Falsafa tushunchasining kelib chiqishi. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə9/24
tarix22.09.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#146887
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Falsafa tushunchasining kelib chiqishi

Qadimgi Hindistonda eramizdan III ming yil muqaddam yerni sun’iy sug‘orish, dehqonchilik taraqqiy etgan, anhorlar qazilgan, kulolchilik, yog‘ochsozlik, to‘qimachilik, zargarlik, hunarmandchilik, pishiq g‘ishtlardan ko‘p qavvatli binolar qurish, jun va zig‘ir tolasidan matolar tayyorlash, mis va temir, qalay va qo‘rg‘oshindan qurol-aslahalar yasash taraqqiy etgan.
Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asarida yozilishicha, eramizning birinchi asrlaridayoq Hindistonda tibbiyot, riyoziyot, ilmi nujum, kimyo, musiqa, poeziya, tarix, san’at va falsafaga oid bilimlar keng rivojlangan. Ayniqsa, madaniyat va san’atga oid, diniy, falsafiy qarashlar keng rivojlangan. Bunga bizgacha yetib kelgan «Ramayana», «Mahabharat» («Maxayana»), «Kamila va Dimna» kabi buyuk asarlar to‘liq guvohlik beradi. Ularda hind xalqining qadimiy urf-odat, an’ana, odob-axloq, madaniyat, dini, tarixi, milliy qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, badiiy va falsafiy qarashlari yorqin ifodasini topgan.
Bulardan tashqari, falsafiy fikrlar Vedalar: Rigveda, Samaveda, Yajurveda, Atxarvavedada o‘z aksini topgan. Rigveda er.av. 1500 yil oldin paydo bo‘lgan. Bu Vedalarda olam, borliq, fazo va vaqt, inson, inson hayotining ruhiy va tabiiy asoslari, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi aloqadorlik, ilohiy kuchlar, ularning faoliyatlari haqida muhim fikrlar ilgari suriladi. Keyinchalik, vedalarni turlicha talqin etuvchi falsafiy maktablar vujudga keldi. Bu maktablar g‘oyaviy jihatdan ikki oqimni tashkil qilishdi: 1) tabiiy-materialistik: buddizm, hinduizm, jaynizm, lokayata va chorvaka maktablari; 2) diniy-idealistik: vedanta, mimansa, sankxiya, yoge, n’yaya, vaysheshika, maktablari.
Qadimgi Xitoyda eramizdan 2000 yil ilgari dehqonchilik, sug‘orish ishlari ancha rivojlanadi. Bu yerda temirdan mehnat qurollari ishlab chiqarish avj oladi. Qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya, hunarmandchilik, savdo-sotiqning ravnaqi turli bilmlarning rivojlanishi uchun keng yo‘l ochadi. Natijada, astronomiya, biologiya, tibbiyot, san’at va madaniyat sohalari katta yutuqlarga erishadi. Dastlabki falsafiy ta’limotlarda dunyo abadiy, u 5 unsur – olov, suv, yer, daraxt va metalldan tashkil topgan. 
Er.av.VII-VI asrlarga kelib, daosizm falsafiy oqimi paydo bo‘ldi (asoschisi Lao-Szi, birinchi Xitoy faylasufi). Uningcha, dunyo moddiy, tabiiy qonunlar asosida to‘xtovsiz harakat va o‘zgarishda bo‘ladi. Lao-Szi shunday yozadi: «Ulug‘ dao hamma yoqqa qarab oqadi. U o‘ngga ham, so‘ngga ham yoyilgan. U tufayli jami mavjudod tug‘iladi, ular hamisha o‘zgarishda bo‘lib, bir joyda to‘xtab qolmaydi».
Daosizm ta’limotiga ko‘ra, dunyodagi hamma narsalar qarama-qarshiliklar birligi asosida, bir-biriga zid holda aylanib, o‘tib turadi. Tabiatdagi go‘zallik va xunuklik, balandlik va pastlik, yaxshilik va yomonlik, borliq va yo‘qlik, uzunlik va qisqalik bir-biriga o‘tadi, bir-birini tug‘diradi, bir-biriga bog‘liq. «In» va «Yan» qarama-qarshi kuchlar va tabiatning «5 unsuri» haqidagi ta’limotni szou Yan ishlab chiqadi.
Qadimgi Xitoy falsafiy qarashlarida muhim o‘rin tutgan Konfutsiyning (er.av.551-479 y.) axloqiy ta’limoti kishilarni tarbiyalash masalasiga e’tibor qaratadi. Uning fikricha, odamlar o‘z tabiyatiga ko‘ra bir-biriga o‘xshashdirlar, faqat ular o‘z tarbiyalariga ko‘ra bir-birlaridan farq qiladilar.
Konfutsiyning ta’limotida «Tartib», «Marom» degan ma’nolarni anglatuvchi Li degan tushuncha alohida ahamiyatga ega. «Li» bo‘lmasa, jamiyatda tartib bo‘lmaydi, demak, jamiyat ravnaq topmaydi. Shuning uchun jamiyatda doimo tartib bo‘lishi zarur», – deydi u. Xullas, bu yerda ham materialistik va idealistik tendensiyadagi falsafiy oqimlarning guvohi bo‘lamiz. Masalan, ko‘pchilik qadimgi Xitoy faylasuflari tushuncha yoki predmetning nomi bilan reallikdagi predmetning o‘zaro munosabati to‘g‘risidagi muammoni hal qilishga qiziqqanlar. Mo Di (Mo-Szi), Syun-szi va boshqalar tushunchalar ob’ektiv hodisalar va narsalarning inson ongidagi in’ikoslari, desalar, Gunsun Lui tushunchalarni mutlaq mohiyat, deb, ularni borliqdan uzib qo‘yadilar. Konfutsiy va Myan-Szining axloqiy siyosiy nazariyalari, Xan Fey-szi va «qonunchilar» maktablari vakillarining davlat va huquqqa oid fikrlari to‘g‘risida muayyan mulohazalar mavjud. Bular Qadimgi Xitoy falsafasining «oltin davri»ni tashkil qiladi.
Er.av.V-III ming yillarda mintaqamizning markaziy va shimoliy rayonlarida qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, hunarmandchilik, konchilik, mis, oltin va temir eritish, metallardan har xil mehnat va xarbiy qurollar yasash, to‘quvchilik, binokorlik, zargarlik sohalari taraqqiy etgan. Bu hududda Sug‘diyona, Baqtriya, Xorazm kabi dastlabki shahar-davlatlar paydo bo‘lgan. Ajdodlarimiz falsafiy tafakkuri haqida qimmatli ma’lumotlarni qadimiy xalq og‘zaki ijodiga doir afsona va rivoyatlar, Hind, Xitoy va Yunon tarixchilarining asarlari, «Avesto», «Bexistun», «Bundaxshin», Turk O‘rxun-enasoy runiy matnlari kabi yozma yodgorliklar beradi. Ayniqsa, «Avesto» qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ilk tabiiy-ilmiy tasavurlari, ijtimoiy-siyosiy, diniy va falsafiy fikrlarining shakllanishini aniqlash uchun bebaho manbadir. Undagi diniy mifologik va falsafiy jihatlarni bir-biridan farqlash lozim. 
«Avesto» 21 kitobdan iborat: 7 kitob dunyo va insoniyat tarixi, 7 kitob inson ahloqi va huquqlari, 7 kitob tibbiyot, ilmiy-hay’at hamda aniq fanlarga oid bilimlar haqida bo‘lgan. Asar mazmunini tashkil etgan diniy-falsafiy g‘oyalar er.av. bir qancha asrlar davomida shakllanib, to‘planib, rivojlantirilib borilgan. Nihoyat, er.av. VI-V asrlarda Zardusht tomonidan tartib berilib, kitob holiga keltirilgan. Afsuski, bu kitobning to‘rtdan bir qismi bizgacha yetib kelgan. Hozir mavjud «Avesto»: «Gotlar», «Yashta» (yoki «Yasna») va «Videvdat» qismlardan iborat, «Gotlar» eng qadimgi hisoblanadi. Qolgan qismlari esa sosoniylar davrida sosoniylar davlati manfaatlaridan kelib chiqib qayta tiklangan. «Avesto»da uch jihat insonning insoniyligini ta’minlovchi asosiy fazilatlar ekanligi aytiladi: 1). Ezgu fikr; 2) Ezgu so‘z; 3) Ezgu amal. Shu fazilatlar sohibi oliy haqiqatga musharraf bo‘ladi. Bularga erishishning asosiy vositasi mehnat qilish, o‘rganish, izlash, o‘z ustida tinmay ishlashdir. Xullas, «Avesto»da ilgari surilgan diniy-falsafiy ta’limot, zardushtiylik g‘oyalari keyingi davrlar Sharq va Yevropa diniy-falsafiy ta’limotlarining shakllanishida muhim rol o‘ynadi.
Markaziy Osiyoda buddaviylik ham o‘z o‘rniga ega. (Diniy-falsafiy ta’limot sifatida qadimgi Hindistonda er.av. VI asr oxiri - V asr boshlarida vujudga kelgan,asoschisi Gautama, «Budda» - nurlangan). Bu ta’limotni er.av.II-Iasrlarda Toxaristonga balxlik savdogarlar olib kelishgan. Kushonlar davrida hukmron mavqega ega bo‘ldi.

Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin