Falsafa tushunchasining kelib chiqishi. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə16/24
tarix22.09.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#146887
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Falsafa tushunchasining kelib chiqishi

Lukresiy Kar (er.av.99-55y.) o‘zining «Narsalarning tabiati to‘g‘risida» asarida Demokrit va Epikur ta’limotini tahlil qilib, uni targ‘ib qildi. U atomistik nazariyani rivojlantirdi.
Lukresiy Kar dunyoni insonning bilishi mumkinligini e’irof qilish bilan birga, bilishda maqsad – kishilarni turli hurofatlar ta’siridan ozod qilishdir, deydi. Uningcha, dunyoni bilishda bilimlarimiz faqat sezgi a’zolarimiz orqali olingan ma’lumotlarga tayanadi. Agar sezgi a’zolarimiz dunyo to‘g‘risida to‘g‘ri ma’lumot berolmasa, u vaqtda kishilar dunyoni bila olmagan bo‘lar edi.
Mashhur notiq Mark Tulliy sitseron (er.av.106-43y.) falsafa sohasida eklektik qarashlari bilan maydonga chiqadi. U boshqa tillardagi falsafiy lug‘atlardan foydalanib, lotin tilida lug‘at tuzadi; U o‘zining «Davlat to‘g‘risida», «Qonunlar haqida» asarlarida quldorlar aristokratiyasini himoya qiladi, senatorlarni yoqlab, xususiy mulkchilikni jamiyatning asosi, deb hisoblaydi. Davlat quldorlarning xususiy mulkini himoya qilish kerak. Xalq ommasi, ayniqsa, qullar faqat jismoniy mehnat qilish uchun yaratilgan, deydi. U davlat arbobi sifatida siyosiy jihatdan Demokrit va Epikur izdoshlari, Lukresiy Kardek zamondoshlariga qarshi kurash olib boradi.
Rim imperiyasida yuzaga kelgan neoplatonizm oqimining asoschisi Plotin (204-270y.) fikricha, olamiy jarayon payqab va ifodalab bo‘lmaydigan ilohiy bosh yagona ibtidodan boshlanadi. Bu ibtido butun borliq asosi bo‘lgan yagona ilohiy kuch – Xudodir. Qolgan barcha (ruhiy, hissiy, moddiy) narsalar shu ilohiy kuchdan yaralgan nurning emmanatsiyasi natijasidir. Quyosh o‘zidan nur taratgan kabi, ilohiy kuch – Xudo ham o‘zidan butun koinotni emmanatsiya usuli bilan chiqarib yuborgan. Plotinning falsafiy ma’lumotida ham dialektika o‘ziga xos ifodasini topgan.
Ilk o‘rta asrlarda falsafiy tafakkur rivoji. Yevropada Qadimgi Yunon va Rimdan O‘rta asrlar falsafasigacha, ya’ni er.av. I asrdan eramizning XIV asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo bo‘ldi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko‘rish mumkin: 1. Xiristianlikning shakllanib davlat dini va mafkurasiga aylanishi; 2. O‘rta asrlarga kelib inkvizitsiyaning ustivor yo‘nalishga aylanishi.
XI-XIII asrlar G‘arbiy Yevropadagi ijtimoiy taraqqiyot O‘rta asrlar nomi bilan yuritiladi. Quldorlikning o‘rnini feodal munosabatlari egallagan bu davrda din mafkura sohasida hukmronlik qildi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida falsafa, huquqshunoslik, san’at, madaniyati, tabiatshunoslik sohalarida ham diniy dogmatik aqidalar ta’sirida qoldi. Falsafa tajribaviy bilimlardan, amaliyotdan ajralib, dinning hizmatkoriga, sxolastikaga, ilohiyotga aylantirildi. Bu davrda tabiatni o‘rganish gunoh hisoblanib, olimlar dahriylikda ayblanar va hatto o‘ldirilar edi. Lekin jamiyat, tabiiy va ijtimoiy qarashlar rivojlanishda davom etib, antik davr madaniyati, fan yutuqlari, falsafiy qarashlari o‘rganila boshladi. Katolik cherkovining rasmiy dunyoqarash tizimini tashkil etgan teologiya hamda sxolastik falsafa butun O‘rta asr davomida ijtimoiy fikr ustidan hukmronlik qildi. G‘arbiy Yevropaning O‘rta asrlar davri falsafasida skeptitsizm, agnostizm, neoplotonizm, gnostika, apologetika, patristika, realizm, nominalizm kabi oqimlar paydo bo‘ldi.

Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin