Uglerod (IV)-oksid CO, (karbonat angidrid) rangsiz, hidsiz, havodan og'ir gaz. Karbonat angidridni havoga nisbatan zichligi 1,52 ga teng. 5,76'106 Pa va 20°C da rangsiz suyuqlikka aylanadi. Bu suyuqlik bug'langanda ko'p miqdorda issiqlik yutiladi va karbonat angidrid oq qattiq massa (quruq muz) ga aylanadi.
Olinishi. Laboratoriyada uglerod (IV)-oksid kalsiy karbonat (bo'r, ohaktosh bo'lakchalari, marmar) ga xlorid kislota ta'sir ettirib olinadi :CaC03+ 2HC1 CaCl2+ CO,T + H,0
Sanoatda ohaktoshni kuydirib olinadi:CaC03 CaO + C02|
Tabiatda hay von va o'simliklarning nafas olishida, organik qoldiqlarning chirishida, yonish jarayonlarida hosil bo'ladi.Karbonat angidrid kislotali oksid xossasini namoyon qiladi. U suvda erib, karbonat kislota hosil qiladi:
C02 +H20 = H2CO3 Metall oksidlari va asoslar bilan reaksiyaga kirishib tnz hosil qiladi: 2NaOH + C02 = Na,C03 + H20 NaOH + C02 = NaHC03 CaO + C02 = CaC03 Ohakli suv orqali karbonat angidrid o'tkazilganda, loyqalanish kuzatiladi (CO, uchun sifat reaksiyasi): Ca(OH)2 + C02 = CaC03l + H20 Yonishga yordam bermaydi. Ba'zi moddalargina, masalan, magniy unda yonishi mumkin: 2Mg + CO, = 2MgO + C
Ishlatilishi. Sanoatda soda (ichimlik sodasi, kir soda, texnik soda) olishda, organik kislotalar sintezida, yong'inni o'chirishda, gazlangan ichimliklar tayyorlashda ishlatiladi. Quruq muzdan oziq-ovqat mahsulotlarini sovuq saqlashda foydalaniladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash : C-ning tabiatdagi birikmalari, valentligi, tuzlari.
Uyga vazifa berish : 9 § konspekt qilish. Mavzuga doir masala ishlash.
Kimyo fani o’qituvchisi: М.Мирзамова Ilmiy bo’lim mudiri :____________Р.Рахимова
Dostları ilə paylaş: |