Umuman, etnologiya mustaqil fan sifatida bir qator etnologlar jamiyatlari (1839-yil Parijda Fransiya etnologlar jamiyati 1842-yil AQShda Amerika etnologlar jamiyati)ning tuzilishi bilan rasman tasdiqlangan Etnografiyaning Etnologiyadan farqli tomoni. “Etnografiya” u yoki bu etnos (etnik) ga daxildor bo’lgan materiallarni to’plab, tizimlashtirish va ularni ko’proq tafsiflab bersa, “Etnologiya” etnos haqidagi barcha ma’lumotlarni nazariy-metodologik jihatdan tahlil, talqin qiladi va bu xususida umumiy xulosalar chiqaradi. Demak “Etnologiya” atamasi “Etnografiya” tushunchasiga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi. Demak,“etnologiya”atamasi“etnografiya” tushunchasiga nisbatan nafaqat kengroq tushuncha, balki etnografiyani etnologiyaning ma’lum bir qismi deb baholash mumkin. etnogenez va etnik tarix muammolari; xalqlarning e’tiqodiy qarashlari, milliy marosim va urf- odatlari; turli xalqlarni dunyo miqyosida taqqoslash madaniyatlararo muloqotlarning o'ziga xos xususiyatlari etnos va biosfera; etniklik va etnik guruhlar muammosi; xalqlarning ma’naviy dunyosi, moddiy madaniyati; etnoslar qadriyatlarini taqqoslash etnoslarning paydo bo‘lishi va boiinib ketishi sabablari Etnologiya predmet Xalqlarning joylashuvi Etnoslar va demografik jarayonlar; Etnos vakillarining iqtisodiy munosabatlari; Etnolingvistika va etnomadaniyat muammolari; Yevropada etnologiya mustaqil fan sifatida dastlab fransiyada 1839-yil “Parij etnograflar jamiyati”ning tuzulishi bilan o’z tasdig’ini topdi. Fransiyada etnografiya termini XIX asr oxirigacha ilmiy istemol doirasida bo’lgan. Fransiyada etnografiya maktabi namoyandasi Sharl Leturno hisoblanadi.
Germaniyada etnalogiya maktabi 1789-yil Yevrohalik bo’lmagan xalqlar va ularning madaniyatlari ni o’rganuvchi “Yolkerkunde” deb ataluvchi ilmiy maktabga asos solindi. Nemislarda “Volkskunde” (xalqshunoslik) degan yirik yo’nalish ham bo’lgan. Germaniyalik maktab namoyondalari: Adolf Bestian va Teodor Bays
1906-yil ingiliz etnalogiya maktabining asoschilaridan biri J.Frezer tomonidan “Ijtimoiy antropologiya nomli yangi yo’nalishga asos solingan. U bu orqali u o’z ining mustaqil maktabiniyaratdi vao’z qarashlarini “Madaniy antrapologiya “ nomi bilanyurituvchi E. Taylor qarashlaridan ajratib oldi.
AQShda dastlabki etnologlar jamiyati 1842-yilda tuzulgan bo’lsada, etnologiya maktablari boshqa mamlakatlarga qaraganda kech shakillangan.AQSh etnologiya maktabining yirik namoyandasi Genri Lyus Morgan bo’ladi.
1846-yil Rus geografiya jamiyatining tuzulishi natijasida Rossiyada etnografiya maktabi ochildi. Rus etnografiya maktabining shakillanishida mashhur sayyoh va tadqiqotchi Mikluxo Maklayning xizmati beqiyos. U o’z hayotining ko’p qismini Yangi Gvineya papauslari va Okeaniya xalqlari orasida o’tkazdi, ular hayotini o’rgandi.