Penya (lotincha: royepa — jazolash) — maj-buriyatlarning oʻz vaqtida bajarmaganlik uchun toʻlanadigan pul jarimasi. Kechiktirib yuborilgan majburiyat summasidan foizlarda belgilanadi va kechikkan muddatning har bir kuni uchun undiriladi
Qasd nma
Qasd qilmoq Biror niyatda boʻlmoq, maqsadni koʻzda tutmoq.
Albatta amalga oshirish koʻzda tutilgan, jazm etilgan qatʼiy niyat; azm-qaror, ahd
Vasiyatnoma nima
Vasiyatnoma — yozma vasiyat; fuqaroning oʻziga tegishli mol-mulki yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqi vafot etgan taqdirda tasarruf etilishiga doir xohish-irodasi ifodalangan hujjat. Oʻzbekiston Respublikasi FK 1120-moddasiga binoan, fuqaro oʻzining barcha mol-mulkini yoki uning muayyan qismini qonun boʻyicha merosxoʻrlar doirasiga kiradigan, shuningdek kirmaydigan bir yoki bir necha shaxsga, shu bilan birga yuridik shaxslarga, davlatga yoki fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga vasiyat qilishi mumkin. Bu haqdagi vasiyatnoma qonunga muvofiq, shaxsan tuzilishi lozim, uning vakil orqali tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti koʻrsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi vasiyat qiluvchining oʻz qoʻli bilan imzolanishi, notarial tasdiqlangan boʻlishi zarur. Agar vasiyat qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli vasiyatnomani oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan notarius yoki qonunga muvofiq vasiyatnomani tasdiqlaydigan boshqa shaxs hozir boʻlganida vasiyat qiluvchi oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligining sabablari koʻrsatilgan holda vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qoʻyishi mumkin.