Falsafa tushunchasining kelib chiqishi. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə7/24
tarix22.09.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#146887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Falsafa tushunchasining kelib chiqishi

Falsafaning jamiyatdagi roli


Falsafaning jamiyatdagi roli. Falsafaning ijtimoiy hayotdagi muhim o‘rni uning nafaqat fan ekanligi, balki gumanitar bilim, san’at, madaniyat, mafkura ekanligi bilan ham belgilanadi.
Ma’lumki, gumanitar fanlar inson, uning hayoti, tarixi, mavjudligi, ichki dunyosi va shular bilan bog‘liq bo‘lgan talay muammolarni o‘rganadi. Falsafada esa bu muammolar bir-biri bilan uzviy bog‘langan, umumlashgan holda ko‘rib chiqiladi. Shu jihatdan inson falsafasi, qadriyatlar falsafasi, jamiyat falsafasi uning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Insonning o‘zini-o‘zi bilishi, baholashida ham falsafiy dunyoqarash madaniyatining o‘rni va roli benihoyadir.
Falsafaning mafkura va milliy g‘oya bilan uzviy bog‘liqligi esa nihoyatda keng qamrovli masalalardan biridir. Albatta, falsafa har qanday mafkuraning nazariy asosi hisoblanadi. Bunyodkor, gumanistik g‘oyalar hamisha falsafani yanada sog‘lomlashtirish va uning ijtimoiy mohiyatini yanada boyitishda katta rol o‘ynagan. Asrlar davomida yaratilgan milliy falsafamiz hamda jahon falsafasining ilg‘or yutuqlari milliy istiqlol g‘oyasining nazariy zaminlaridan biri rolini o‘ynaydi.
Milliy g‘oyani turli mafkuralardan yuqori turuvchi, barcha mafkuradagi kishilarni birlashtiruvchi hodisa sifatida baholash bo‘yicha bizning fikrimiz: birinchidan, hamma vaqt ham milliy g‘oya barcha mafkuradagi kishilarni birlashira olmaydi. Ikkinchidan, muayyan jamiyatdagi barcha kishilarni birlashtiruvchi har qanday g‘oya ham mil­liy g‘oya bo‘lolmaydi.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy falsafani shakllantirish uchun imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug‘ ajdodlarimiz tamal toshini qo‘ygan o‘zbek milliy falsafasini rivojlantirishning ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlari mavjud. Bu borada, avvalo, faylasuflarning asarlarida o‘zbek falsafasining taraqqiyot qonuniyatlari ochib berilayotganini alohida ta’kidlash lozim.
Shu bilan birga, bugungi o‘zbek falsafasining rivojini ta’minlashda quyidagi jihatlar alohida o‘rin tutadi:
- xalqimizning o‘z milliy an’analariga sodiqligi;
- mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;
- muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;
- mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.
O‘zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish quyidagi muammolarning yechimini topishga bog‘liq:
- birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan tariximizni haqqoniy yoritish falsafiy g‘oyalar, qarashlar tarixini ham xolis ko‘rsatib berishni taqozo qiladi. O‘z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo‘q qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;
- ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning kamligi umuminsoniy ma’naviy merosdan bahramand bo‘lish va ulardan ijodiy foydalanishga to‘siq bo‘lmoqda;
- uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g‘oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo‘shliqni yangi g‘oyalar bilan to‘ldirish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish bugungi falsafa masalalari bilan shug‘ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta mas’uliyat yuklaydi. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir yurtdoshimiz dunyoqarashining milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan o‘zgarishi nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy ongning shakllanishiga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin