallar dunyoqarashi, manfaatini ifoda etuvchi reaksion falsafiy oqim. Bu ikki oqim o‘rtasidagi kurash umumiy tushunchalar, «universallar»ning mohiyatini aniqlashdan kelib chiqdi. Realizmga asos qilib Platonning obe’ktiv idealizmi olingan edi. Uning asosiy vakillari: Angelm (1033-1109), Ioan Skot Eriugen (815-877), Foma Akvinskiy (1224-1292). Ularning fikricha, umumiy tushunchalar, ya’ni kategoriyalar – «universallar» real mavjud bo‘lib, ular mustaqil g‘oyaviy mohiyat sifatida predmetlarga, kishilarga nisbatan birlamchidir. Moddiy olamning predmetlari esa shu umumiy tushunchalarning shakliy ifodasi, ikkilamchidir. Umumiy tushunchalar mangu bo‘lib, predmet-hodisalar vaqtincha va o‘tkinchidir. Realistlar fikricha, «umuman uy» g‘oyasi birlamchi bo‘lib, uning shakliy ifodasi sifatida yakka-yakka holdagi uylar vujudga keladi.
Arastu ta’limotining ko‘p jihatlarini qabul qilgan mo‘tadil realistlarning yirik vakillari Per Abelyar va Foma Akvinskiyir.
Britaniyada tug‘ilgan Per Abelyar (1079-1142) ta’kidlashicha, reallik yoki universaliy dastlab Xudo aqlida, so‘ng narsalarning o‘zida va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir. Abelyar «Men e’tiqod qilish uchun bilaman» degan g‘oyani ilgari surgan. Ya’ni bilimsiz kishidan ko‘ra, dinni yaxshi o‘rgangan kishi afzal. Bunday kishi aqidaparast emas, balki o‘zi bilgan narsaning qadrini biladigan insondir.
Abelyar haqiqatni topishda tafakkurga hamisha tayanadi. Uning ta’kidlashicha, shubha hamma vaqt tadqiqotga yo‘llaydi, tadqiqot esa haqiqatni topadi. Uning ahloqiy ta’sir qilish nazariyasiga ko‘ra, insonning o‘limi Xudoni rozi qilish uchun emas, balki odamlarni Xudoga bo‘lgan muhabbat bilan taajjubga solish va ularga ahloqiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida sodir bo‘ladi. Bu bilan odamlar o‘z hayotini Xudoga bo‘ysundiradilar. 

Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin