Falsafa tushunchasining kelib chiqishi. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə4/24
tarix22.09.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#146887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Falsafa tushunchasining kelib chiqishi

Diniy dunyoqarash. Dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. (Din so‘zi arabchadan tarjimada e’tiqod, ishonch, ishonmoq degan ma’nolarni anglatadi.) Mif kabi, din zamirida ham e’tiqod, tuyg‘ular va emotsiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya’ni taxminan 40-60 ming yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, umuman olganda u dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, jumladan mif ta’sirida insonning mavxum fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan davrda vujudga kelgan. Diniy dunyoqarash mifologik manzaradan asosan dunyoni oliy mavjudot, hech kim buzishga qodir bo‘lmagan mutlaq hokimiyatga ega, bosh harf bilan yoziladigan Xudo boshqaradi degan tasavvur bilan farq qiladi. Xudo boqiy va shak-shubhasizdir, u hamma narsani – makon va vaqt, materiya, barcha tirik jonzotlarni yaratgan. Xudo barcha yaxshi fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan va hamma narsaga qodir, U dunyoni yaxshi ishlar uchun yaratgan, biroq U dunyoga erkinlik ham bergan, yaxshilikka har kim zo‘rlik ostida emas, balki o‘z ixtiyoriga ko‘ra kelishiga imkoniyat yaratgan. Ammo erkinlik xatolarga, yomonlikka olib kelishi ham mumkin. Bunda yomonlikning yuz berish ehtimoli erkinlik uchun to‘lanadigan haq sifatida qaraladi. Shu sababli Xudo erkinlikka erishish yo‘lida yomonlikka ham izn beradi.
Diniy dunyoqarash ilohiy qudratlarga e’tiqod qo‘yish bilan bog‘liq. Shuning uchun bu dunyoqarash shaklini inson qalbidagi quyidagi holatlar (diniy dunyoqarashning asosiy tamoyillari) belgilaydi:
- emotsional-ruhiy holatlar;
- iymon-e’tiqod;
- iymon-e’tiqodning xatti-harakatlarda ifoda etilishi.
Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o‘rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning mazmuni, hayot va o‘lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan bog‘lab tahlil qilish hamda o‘ziga xos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyatlarini bartaraf qilish bilan bog‘liq regulyativ faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda.
Diniy dunyoqarashda dunyoning maqsad va mazmuni – hammaning hammaga nisbatan umumiy muhabbatiga erishish, biroq bunga yo‘l erkinlik hamda yomonlik imkoniyati orqali o‘tadi. Xudo muhabbat va yaxshilikka majburlov yo‘li bilan erishishni xohlamaydi, U Ilohiy muhabbatni hayotning birdan-bir to‘g‘ri qonuni sifatida o‘zi anglab yetishi uchun dunyoga erkinlik bergan. Dunyo buni anglab yetgunga qadar maqsaddan ko‘p sonli chetga chiqishlar yuz berishi mumkin. Inson hayotining mazmuni – Xudoning xohish-irodasini erkin qabul qilish, o‘zidagi muhabbat bilan mushtarak bo‘lmagan ko‘r-ko‘rona erkinlikni yengish, erkinlik bilan Xudoning muhabbatini o‘zida birlashtirishdan iborat. Diniy dunyoqarash. Dinning asosiy funksiyalari. Dinning psixologik, gnoseologik, ijtimoiy va siyosiy ildizlari. Dinga nisbatan sotsiologik yondashuv. Diniy e’tiqodning tarixiy shakllari (fete
shizm, animizm, totemizm, magiya).
Agar mifologiyada an’anaga, rivoyat qiluvchining, ya’ni oqsoqolning obro‘siga e’tiqod kuchli bo‘lsa, dinda g‘ayritabiiy narsalarga e’tiqod birinchi o‘rinda turadi, oliy kuchlar nomidan rivoyat qiluvchi ruhoniylar obro‘si esa ikkinchi darajali rol o‘ynaydi.

Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin