Falsafa tushunchasining kelib chiqishi. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə12/24
tarix22.09.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#146887
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Falsafa tushunchasining kelib chiqishi

Imom Buxoriy (810-870) yirik ilohiyotchi, muhaddis sifatida 60 mingga yaqin hadis to‘plagan, ulardan ishonchli deb topganlirini «Sahihi Buxoriy» nomli maxsus to‘plam holiga keltirdi. Imom iso Termiziydan (824-892) «Payg‘ambarning alohida fazilatlari», «Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola», «Tarix» va boshqa asarlar meros bo‘lib qolgan. Abu Hanifa Nu’mon Ibn Sobit Kufiy (699–767)hanafiya mazhabiga asos solgan. Abu Mansur Moturidiy (870–944) kalom ilmining aql maqomiga alohida e’tibor qaratgan Samarqandda Moturidiya maktabini yaratgan. «Tavhid» va «Ta’vilot» asarlari mashhur. Kalom diniy aqidalarni asoslab beruvchi islom ilohiyotining o‘ziga xos falsafiy ta’limotidir. Burhoniddin al-Marg‘inoniy (1123-1197) asarlarida aql maqomi va mantiq ilmiga, ilm va dalilga keng o‘rin berilgan.Uning “Hidoya” asari mashhur.Islomda mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning (Arastu falsafasi va tabiatni o‘rganishga ahd qilganlarning) falsafiy qarashlari shakllana borishi bilan ma’naviyatning dunyoviy va diniy masalalarda, jahon falsafiy tafakkurida ro‘y berayotgan jarayonlarga nisbatan tashabbuskor bir kuch ekani namoyon bo‘ldi.
So‘fizm falsafasi.Tasavvuf (so‘fiylik) islom falsafasida diniy falsafiy yo‘nalish sifatida VIII asrning o‘rtalarida arab xalifaligi mamlakatlarida vujudga keldi. Tasavvuf paydo bo‘lganidan keyin u turli davrlarda, dastlab arab mamlakatlarida, keyinchalik Yaqin va O‘rta Sharq, Markaziy Osiyo, Shimoliy Hindiston, Pokiston, shimoli-g‘arbiy Xitoy, Indoneziya kabi mamlakatlarga keng tarqalishi natijasida dunyodagi turli xalqlarning ijtimoiy hayotidan, ularning falsafiy va badiiy tafakkuridan keng o‘rin olgan, ko‘p tarmoqli murakkab ta’limotga aylandi.
Tasavvuf islom ta’limoti olamidagi mazhablar, oqimlar silsilasi ichida o‘zining demokratik qarashlariga izn bergani, inson qalbi va ruhiyati, ahloqiy poklikni targ‘ib qilishi, jaholat va xudbinlikka qarshi maydonga chiqqanligi jihatidan ilmi vahdat yoki ilmi tavhid nomini oldi. Ilmiy, falsafiy va diniy adabiyotlarda «tasavvuf» so‘zining lug‘aviy ma’nosi nimadan iboratligi va u qanday so‘zdan kelib chiqqanligi to‘g‘risida hanuzgacha yagona fikrga kelingani yo‘q. Asli arabcha: «suf» so‘zi o‘zbekcha jun, degani, dastlab jundan to‘qib tayyorlangan xirqa kiyib yurishgani sababli; boshqa tadqiqotchilar yunoncha «sofos» («donishmandlik») so‘zidan olinganligini qayd qilishadi. Abu Rayxon Beruniy shunday sharh keltiradi: “Yunoncha “suf” so‘zi bizcha hikmatdir. Shuning uchun faylasufga “filosufa”, ya’ni “hikmatni suyuvchi” deb ism berilgan. Musulmonlardan bir guruhi o‘sha tushunchaga yaqin fikrga borgandan ular ham “suffiya” deb ataldilar. Musulmonlarning ba’zilari “suffiya” so‘zining termin ekanini bilmasdan uni “sod” xarfi bilan yozib, uni “suffa” so‘ziga nisbat berib: “Suffa suhbatdoshlari - as’hobi suffadan iborat kishilar”, deydilar. Undan keyin bu so‘zni Sufatuyus - ya’ni taka juni so‘zidan qisqartirilgan, deb tushunishdilar”.
Tasavvuf - nafs lazzatlaridan voz kechib nafs manzillarini bosib o‘tib Alloh vasliga yetishishdir.Kimning vujudida hayvoniy hirslar, hayvoniy hislar ustunlik qilsa u tilsiz va ongsiz maxluq hayvonga aylanib, nafs tuzog‘iga ilinadi: nafs insondagi eng xatarli dushman, uning o‘z g‘animi ichida, degan g‘oya tasavvuf ta’limoti asosida yotadi. Mutasavvuflarning fikricha, insonning ahloqini tuzatish, uni ma’naviy kamolotga yetkazish uchun inson o‘z tabiatidagi salbiy, hayvoniy hissiyotlarni mahv etishi kerak. Unda iymon, vijdonni,Haqqa e’tiqodni tarbiyalash zarur. Binobarin, iymonli, ya’ni pok va rostgo‘y, insofli va halol, mehr muruvvatli avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish jamiyatning asosiy vazifasi bo‘lishi lozim. Iymon inson uchun muqaddas tuyg‘u. Iymon bilan Haqqa e’tiqod qildingmi, hech kimni aldama, hech kimga ozor berma, hayotda halol bilan haromni farqla, yolg‘ondan, munofiqlikdan qo‘rq, muttahamlik yo‘liga zinhor qadam bosma. Demak, tasavvuf bu – imon, e’tiqod yo‘li, komillik, mukammallik, barkamollik yo‘lidir.
IX asr boshlariga kelib tasavvufning nazariy asoslari, amaliy yo‘llari ishlab chiqila boshlandi. Natijada, tasavvufga oid tushunchalar, nazariy qarashlar tizimi yuzaga kelib, tasavvuf alohida ilm, alohida ta’limot sifatida qaror topdi. Aniqlanishicha XI asrgacha bo‘lgan yozma manbalarda tasavvuf tushunchasi va tasavvuf oqimlarining 78 ta ma’nodagi talqini mavjud bo‘lgan. Tasavvuf ta’limotida so‘fining ruhiy kamolotga erishish yo‘lining to‘rt asosiy bosqichi ko‘rsatiladi: shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat. So‘fi haqiqatga erishuv jarayonida o‘zini jismoniy shaxs sifatida tugatib, u ilohiy shaxsga aylanib, Allohga ya’ni haqqa yetishadi, unga singib ketish natijasida boqiylikka ega bo‘ladi.Umuman, tasavvuf ta’limotida butun dunyo bo‘yicha: junaydiya, qodiriya, suhravardiya, xanafiya, yassaviya, kubroviya, naqshbandiya tariqatlari ma’lumdir. Markaziy Osiyo - Turkiston zaminida esa asosan qodiriya, kubraviya, yassaviya, naqshbandiyatariqatlari keng tarqalgan.

Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin