Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə33/89
tarix17.10.2022
ölçüsü1,94 Mb.
#65304
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizi

Qarama-qarshilik deb esa, narsa, voqea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari, kuchlarining o`zaro munosabatiga aytiladi.
Qarama-qarshiliklar o`rtasidagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Ko`p hollarda ayniyat va tafovutning zidligi va ularning bir maxrajga kelishi, me’yoriy o`zgarishlar tufayli rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi. Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo bo`lishi, rivojlanishi va xal qilinishidan iborat bo`lgan abadiy va azaliy murakkab jarayondir.
Sobik Ittifokning mafko`rasi darajasiga kotarilgan marksizmda asosan ziddiyatga ko`proqe’tibor berilar edi. U mutloqlashtirilar va jamiyatga kuchirilib, asosan, antogonistik ziddiyatlar to`g`risida gapirilar va ularning yechilishi insoniyatni baxtli hayotga olib boradi, deya xayol qilinar edi. Хolbuki, insoniyat paydo bo`libdiki, uning hayotida ayniyat va tafovut ham, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ham mavjud bo`lib kelmokda. Odamzod ziddiyatlar kamrok bo`lgan, kishilarning xilma-xil intilish va maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan G`oyalari uyg`unlashgan, barqarorlik ustuvor bo`lgan jamiyatni kurish uchun bosh kotirib kelmokda.
Anu shunday intilishlar fanda «Konfliktologiya» (konflikt — ziddiyat, logos- ta’limot) deb ataladigan falsafiy yo`nalish paydo bo`lishiga olib kelgan. Bu soxa bilan shug`ullanadigan olim va mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi. Ular konfliktlarni keltirib chiqarish emas, balki ularning oldini olish va jamiyat uchun foydali tarzda xal qilish yo`llari va usullari ustida bosh kotirishadi.
Har bir ziddiyatning aniqlanishi, xal qilinishi o`zgarishga, yangilanishga, bir sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan yangiga o`tishga sabab bo`ladi. Olam turli-tuman bo`lganligi uchun ziddiyatlar ham xilma-xildir. Masalan, ichki va tashqi ziddiyatlar, asosiy va asosiy bo`lmagan ziddiyatlar mavjud. Ular o`rtasida farq bo`lgani bilan birga, mutloq chegara ham yo`q. Chunki amalda, hayotda ular bir-biriga o`tishi, birgalashib ketishi va taraqqiyotda turli xil o`rin to`tishlari mumkin.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin