Reaksiyani bajarish maxsus ikki tirsakli idishda amalga oshiriladi. Shunday idish bo'lmasa, rezina shlang kiydirilgan tiqin bilan berkitilgan probirkaga 5-6 tomchi Na2CO3 erilmasi va 6-7 tomchi suyultirilgan HCl eritmasi solinadi. Natijada SO2 ajralib chiqadi. Ajralib chiqayotgan gazni shlang uchiga kiydirilgan shisha nay orqali baritli yoki ohakli suvga yuttirilganda, eritma loyqalanadi:
Ca(OH)2+ CO2 CaCO3+ H2O
Agar SO2 bariyli yoki ohakli suvdan uzoq vaql o'tkazilsa, Ca(HCO3)2 yoki Ba(HCO3)2 ning hosil bo'lishi natijasida cho'kma eriydi.
CaCO3 + H2O + CO2 Ca( HCO3)2
Tekshiriladigan eritmada SO22- va S2O32- ionlarining bo'lishi SO22- ionining topilishiga xalaqit beradi, ular ham kislotalar ta'siridan ohakli suvni loyqalantiradigan SO2 gazini ajratib chiqaradi, Shuning uchun ham SO32- va S2O32- ionlarini SO32- ni topishdan oldin oksidlash lozim. Buning uchun karbonatni topishga kirishishdan oldin analiz qilinayotgan eritmaga N2O2 yoki KMnO4 eritmasi qo'shiladi.
2. Kumush nitrat eritmasining 3-4 tomchisi 2-3 tomchi Na2CO3 eritmasiga ta'sir ettirilganda, oq Ag2CO3 cho'kma hosil bo'ladi:
Na2CO3+2AgNO3Ag2CO3 + 2NaNO3
CO32-+2Ag+Ag2CO3
Cho'kma suyultirilgan kislotalar va ammiakda eriydi.
6.5. Fosfat anionining reaksiyalari
Fosfat ioni uch negizli fosfat (Ka|=7,610-3; Ka2=6,210-8; Ka3= 4,410-13) kislotaning anionidir. Ortofosfat kislota uch xil anion hosil qiladi:
H3PO4 H+ + H2PO4-
H2PO4- H++HPO4-
HPO42-H++HPO43-
Na3PO4 tuzi gidrolizlanib, kuchli ishqoriy muhit hosil qilgani uchun analilik reaksiyalarni bajarishda neytral muhitga esa bo'lgan Na2HPO4 tuzi eritmasi olingani ma'qul. Ko`pchilik kationlarning fostatlari suvda kam eriydi, bu esa fosfatlar ishtirokida analizni bajarishni ancha qiyinlashtiradi. Ishqoriy metallar va ammoniyning fosfatlari, aksariyat metallarning gidrofosfatlari suvda yaxshi eriydi. Sirkoniy va vismutning fosfat va gidrofosfallaridan tashqari ko`pgina fosfatlar mineral kislotalarda eriydi. Zr(HPO4)2, BiPO4, AlPO4, CrPO4, FePO4 kabilar sirka kislolada erimaydi. Ko`pchilik fostatlar rangsiz, ayrimlari sariq. Rangli melallarning fosfatlari rangli.
Dostları ilə paylaş: |