Fan : Kimyo. Sana


Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə181/235
tarix02.01.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#40876
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   235
9-sinf kimyo konspekt [uzsmart.uz]

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:  Oqsillar - organik moddalar rivojlanishining oliy shakli. Oqsillar tiriklikning asosidir. Hayot oqsillarning yashash shaklidir. Tarkibi va tuzilishi. Turli oqsillar ma'lum bo'lib, ularning molekular massalari 6000 dan bir necha milliongacha boradi. Turli oqsillarning element analizi natijalari bo'yicha ularda C^50-55 %, 0^21,5-23,5 %, H^7 % atrofida, N^15-17 %, S—* 0,3-2,5 %, yana biroz miqdorda P, galogenlar, metallar bo'ladi. Masalan, qon oqsili - gemoglobinning empirik formulasi Oqsillar tarkibi va kimyoviy tuzilishi haqidagi asosiy ma'lumotlar ularni gidroliz qilib aniqlangan. Har qanday oqsil gidrolizida a - aminokislotalar hosil bo'ladi. Oqsillar tarkibida 23 ta aminokislota ko'p uchraydi. Oqsillarda aminokislotalar peptid bog'i orqali bog'langan. • Aminokislotalarning ma'lum izchillikda joylashgan polipeptid zanjiri | oqsilning birlamchi strukturasi deb ataladi. Polipeptid zanjiridagi peptid bog'lari hosil qilgan vodorod bog'lari ta'sirida murakkab spiralsimon fazoviy struktura oqsilning ikkilamchi strukturasi deb ataladi. Ikkilamchi strukturaning yig'ilishi natijasida, polipeptid zanjiri radikallari funksional guruhlari o'zaro ta'sirlaridan (karboksil va aminoguruhdan tuz ko'prigi, karboksil va gidroksiguruhdan murakkab efir ko'prigi, ol- tingugurtdan disulfid ko'prigi) vujudga keladigan uch o'lchamli fazoviy struktura oqsilning uchlamchi strukturasi deb ataladi. Sinflanishi. Oqsillar kimyoviy tarkibiga ko'ra oddiy va murakkab oqsillarga bo'linadi. Oddiy oqsillar yoki proteinlavga to'liq gidrolizlanganda faqat aminokislotalar hosil bo'luvchi oqsillar kiradi. Ular oqsillar orasida ko'pchilikni tashkil etadi. Murakkab oqsillar yoki proteidlarga gidrolizlanganda aminokislotalardan tashqari oqsil bo'lmagan tabiatga ega moddalar (uglevodlar, fosfat kislota, nuklein kislota va b.) ham hosil bo'ladigan oqsillar kiradi. Oqsillarning umumiy xossalari. Oqsillarning biologik faolligi ularning molekulasi fazoviy tuzilishi va kimyoviy tuzilishiga bog'liq bo'ladi. Oqsillar turli fizik xossalarga ega: ba'zilari suvda kolloid eritma hosil qilib eriydi (tuxum oqsili), ba'zilari tuzlarning suyultirilgan eritmalarida eriydi, uchinchilari umuman erimaydi (teri to'qimalarining oqsillari). Ba'zi oqsillar (qon gemoglobini, tovuq tuxumi oqsili) kristall holda ajratib olinishi mumkin. Kimyoviy xossalari. Gidroliz. Fermentlar ta'sirida yoki kislota va ishqor eritmalari bilan qizdirilganda oqsillar gidrolizlanadi. Gidrolizning oxirgi mahsuloti aminokislotalardir. Amfoter xossalari. Oqsillar molekulasida (aminokislotali bo'g'in radikallarida) -COOH va NH2-guruhlar bo'lishi amfoteiiik xossasini beradi. Ular kislota va ishqorlar bilan tuzlar hosil qilib ta'sirlashadi. Oqsillar denaturatsiyasi - bu oqsillar konfiguratsiyasining (ikkilamchi va uchlamchi strukturalarining) qizdirish, radiatsiya, kuchli kislota, ishqorlar, og'ir metallar tuzlari, kuchli silkitish ta'sirida buzilishidir. Oqsillar denaturatsiyasida fazoviy tuzilish buzilishi (vodorod, tuz, efir, polisulfid bog'larining buzilishi) natijasida oqsillarning biologik faolligi ham yo'qoladi. Oqsillar kuchli qizdirilganda kuygan pat hidini beruvchi uchuvchan moddalar hosil bo'ladi. Bu hodisadan oqsillami aniqlashda foydalaniladi. Oqsillarga rangli reaksiyalar. Biuret reaksiyasi - oqsilga ishqor va bir necha tomchi mis kuporosi eritmasidan ta'sir ettirilganda binafsharang hosil bo'ladi. Ksantoprotein reaksiyasi - benzol halqasi tutgan oqsillarga konsentrlangan nitrat kislota ta'sir ettirilganda sariq rang hosil bo'ladi, ishqor qo'shilsa sariq rang zarg'aldoq rangga o'tadi. Oqsillarning biologik ahamiyati. Oqsillar tirik organizmlarning asosiy tarkibiy qismi bo'lib, ular barcha o'simlik va hayvon hujayralarining protoplazmalari va yadrolari tarkibiga kiradi. Hayot oqsillarning yashash usulidir. Hayvonlar organizmi o'zining oqsillarini olayotgan oziqlaridagi oqsillar aminokislotalari hisobiga quradi.


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin