Falsafa tushunchasining kelib chiqishi. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə5/24
tarix22.09.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#146887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Falsafa tushunchasining kelib chiqishi

Falsafiy dunyoqarash. taxminan 2500 ming yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi shakli –falsafa paydo bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit Yevropa va Osiyoda deyarli bir vaqtda yuzaga keldi. Dunyoqarashning avvalgi shakllari – mif va dindan farqli o‘laroq, falsafa dunyoni e’tiqod va tuyg‘ularga tayanib emas, balki aql va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi. falsafa dunyoqarash shakli sifatida olamni inson va dunyoning o‘zaro munosabatlari nuqtai nazaridan o‘rganadi. Dunyoqarash ob’ekti – butun dunyo, biroq uning predmeti – tabiat dunyosi va inson dunyosining yoki, antik falsafa ta’biri bilan aytganda, makrokosmos va mikrokosmosning o‘zaro munosabatidir. Bundan uning muammolari doirasi kelib chiqadi. Insonning dunyodagi o‘rni qanday? Umuman, dunyoning o‘zi nima? Inson hayotining mazmuni nimadan iborat? Vaqt, makon va harakat nima? Kabi savollarga javob izlaydi. Falsafa o‘z davri ma’naviy madaniyatining markazi vazifasini bajarish orqali koordinatalar abadiy tizimini yaratishga yordam beradi, davr saboqlarini aniqlash va tushuntirish yo‘li bilan inson tafakkuriga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi.
Qadim zamonlarda Platon shunday degan edi: «Toki davlatlarda faylasuflar podsholik qilmas ekanlar yoki hozirgi shohlar va podsholar oqilona falsafiy mulohaza yuritishni o‘rganmas va davlat hokimiyati bilan falsafaning mushtarakligi qaror topmas ekan, davlat yovuzliklardan xalos bo‘la olmaydi»[1]. Boesiy poetik intuitsiyasida falsafa o‘ng qo‘lida kitob, chap qo‘lida esa saltanat hassasi – skipetr tutgan Iloha obrazida gavdalanadi. Bu timsollarning mavjudligi tasodifiy bir hol emas. Falsafa bilim berish bilan bir qatorda, dunyoni oqilona boshqaradi va skipetr bu fikrni tasdiqlaydi.
«Dunyo – inson» tizimidagi munosabatlarning rang-barangligi predmetli-amaliy, gnoseologik, akseologik, estetik, axloqiy va boshqa xil munosabatlar bilan belgilanadi. Quyidagilar falsafiy bilimning strukturasi hisoblanadi:
· ontologiya – mavjudlik, borliq haqidagi bilim;
· gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga ko‘ra – epistemologiya) – bilish nazariyasi;
· ijtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi ta’limot;
· etika – axloq haqidagi ta’limot;
· aksiologiya - qadriyatlar haqidagi ta’limot;
· falsafiy antropologiya – inson haqidagi ta’limot va boshqalar.
Falsafiy dunyoqarashning shakllanishida bilim muhim ahamiyat kasb etadi. Bilimda dunyoqarashga xos barcha belgilar mavjud, lekin, u dunyoqarash bilan aynan emas. Olamni tushunish bilimlar paydo bo‘lishi uchun asosdir. Bilim inson ongida hissiy va aqliy bilish jarayonida hosil bo‘ladi va muayyan sharoitda biror hodisa yoki narsani baholashda qo‘l kelishi bilan dunyoqarashga aylanadi.
Falsafa azal-azaldan dunyoqarash sifatida hayot va yashashdan maqsad nima, umrni qanday o‘tkazish kerak, kabi qator savollarga javob topish zarurati tufayli vujudga kelgan. Falsafiy dunyoqarash o‘zining nazariy asoslangani bilan ajralib turadi. Shu ma’noda, u boshqa fan yoki faoliyat sohasi uchun umumiy uslub (metodologiya) vazifasini ham bajaradi.
Nazariya bilish jarayonining natijasi, usul (metod) shu bilimga erishish yo‘lini anglatadi. Falsafiy nazariya bir vaqtda usul vazifasini ham bajaradi.
Falsafiy dunyoqarash, mohiyatan ma’naviy faoliyat bo‘lib, uning muayyan yo‘nalishlari tizim tarzida quyidagicha izohlanadi:
1. Axloqiy. 2. Diniy. 3. Huquqiy. 4. Siyosiy. 5. Ekologik. 6. Estetik.
Mazkur dunyoqarash shakllari o‘zaro bog‘liqlikda, aloqadorlikda harakat qiladi.

Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin