Gnostitsizm eramizning 150 yillarida o‘zining yuksak ravnaqiga erishdi.
Gnostiklar fikricha, Xudo ruh sifatida yovuzlikdan mutlaqo sof, inson o‘z tabiatinnig ruhiy jihati bilan Xudoga moslashgan. Bu masalada gnostiklar xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar. Bu urinishda gnostitsizm g‘alaba qilib, xristianlik qadimgi dunyoning navbatdagi falsafiy dini bo‘lib qoldi. 354 yilda Pompey sobori xristianlikni Rim imperiyasining asosiy dini deb e’lon qildi.
Dualizm – gnostitsizmning asosiy yo‘nalishi. Uning tarafdorlari ta’kidlashicha, moddiy va ruhiy dunyo o‘rtasida mustahkam chegara mavjud. Materiya yovuzlik timsoli. Demak, Xudo hech mahal moddiy dunyoni yaratishi mumkin emas. Gnostiklar e’lon qilgan darveshlik (asketizm) o‘rta asrlarda monaxchilikning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Apologetlar xristianlik tarixida I–III asrlarda vujudga keldi. Apologetika «himoya qilish» demakdir. Apologetlar o‘z asarlarida mushrik(ko‘pxudoli)lik adabiyotlaridan olingan dialog shaklidan foydalanib, Rim davlatining xristianlikni ta’qib qilishi hech qanday oqlashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar.
Apologetlar asarlarida ikki an’ana yaqqol sezilib turadi: inkor qilish va tasdiqlash. Ular mushriklar tomonidan xristianlikka qo‘yilgan ayblar – g‘ayriodatiy harakatlar, dabdababozlik kabilarni inkor qilib, xristianlikning sofligini tasdiqlaganlar. Bu sohada Yustinning «Birinchi apologeya», «Ikkinchi apologeya» asarlarini, Tulean va Anaksagor kabi faylasuflar faoliyatini ta’kidlash lozim.
«Patristika» so‘zi «padre» – «ota» so‘zidan kelib chiqqan. Odatda, Farbda yepiskoplarni bu nom bilan hurmatlaganlar. Mashhur cherkov otalaridan biri Ioan Zlatoust (347-407) ning 640ta da’vatlaridan ko‘pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharhi edi. Uning asarlarida injilni amaliy qo‘llash sof ahloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.
«Pok» unvoniga sazovor bo‘lgan faylasuf va islohiyotchi Avreliy Avgustin (354-430) o‘z hayotini yepiskoplik, tadqiqotchilik, adabiyotga bag‘ishlaydi. U 100ga yaqin kitob, 500ta da’vat va 200ga yaqin nomalar yozdi. Uning 401 yilda yozilgan«Sig‘inish» asarida o‘zining xristianlikkacha bo‘lgan hayotini yozadi. «Bibliya» oyatlari ramziy bayon qilinadi. U mushriklik falsafasini hech mahal haqiqatga olib kelmaydi, deb qoralaydi.